1-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari




Download 60,61 Kb.
bet1/20
Sana21.05.2024
Hajmi60,61 Kb.
#249286
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
HFX


1-MAVZU. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH ASOSLARI

Mehnat muhofazasi - bu ishchilarning mehnat jarayonida hayotini, sog‘lig‘ini saqlash tizimi bo‘lib, u o‘z ichiga xuquqiy, sostial-ijtimoiy, tashkiliy-texnikaviy, sanitar-gigienik, sog‘lomlashtirish-profilaktika, reabilitastiya va boshqa tadbirlarni qamrab oladi;


Dunyo miqyosida sanoatda, avtomobilsozlikda, qurilishda va xalq xo‘jaligida yangi texnologiyalarni juda tez rivojlanishi insonning xayot faoliyati xavfsizligiga juda katta ta'sir ko‘rsatmoqda.
1. Yo‘nalishning maqsadi, vazifalari va uning avtomobil transportidan foydalanishdagi o‘rni.
1.1. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining avtomobil transporti va yo‘l qurilish yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitishdan maqsad talabalarga ishlab chiqarishda-avtotransport va yo‘l xo‘jaligi korxonalari faoliyatida tabiiy, texnogen texnika va harakat xavfsizligi sabablariga ko‘ra ishchilarning (haydovchilarning) soqlig‘ini, mehnat qobiliyatlarini saqlash, shikastlanish, nurlanish va boshqa kasb kasalliklarini oldini olish va bu sohadagi qonunchilik hamda mehnat muhofazasiga bag‘ishlangan boshqa me'yoriy xujjatlarni o‘rgatishga bag‘ishlanadi.
1.2. Fanni o‘rganish bo‘yicha vazifalar:
-Talabalarga avtotransport va yo‘l xo‘jaligi korxonalarida xavfsiz ishlash talablarini amalga oshirishga qaratilgan qonunlar va me'yoriy xujjat, GOSTlar, xalqaro ISO 9001 talablari to‘g‘risida bilim berish, ularda “Uyushma” ATK, AS, ATZ, ShTZ, SMlari ishlab chiqarishda normal ish sharoitlarini tashkil qilish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikma hosil qilish;
1.3. Ushbu fanni o‘rganayotgan talabalar quyidagi fanlarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak:
- fizika, kimyo, psixologiya, ergonomika, matematik statistika, amaliy mexanika, gidravlika, transport vositalarining tuzilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish-ta'mirlash texnologiyalari, avtomobillarda tashishlarni tashkil qilish, harakat xavfsizligi, ichki yonuv dvigatellari, avtomobillarda qo‘llaniladigan ekspluatasion materiallar-alternativ yoqilg‘ilar va boshqa avtomobil transporti, mehnatni muhofaza qilishga bag‘ishlangan fanlarni ham bilishlari lozim.
1.4. Personal kompyuter va zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash:
-Ma’ruzalar Elektron versiyalarini 1-4 darajalarini qo‘llash ko‘zda tutilishi lozim.
1.5. Bozor iqtisodiyoti tufayli mulkchilik shakli o‘zgarib bormoqda. Shu tufayli hozirgi kunda 50 mingga yaqin yuk avtomobillari, 20 mingdan ortiq mikro avtobuslar, 6 mingga yaqin katta avtobuslar va 1,3 mlndan ortiq yengil avtomobillar shaxslar qo‘lida. Bulardan tashqari respublika xududida ko‘plab shaxsiy Servis markazlari, avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchalari ham shaxsiylashtirilgan. Bularning ko‘pchiligi texnika va yong‘in xavfsizligi talablarini va ularga amal qilishni yaxshi bilmaydilar.
Mehnat sharoitiga mehnat jarayonida ishchilarga ularning ishchanligi va sog‘ligiga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish omillari kiradi;
Xavfli ishlab chiqarish jarayoni- ishlab chiqarish omili bo‘lib ish vaqtida ishchi shikastlanishi mumkin;
Zararli ishlab chiqarish - ishlab chiqarish jarayonida ishchini kasallikka duchor qilishi mumkin bo‘lgan jarayon;
Xavfsiz ishlab chiqarish sharoiti mehnat qilish jarayonida ishchiga xavfli va zararli ta’sir omillari Yo‘q yoki ularning darajasi tasdiqlangan me’yorlardan past xolatda bo‘ladi;

Download 60,61 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 60,61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari

Download 60,61 Kb.