• 2-MAVZU. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING HUQUQIY‑ME’YORIY VA TASHKILIY ASOSLARI
  • Mehnat muhofazasi yo‘nalishi 4ta bo‘limdan iborat




    Download 60,61 Kb.
    bet2/20
    Sana21.05.2024
    Hajmi60,61 Kb.
    #249286
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    HFX

    Mehnat muhofazasi yo‘nalishi 4ta bo‘limdan iborat:
    1.Mehnat muhofazasini tashkil qilish (qonunlar, me’yoriy hujjatlar, qoidalar va x.k).
    2.Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi.
    3.Texnika xavfsizligi.
    4.Yong‘in xavfsizligi.
    Hodisa-bu ish davrida yoki yashash joyida kichik noxush voqea (masalan, avtomobillarning kichik to‘qnashuvi, avtomobillarning pachaqlanishi Yo‘l-transporti hodisalari); Bunday hodisalar avtomobil transportida qish mavsumida ko‘p sodir etiladi.
    Avariya-bu falokat, mahsulot tayyorlashda ularni yuklashda, tashishda ishlatiladigan mashinalar, jihozlar, texnologik tizimdagi uskunalar (avtomobillar) majmuasi nosozligi, Elektr ta’minotidagi nosozlik, binolar, qurilmadagi (avtomobildagi) nosozliklar tufayli vujudga keladigan voqeadir. Bunga transport vositalarining o‘zaro to‘qnashuvi yoki biror to‘siqqa urilishlari, korxonadagi texnologik nosozliklar, moddalarni ayniqsa xavfli moddalarni (benzin, antifriz) saqlashda Yo‘l qo‘yilgan xatoliklar, terrorchilar harakati tufayli sodir bo‘ladigan falokatlar, tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarning atrof - muhitga tarqalishi kabilar kiradi.
    Katastrofa-bu halokat bo‘lib, avariyadan farqi xalokat qamrovi kengroq va odamlar xalok bo‘lishiga inshoot-imorat va ishlab chiqarish vositalari, xududlarning vayron bo‘lishiga olib keladi.
    Kirish maruzasida HFX fanining Yo‘nalishlari vazifalari, Mehnatni muhofaza qilish Yo‘nalishining bo‘limlari, asosiy tushunchalar, xavfli vaziyatlarning paydo bo‘lish ehtimoli kabi masalalar ko‘rildi.
    2-MAVZU. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING HUQUQIY‑ME’YORIY VA TASHKILIY ASOSLARI

    O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi qonunlari bo‘limlari va tarkibi


    1.Bo‘lim 7 moddadan iborat bo‘lib, fuqarolarning mehnatini muhofaza qilinishi bo‘yicha huquqlari, barcha fuqoralar, chet el fuqarolari , fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ham mehnatni muhofaza qilinishi huquqiga egadirlar; mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunning qo‘llanish sohasi; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati, mehnat muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish; jamoa birlashmalarining mehnatni muhofaza qilish muommalariga oid qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etish; mehnatni muhofaza qilishga oid xalqaro shartnomalardan iborat.
    2.Bo‘lim 8 moddadan iborat bo‘lib, mehnat muhofazasini me’yoriy ta’minlash (GOSTlar, ChREKlar va boshqa me’yoriy hujjatlar); korxonalarni va ob’ektlarni loyihalash, qurish va ishlatishda, ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash va tamirlashda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash; mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash; mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab chiqarishda korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlash; korxonalarda mehnatni sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash; xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug‘urta qilish kabi moddalarni o‘z ichiga oladi.

    Download 60,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 60,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat muhofazasi yo‘nalishi 4ta bo‘limdan iborat

    Download 60,61 Kb.