|
Sanitariya va gigienaga qo’yiladigan talablar
|
bet | 5/20 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 60,61 Kb. | | #249286 |
Bog'liq HFXSanitariya va gigienaga qo’yiladigan talablar
Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 «Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigienik talablari»ga muvofiq bo’lishi kerak.
Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini KMK 2.04.05-97 «Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash» talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
Ishlab chiqarish binolarida mikroiklim SanKvaM 15.11-10 «Ishlab chiqarish binolari mikroiklimi sanitariya me’yorlari» talablariga muvofiq bo’lishi lozim.
Tashkilot maydonlariga bo’lgan xavfsizlik talablari
Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi KMK II-89-80 «Sanoat tashkilotlarini bosh plani» talabiga mos bo’lishi kerak.
Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot xududida xarakatlanish chizmasi ishlab chikilgan va tasdiklangan bo’lishi kerak.
Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish xamda ish uchastkalari va sexlarning ko’rinarli joylariga osib qo’yilishi kerak. Tashkilot maydonlari ko’kalamzorlashtirilgan va suv quyish kuvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
Tashkilot maydonidagi o’tish joylari mustahkam yopkichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Yilning yoz vaqtida yo’lkalar va o’tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo’lishi lozim.
Bino va inshootlarga bulgan xavfsizlik talablari
Ishlab chiqarish binolari va inshootlari KMK 2.09.02-02 «Ishlab chiqarish binolari» talablariga muvofiq bo’lishi lozim. Yordamchi binolar va xonalar KMK 2.09.04-09 «Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari» talablariga muvofiq bo’lishi lozim.
Nam xonalarda hamda issiq o’tkazuvchi pollarda (betonli, gishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo’ljallangan ish joylarida yog’och to’shamalar va panjaralar yotqizilgan bo’lishi kerak. Pol tushamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan bo’lishi kerak. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob- uskunalari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o’rnatilgan bo’lishi kerak.
Transport vositalari binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshik bo’lishi kerak.Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshik bo’lishi kerak. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish xolatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo’lishi kerak.
Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (baxor va kuzda) kam bulmagan xolda tashkilot raxbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik kurikdan utkazilishi lozim. Texnik kurik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar va muddati ko’rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak. Xodimlar uchun xavf tug’diruvchi xalokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli xududlarda ishlab chiqarish jarayonlari xalokat bartaraf etilgunga qadar to’xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko’rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko’chirilishi kerak.
|
| |