|
Shamollatish va isitish tizimiga qo’yiladigan talablar
|
bet | 6/20 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 60,61 Kb. | | #249286 |
Bog'liq HFXShamollatish va isitish tizimiga qo’yiladigan talablar
Shamollatish va isitish KMK 2.04.05-97 «Isitish, shamollatish va konditsionerlash» talablariga muvofiq bo’lishi lozim. Oqimli shamollatishlarni tashki havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak. O’tish joylarida joylashgan isitish jixozlari ruxsat etilgan o’tish yo’laklarining enini kamaytirmasligi kerak. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°S, o’rtacha og’ir ishda 17 °C va ogir ishda 16 °C dan past bo’lmasligi lozim. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22 °C dan kam bo’lmasligi kerak. Isinish xonalarigacha bo’lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko’p bo’lmasligi lozim.
Shovqin va tebranishga qo’yiladigan talablar
Ish joylarida, xonalarda va tashkilot xududida shovqin va tebranishning darajasi SanKvaM 0120-01 «Ish joylarida shovkinning yo’l qo’yilgan darajasining sanitariya me’yorlari», SanKvaM 0122-01 «Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari», GOST 12.1.003-14 «Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari» va GOST 12.1.012-04 «Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari» talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo’lgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo’llanilishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz xarakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o’zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni tusuvchi qobiqlar o’rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so’ndirgichlar qo’llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) tusilgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va shu kabilar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o’rnatilishi kerak.
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga kuyiladigan talablar
|
| |