• Psixofizologik sabablarga
  • 3-MAVZU. AVTOMOBIL YO‘LLARI SOHASIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH VA UNING AHAMIYATI
  • Sanitar-gigienik sabablarga




    Download 60,61 Kb.
    bet4/20
    Sana21.05.2024
    Hajmi60,61 Kb.
    #249286
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    HFX

    Sanitar-gigienik sabablarga: meteorologik sharoitni sanitariya me’yorlariga to‘g‘ri kelmasligi; ishlab chiqarish changi va zaharli moddalarni havoda ko‘payib ketishi; ortiqcha shovqin va tebranish; tabiiy va sun’iy yoritilganlikni qoniqarsizligi; ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning sanitariya holatining qoniqarsizligi kabilar kiradi. (haydovchilarning charchashlari, suvni ko‘p ichishlari va h.k. )
    Psixofizologik sabablarga: mehnat jamoasidagi qoniqarsiz “psixologik” vaziyat; ishchining ish holatiga “antropologik” ravishda mos kelmasligi; ishchining o‘z ishidan qoniqmasligi; alkogolik holat kabilar kiradi.
    Korxonada doimiy ravishda yuz bergan baxtsiz hodisalar tahlilini olib borib, ularni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi kerak. Xususan, ishchilarning texnika xavfsizligi talablariga rioya etmasliklari yoki ularning bu qoidalarni tushunib yetmasliklari oqibatida,haydovchilar ishtiroki orqali bo‘ladigan baxtsiz hodisalar esa Yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlanmaganligi sababli yuz beradi.
    Statistik usul. Bu usul sanoat korxonalarida N-1 dalolatnomasi asosida hisobga olingan baxtsiz hodisalar materiallarini chuqur o‘rganishga asoslangan. Statistik usul baxtsiz hodisalarni kamaytirish borasida chora-tadbirlar ko‘rish uchun amaliy ma’lumot beradi va sanoatda jarohatlanishni ta’riflovchi chastota (qaytarilish) koeffistinti, jarohatlanish og‘irlik koeffistienti o‘rtacha ko‘rsatgichini aniqlash imkonini beradi.
    Chastotali koeffistient (Kch) 1000 ishchi hisobiga ma’lum vaqt davomida sanoat, avtokorxonalarida to‘g‘ri keladigan baxtsiz hodisalarning o‘rtacha miqdorini ko‘rsatadi. Uni quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin.


    3-MAVZU. AVTOMOBIL YO‘LLARI SOHASIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH VA UNING AHAMIYATI


    Avtomobil yo’llarini qurish, ta’mirlash va saqlashda mehnatni muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011 yil 08.11 dagi 42-B-son buyrugi bilan tasdiqlangan.
    Mazkur qoidalar avtomobil yo’llarini qurish, ta’mirlash va saqlash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluklidir.
    Mazkur qoidalar bino va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar xamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim. Mazkur qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
    Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo’yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
    Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
    Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo’yicha ishlarni tashkil etish tugrisidagi namunaviy nizomga(ro’yxat raqami 273 yil 14 avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
    Tashkilotlarda quyidagi asosiy xujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:

    • mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya- sog’lomlashtirish chora-tadbirlari bo’yicha bo’limni o’z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;

    • tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o’rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o’rinlarini attestatsiya qilish kartalari;

    • mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;

    • ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o’qitish, yo’l-yo’riq berish va bilimlarini sinovdan o’tkazish dasturlari;

    • mehnatni muhofaza qilish bo’yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch boskichli nazorat);

    • xodimlar bilan yonginga qarshi yo’l-yo’riq berish va yong’in-texnikaviy minimum mashg’ulotlarini o’tkazish dasturi;

    • har bir kasb va ish turlari bo’yicha mehnatni muhofaza qilish yo’riqnomalari.




    Download 60,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 60,61 Kb.