|
Yong‘inni ko‘pik bilan o‘chirish
|
bet | 16/20 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 60,61 Kb. | | #249286 |
Bog'liq HFXYong‘inni ko‘pik bilan o‘chirish.
Yong‘inni o‘chirishda ko‘pik samarali va qulay vosita hisoblanadi, yengil alangalanadigan, yonadigan suyuqliklarni yonishini bartaraf etishda keng qo‘llaniladi.
Ko‘pik suyuqlikni yupqa pardasi bilan ajratilgan gaz yoki havo pufakchalari massasidan iborat. Hosil bo‘lish turiga qarab kimyoviy va havo-mexanik ko‘piklari mavjud.
Vaqtincha ishlaydigan kimyoviy ko‘piklar o‘t o‘chirgich (OXP-10, OP-5, OP-M) larda ishlatiladi.
Havo mexanik ko‘pigi (PVG), (PO-1, PO-6) larni tashkil etadi.
Yong‘inni inert gazlar bilan o‘chirish.
Yong‘inni o‘chirish uchun inert aralashmalar suv bug‘i, karbondioksidi, azot, argon, tutun gazi, galogen birikmali moddalar ishlatiladi, yani brom eti, xlorbrommetan, brom etifron va boshqalar. Inert gazlar bilan yong‘inni o‘chirish bu hosil bo‘layotgan issiqlikni aralashtiruvchilarni qizdirish uchun saralanishiga, reaksiyani, issiqlik xaroratini va jarayon tezligini kamaytirishga asoslangan.
Gazni berish uchun o‘t o‘chirgichlar (OU-2, OU-5, OU-8, OU-15), statsionar moslamalar (UP-1M, UP-“M va boshqalar) qo‘llaniladi.
7-MAVZU. AHOLI VA HUDUDLARNI FAVQULODA VAZIYATDAN MUHOFOZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi
Favqulolda vaziyatlardan muhrfaza qilish, buiicha maxsus vakolatli davlat boshkaruv organi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda aholi hayoti va sogligini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararni kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi;
o‘z vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shahslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;
boshqaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo’lishini tashkil etadi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshkaruvini amalga oshiradi, boshkaruv punktlari, xabar berish va aloka tizimlarini tuzadi;
favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-kutkaruv ishlari va kechiktirib bulmaydigan boshka ishlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlar bo‘yicha loyihalar va qarorlar yuzasidan davlat ekspertizasi o‘tkazilishida ishtirok etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshka vakolatlarni amalga oshiradi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasining kushinlari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.
Fuqaro muhofazasi kushinlarining harbiy davrdagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) zararlanish uchoqlarida va zaharlanish hududlarida muhandislik, radiatsiyaviy, kimyoviy va boshka kidiruv turlarini olib borish;
b) qutkaruv va boshka kechiqtirib bulmaydigan ishlarni amalga oshirish;
v) aholini va halk hujaligi ob’ektlarini evakuatsiya qilishda ishtiroq etish;
g) aholi hayot faoliyatini ta’minlash, ob’ektlarni tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtiroq etish hamda fuqaro muhofazasining boshka vazifalarini bajarishdan iborat.
Fuqarolar muhofazasi tizimlari kutkaruv va boshka kechiqtirib bulmaydigan tiklov ishlarini amalga oshirish uchun hududiy ishlab chiqarish tamoyillariga kura tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi tizimlari buysunishiga kura — hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlar mikyosida) hamda ob’ekt (halk hujaligi obektlaridagi) tizimlariga bulinadi.
Ob’ekt fuqaro muhofazasining boshligi etib usha korxonaning yoki tashkilotning boshligi tayinlanadi. Fuqaro muhofazasi yana belgilangan vazifasiga kura — umummaksadli hamda xizmatli tizimlarga bulinadi. Umummaksadli tizimlar zararlangan uchoqlarda kutkaruv ishlarini olib boradilar. Xizmatli tizimlar esa maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar — kidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam kursatish, yonginlarning tarkalishiga yo’l kuymaslik va ularni uchirish, jamoat tartibini saklash, insonlar salomatligini tiklash, razvedka o‘tkazish, avariya va texnikalarni tiklash, himoya inshootlarida xizmat kursatish va boshka maxsus vazifalarni bajaruvchi tizimlarga bulinadi
Fuqaro muhofazasi tizimlariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar kabul kilinadi, safarbarlik ko‘rsatmasiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga mansublar, 1,2,3 guruh nogironlari, homilador ayollar, 8 yoshga tulmagan bolalari bor ayollar, ayni paytda 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor o‘rta yoki oliy tibbiy ma’lumotli ayollar bundan mustasno.
Har bir korxonaning FM boshligi FMni tashkil etilishini, uning holatini, kuchlarini, texnikasini doimiy tayyor holatda bulishligini nazorat etadi, hamda kutkaruv va kayta tiklash ishlariga boshchilik kyladi. Korxona FMning boshligi shu korxona joylashgan rayon FMga va shu korxonaning yuqori tashkiloti FMsiga buysunadi.
