• Avtogreyderlar bilan ishlash.
  • Buldozerlar bilan ishlash.
  • Ekskavatorlar bilan ishlash.
  • Greyder-elevator bilan ishlash




    Download 60,61 Kb.
    bet8/20
    Sana21.05.2024
    Hajmi60,61 Kb.
    #249286
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
    Bog'liq
    HFX

    Greyder-elevator bilan ishlash.
    Greyder-elevator bilan ishlashdan oldin uning kardanli uzatchigini sinchkovlik bilan kuzdan utkazish kerak. Greyder-elevatorni tirkagich traktoriga kattiq tirkagichlar yordamida ulash kerak.
    - Ishchi kisimlarining mustaxkamligi ko‘zdan kechirishi kerak.
    Tishining erga botirish burgachi, transportyor lentasining baladlik burchagi aniq va bosimga moslashgan xolda bo‘lishi kerak. Ko‘ndalang qiyalik 140 % dan ortiq bo‘lganda qo‘shimcha choralar qurilishi shart.
    Avtogreyderlar bilan ishlash.
    - Avtogreyderlar bilan ishlaganda shu jaroyonida ko‘chib yuruvchi mexanizmlarga bo‘lgan talablar qo‘llaniladi.
    - Avtogreyder ishlaydigan uchastka oldindan daraxt to‘nkalari, yirik xarsanglar va boshqa yirik bo‘limli materiallardan tozalanishi kerak. Burilish va qaytab olish joylarida eng kichik tezlanishda bajarilishi kerak. Balandligi 1,5 m dan ortiq bo‘lgan ko‘tarmalarda ishlaganda nazorat kuchoytiriladi (nazoratchi ish boshida bo‘ladi shart). Er poyi chekasidan avtogreyderning g‘ildiragichaga bo‘lgan masofa 1 m dan kam bo‘lishi mumkin emas.
    Buldozerlar bilan ishlash.
    Xamma turdagi buldozerlar bilan ishlaganda quyidagi qoidalarga rioya qilinishi kerak.
    - Mashinist (xaydovchi) buldozer otvalining ishlashini sinchkovlik bilan kuzatib borishi shart, kattaroq qarshilikka duch kelganda darxol mexanizmni to‘xtatish kerak. Shuning davom ettirilishi xavfning qay daraja bartarof etilishiga bog‘liq (qarshilikni olib tashlash yoki aylanib o‘tish). Buldozer qiyaliklarda ishlaganda yuqoriga 404-466 ‰ pastga 700 ‰ ishmasligi kerak. Buldozer past-baladliklarda ishlaganda va joydan joyga quchishda tezligi I va II bosqichdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Mashina ishlashdan to‘xtagan paytda lopatasi albatta erga tushurilgan bo‘lishi kerak. Agarda otvalning sifatini tekshirish kerak bo‘lsa uning tagiga albatta yog‘och ko‘targichlar qo‘yilishi shart.
    Ekskavatorlar bilan ishlash.
    Ekskavatorlar eng murakkab (ish jixotidan) mashinalar qotoriga kiradi, chunki ular ish jaroyonida qiyin xolatlarda va albatta transport vositalarining yordamida ishlaydi. Shuning uchun ish unumdorligini oshirish va transport vositalarini to‘xtovsix yuklash joyiga borishini ta’minlash uchun xavfsizlik choralari kuchaytiriladi.
    - Ekskavatorning turg‘unligini mustaxkamlash uchun uning gusenisasi yoki g‘ildiraklari ostiga, yog‘og, tosh yoki boshqa buyumlar quyishi man etiladi. Ekskavator ishlayotgan paytda mashinist kabinasi bilan (zaboi) oralig‘i 1 m dan kam bo‘lishi mumkin emas. Ekskavator ishlayotgan muxitdagi gruntning mustaxkamligi tekshiriladi. Draglayin yoki teskari kovshli Ekskavator ishlaganida chuqurliklarning qiyaligi, mustaxkamligi xam tekshiriladi.
    Agarda gruntlar mustaxkamligi kam bo‘lgan taqdirda ishlardan foydalanish kerak. Ishlash to‘xtatilganda Ekskavator kovshi erga to‘shirilgan bo‘lishi shart.
    Baxtsiz xodisalarni oldin olish maqsadida ishchilarning zaboy ustida qulash masofasi, zaboy ostida bosib qolish masofasiga yaqinlashmasligi kerak.
    Ekskavator ishlab turgan paytda uning xavfsiz ishlashi, yong‘indan muxofaxasi (smenadagi) mashinistga yuklatiladi. Transport vositalari bilan birga ishlagan paytda Ekskavator albatta tovushli pribor (signal) bilan taminlanishi shart. Ekskavator kabinasiga chiqib tushish uchun ikki tomonidan 1 m dan kam bo‘lmagan perila (ushlagich) bilan jixozlangan norvonga ega bo‘lishi shart.
    Agarda kuning qorong‘u paytida ishlansa unda ishlayotgan joy xavfsizlik me’yori bo‘yicha bo‘lgan masofada yoritilishi kerak. Yongin sodir bo‘lishini oldin olish uchun yoqilg‘i maxsulotlari metall idishlarda Ekskavatordan 20 m.dan kam bo‘lmagan masofada saqlanishi kerak. Xar xil moylar bilan moylash paytda, moylar va paxtalar metall yashikchalarda saqlanishi zarur.
    - Er ishlarini bajarishda masalan yo‘l o‘ymasi va chuqurliklarni qurishda skreperlar, buldozerlar, avtogreyderlar, greyder-elevatorlar va transport vositalari ishlatiladi. Tuproqdarni suniy jipslashda o‘zi yurar katoklar xamda tirkamali katoklar ishlatiladi.

    Download 60,61 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




    Download 60,61 Kb.