|
Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashga o‘rgatish
|
bet | 14/20 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 60,61 Kb. | | #249286 |
Bog'liq HFXYong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashga o‘rgatish.
Tashkilotning xodimlariga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish ish beruvchilar (mamuriyat, mulkdorlar) tomonidan yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ xujjatlarga muvofiq , tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Davlat yong‘in xvavfsizligi xizmati bilan kelishilgan maxsus dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Korxonaga qabul qilinayotgan ishchilar, amaliyot o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilar ishni boshlashidan oldin kirish yo‘riqnomasini olish jarayonlarida mehnat muhofazasi , yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tushuntirishlar olib boriladi.
Yong‘indan jaroxat olganlarga vrach kelguncha birinchi yordam ko‘rsatish yoki boshqa masalalar bo‘yicha shu joy mutaxassisi tushuntirish olib boradi. Tashkilot binolari va uning ishlab chiqarish bo‘limlarida o‘zini qanday tutishi, nimalardan extiyot bo‘lishi va kerak bo‘lib qolgan xollarda kechikmasdan xavfli joylarni tark etish tartiblari ko‘rsatiladi. Xuddi shunday tartibda talabalar ham o‘quv maskanlarida yong‘inga qarshi va avvalom bor unga yo‘l qo‘ymaslik shartlariga rioya etilishi so‘raladi. Bularga birinchi navbatda institut xududida sigaret chekmaslik , elektr anjomlaridan to‘g‘ri foydalanish, karidor va boshqa joylarda harakatlanish tartiblari belgilangan. U joylarda kerak-kerakmas buyumlarni qoldirish va harakatga (ayniqsa zarurat tug‘ilgan paytlarda) to‘sqinlik qilmaslikni so‘raladi.
Shuning uchun ham har bir xona laboratoriya va xo‘jalik yuritish binolarida yong‘in xavfsizligi uchun masul xodimlar tayyorlangan va shu joylardan favqulodda xolatlarda tezda chiqib ketish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Yo‘riqnomalar o‘tkazilganligi haqida maxsus jurnallarga belgi qo‘yiladi va har bir ishtirokchi imzosi bilan qayd etiladi.
Yo‘riqnomalar ish joyi, vaqti, davomiyligi va yangiliklari bilan qayta o‘tkazilib qayd etib boriladi.
Yong‘in yoki avariya sodir bo‘lishida odamlarni xavfsiz boshqa joyga chiqish yo’llari bo‘lishi binolarni loyixalashda, qurishda xisobga olinadi. Malum qisqa vaqtda odamlarni xavfsiz joyga chiqib olinishiga yordam beradigan yo‘llar chiqish-evakuatsiya yo‘llari deyiladi.
Masalan binoning xoxlagan qavatidan tashqariga xavfsiz joyga chiqadigan yo‘llar, eshik, deraza-darvoza, narvon, zinalar maxsus chiqish evakuatsiya yo‘llariga misol bo‘ladi.
Har bir xona va binoda kamida ikkita chiqish evakuatsiya yo‘li bo‘lishi kerak.
Evakuatsiya yo‘llarining eni 1 m dan, eshiklarni eni 0,8 m, bo‘yi 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Evakuatsiya yo‘llari bo‘lgan yo‘laklar, zinapoyalar odamlar soniga qarab hisoblanadi.
|
| |