Har bir korxonaning FM boshligiga urinbosar tayinlanadi. Katta korxonalarda bir necha urinbosarlar tayinlanadi, jumladan:
a) Ishchixizmatchilarni joylashtirish (yoki evakuatsiya bo‘yicha);
b) Muhandis-texnik ishlari bo‘yicha;
v) Moddiytexnika ta’minoti bo‘yicha. FMning ishchixizmatchilarni joylashtirish bo‘yicha urinbosari joylashtirish rejalarini tashkil etadi, ularning oilalarini evakuatsiya etish, jamoat tartibini saklash ishlariga boshchilik qilish hamda ishchi xizmatchilarni bir joydan ikkinchi joyga tashish ishlarini tashkillashtirish vazifalarini bajaradi.
FMning muhandis-texnik bo‘limi urinbosari korxonaning bosh muhandisi hisoblanadi.Buning vazifasi ishlab chiqarishni alohida rejim asosida ishlash rejasini tuzish, tinchlik davrida ishlab chiqarishni muttasil ishlashini ta’minlash, ekstremal holatlarda avariyatexnika va yonginga karshi xizmatlarni, kugkarish ishlarini olib boradi.
Bundan tashkari, tabiiy ofatlar, avariya, haloqat bo‘lganda kutkarish va avariyani tusish hamda kayta tiklash ishlariga boshchilik kiladi. FMning moddiy texnika ta’minoti bo‘yicha urinbosari kilib korxonaning ta’minot bo‘yicha boshlik urinbosari tayinlanadi. Bu mansabdor shahs maxsus jihozlarni, texnika, transport va muhofazaga taallukli jihozlar bilan ta’minlaydi va saklaydi. Yana u boshpanalarni qurish va uz kul ostidagi ishchixizmatchilarni evakuatsiya qilishni ta’minlaydi hamda inshootlarni ta’mirlash ishlarini bajaradi.
Korxonada FMning shtabi tuziladi. Bu shtabda har hil buyruklar, bajariladigan choratadbirlar va FMning yuqori tashkilot talabnomalari, ish rejalari ishlab chiqiladi, uning bajarilish hisobotlari tuziladi.Korxona shtab boshligi etib, shu korxonaning FM boshligining birinchi urinbosari tayinlanadi. FMning shtabi zimmasida ishchixizmatchilarni va korxona hodimlari oilalarini kirgin qurollar ta’siridan, dushmanning bevakg hujumidan uz vaqtida ogoh qilish vazifasi turadi.
FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
• Aloqa va tashvikot;
• Meditsina;
• Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta’siriga karshi;
• Jamoat tartibini saklash;
• elektr ta’minoti;
• Avariya-texnikani ta’mirlash;
• Panada va kochoqlar maskanida xizmat kursatish;
• Transportda xizmat kursatish;
• Moddiy ta’minot va boshka vazifalar.
Bularga maxsus topshiriqlarni bajarish vazifalari topshiriladi. Yuqoridagi har bir xizmatga FM boshligi tomonidan rahbar etib, bo‘lim, tseh, smena boshliklari tayinlanadi. Yuqorida ta’kidlangan fuqarolar muhofazasining xizmatli tizimlaridan tashkari texnika va transport vositalariga maxsus kayta ishlov berishda FMning bir kator xizmatli kismlari keng ishlarni tashkil etadi. Jumladan, FM laboratoriyalari radioaktiv va zaharli moddalarni aniqlash uchun radiometrik va kimyoviy tahlil ishlarini olib boradi.Ular asosan korxona yoki tashkilotlarning laboratoriyalari tarkibida tashkil etilib, unga mutaxasislar jalb kilinadi va kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.
Radioaktiv moddalar va biologik vositalar bilan zaharlangan odamlarni tulik sanitarkayta ishlovdan o‘tkazish uchun yuvinish maskanlari tashkil etiladi. Bu maskanlar asosan hammom va dushxonalar asosida tashkil etilib, ular oldindan tayyorlab kuyiladi.Bu maskanlarda kiyim-kechaklar, poyafzal va shaxsiy saklovchi vositalarni dezaktivatsiya kiluvchi maydonchalar tayyorlanib jihozlanadi. Bir yuvinish maskani bir soatda 80 odamni sanitarkayta ishlovdan o‘tkazadi.
Kiyim-kechak, poyafzal shaxsiy saklovchi vositalarni degazatsiya, dezaktivatsiya va dezinfektsiya qilish uchun kiyim-kechaklarni zararsizlantiruvchi maskanlar tashkil etiladi. Bular asosan hammom va kiyimkechaklarni yuvuvchi maskanlar tarkibida tashkil etiladi. Bunday maskanlar 1 soat ichida 50100 kg kiyimkechaklarni kayta ishlash kuvvatiga ega.
Transport vositalarni degazatsiya, dezinfektsiya va dezaktivatsiya qilish uchun esa zararsizlantirish shahobchalari tashkil etiladi. Bu zararsizlantirish shahobchalari asosan transportlarni yuvuvchi kismlari tarkibida tashkil etilib, ular 1 soat mobaynida 45 ta yuk avtomashinalarini zararsizlantirish imkoniyatiga ega.
|
| |