|
-guruh G’ildiraklarni jilmay aylanishiga qarshi
|
bet | 125/162 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 5,07 Mb. | | #274795 |
Bog'liq B C toifa tuzil OMT Elmuratov X1-guruh G’ildiraklarni jilmay aylanishiga qarshi tizimlar.
1-o’quv topshiriq:
2-guruh. Nishablikka tushishda yordamchi tizimlar.
3-guruh. Tormoz kuchlarini taqsimlashning elektron tizimi va boshqalar
30 Mavzu. G’ildiraklarni jilmay aylanishiga qarshi, sirpanib tormozlanishiga qarshi tizimlar, tormoz kuchlarini taqsimlash tizimi va boshqalar.
Reja:
G’ildiraklarni jilmay aylanishiga qarshi tizimlar.
Nishablikka tushishda yordamchi tizimlar.
Tormoz kuchlarini taqsimlashning elektron tizimi va boshqalar
G’ildirakni joyidan jilmay aylanishiga qarshi tizim (ASC)- avtomobil turg’unligini saqlash uchun xizmat qiladi(shiddat bilan tezlanish olganda yoki sirpanchiq yo’lda tepalikka harakat qilganda). Dvigatelning burovchi momentini yo’l bilan yaxshi ilashib turgan g’ildirakka qayta taqsimlanishi hisobiga boshqa g’ildirakni joyidan jilmay aylanishiga yo’l qo’yilmaydi. G’ildirakni joyidan jilmay aylanishiga qarshi tizim avtoblokirovka tizimi asosida tashkil qilingan. Bundan tashqari AZS differensialni elektron blokirovka qilishni boshqaradi va dvigatel quvvatini korrektirovka qiladi.
Zamonaviy yengil avtomobillar yana, nishablikka tushishga yordamchi tizim bilan jihozlangan bo’lishi mumkin. Tik nishablikka kelganda haydovchi bu tizimni yoqadi, tizim avtomatik ravishda kerakli tezlikni ushlab turadi, kerak bo’lganda har bir g’ildirakni alohida tormozlaydi. Bu esa nishablikka tushishga haydovchiga avtomobilni faqat rul chambaragi bilan boshqarishiga yo’l qo’yadi.
Bir qator yengil avtomobillar o’zi tekislanadigan osmalar bilan jihozlangan. Bu avtomobilning klirensini o’zgartirishi mumkin, ya’ni, avtomobilning eng pastki nuqtasidan yo’lgacha bo’lgan masofani. Haydovchi o’zi tekislanadigan osmani pereklyuchatel yordamida uni bir holatiga qo’yib boshqaradi. Normal va baland klirens balandligi orasidagi farq 40 mm ni tashkil etadi. Tizim avtomobilning yuklanganligini hisobga oladi. Unga nisbatan amortizatorlardagi bosim o’zgartiriladi va klirens doimiy saqlanadi.
Ba’zi yengil avtomobillar tormoz kuchlarini taqsimlashning elektron tizimi(EBD) bilan jihozlanadi. Bu tizim orqa g’ildirakni y’ol bilan samarali ilashishini ta’minlaydi. EBD yana, korroziyalnishning ma’lum bir rejimlarida orqa g’ildiraklarni blokirovka bo’lib qolishini va surilishini oldini oladi. Bu tizimi ham ABSni boshqarayotgan EBD avtomobilning har bir g’ildiragini sezilarsiz surilayotganini aniqlaydi va orqa g’ildirak tormoz magistralidagi bosimni shunday sozlaydiki, uoldi g’ildirakga nisbatan orqa g’ildiraklar tezroq yurganda hosil bo’ladigan surilishni oldini olish uchun kerak, ya’ni ko’rayotgan tizimning vazifasi orqa g’ildirakni oldi g’ildirakdan ilgarilab ketishiga yo’l qo’ymaslik.
|
| |