|
YURAKNI SUN’IY MASSAJ QILISh
|
bet | 18/20 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 60,61 Kb. | | #249286 |
Bog'liq HFXYURAKNI SUN’IY MASSAJ QILISh
Yurak to‘xtaganda o‘tkaziladigan reanimatsion tadbirlar yurakni tashqi massaj qilish va sun’iy nafas oldirish bo‘lib, bular bir vaqtda bajariladi.Yurakni tashqi uqalash yo‘lida tush suyagining pastki №1|3 qismi kaft bilan faol bosiladi. .Bunda yurak tush suyagi va umurtqa pog‘onasi oralig‘ida qisiladi va ma’lum miqdordagi yurakdagi qon tomirga haydaladi. Bunday xarakat minutiga 50-70 marta takrorlanadi va muolaja tekis katta joyda bemorni chalqancha yotqizilgan holatda o‘tkaziladi. Yurakni tashqi massaj qilish qo‘yidagicha ijobiy belgilari bilan aniqlanadi:
uyqu arteriyasida tomir urushining paydo bo‘lishi.
Kuz qorachiqlarining torayishi.
yuz terisi, tirnoqlar va lablarning qizarishi
mustaqil nafas xarakatlarining paydo bo‘lishi
mushaklar tonusining paudo bo‘lishi.
Yurakni bilvosita massaj ( yopiq) qilish.
Bu usulning mihiyati shundaki, yurakning tush suyagi bilan umurtqa poG‘onasi o‘rtasida qisilish natijasida katta va kichik qon aylanish doirasining yirik tomirlariga qon haydaladi va shu tariqa qon aylanish va hayotiy muhim a’zolar funksiyasi sun’iy ravishda quvvatlanib turiladi.Bemor qattiq uringa chalqancha yotqiziladi , bir qul kafti tush suyagining pastki 1\3 qismiga , ikkinchi kaft birinchisining ustiga qo‘yiladi, qo‘llar tirsak bo‘G‘imlarida yozilgan bo‘lishi kerak, sungra yordam kursatayotgan odamtushni turtkisimon bosib uni umurtqa pog‘onasi yo‘nalishi bo‘yicha 3-5 sm.ga siljitishga, shu vaziyatda taxminan 1,2 sek kutib turishga sungra qo‘llarni tushdan olmasdan turib, ularni tez bushatishga xarakat qiladi .
SUN’IY NAFAS BERISh USULLARI
Nafasyo‘llari utkazuvchanligini tiklash, nafas - tovush boylamlarininig spazmi, nafas yo‘llariga kusuk massasininig tiqilishi, intubatsion naychaninig buralib ketishi,tilning xalqumga ketib qolishi va shu kabilar oqibatida nafas faoliyati tuxtashi mumkin.Nafas yo‘llari tulik yoki qisman beqilishi mumkin. Bexush holatda yotgan odamda nafas yo‘llari erkin o‘tkazuvchanligini tiklash uchun tez va izchillik bilan qo‘yidagitadbirlarin o‘tkazish zarur:
1) Bemorni qattiq yuzaga chalqancha yoyqizish.
2) boshini orqaga engashtirish.
3) Pastki jaG‘ini oldinga va yuqori surish va og‘zini ochish.
4) Og‘iz va tomoqni shilimshiq va boshqalardan tozalash.
5) bemorni og‘ziga xavo yuborib, kukrak qafasi ekskursiyasi va nafas chiqarishni kuzatib turish mumkin.
Og‘izdan-og‘izga yoki og‘izdan-burunga nafas berish usuli nafas oldirishninig eng ta’sirchan va oddiy usulidir. bemor boshini orqaga ko‘proq engashtirib, chalqancha yotqiziladi. Buning uchun bemorning kuraklari ostiga bolishga uxshatib yumoloqlangan adyol qo‘yiladi. Bemorninig burni barmoqlar bilan qisiladi, og‘ziga doka yoki ro‘molcha yopiladi va chuqur nafas olib xavo bemorninig og‘ziga puflanadi. Nafas chiqarish susut bo‘ladi, bir minutda taxminan 12-16 marta puflanadi. Bemorning jag‘lari maxkam qisilgan xollarda og‘izdan burunga sun’iy nafas oldirish ususli foydali hisoblanadi. Bu maqsadda bir qul bilan bemorninig boshi manglayidan orqaga oqaga engashtiriladi. 2-qo‘l bilan iyagidan ushlanadi va pastki jag‘ini yuqoriga kutarilib, og‘zi berkitiladi. So‘ngra chuqur nafas olib lablar bilan burnini kamrab olib jadallik bilan nafas puflanadi.
|
| |