|
Passajir avtomobillari yo’lovchilarni tashish uchun mo’ljallangan bo’lib, ular ikkiga bo’linadi: yengil avtomobillar va avtobuslar
|
bet | 25/162 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 5,07 Mb. | | #274795 |
Bog'liq B C toifa tuzil OMT Elmuratov XPassajir avtomobillari yo’lovchilarni tashish uchun mo’ljallangan bo’lib, ular ikkiga bo’linadi: yengil avtomobillar va avtobuslar. O’rindiqlar soni haydovchi o’rindig’I bilan 8 tagacha bo’lsa yengil avtomobil, 8 tadan ortiq bo’lsa, avtobus deyiladi.
Bortlari ochiladigan universal kuzovli avtomobillarda xilma-xil yuklar tshiladi. Sochiluvchan yuklar o’zi ag’daradigan (samosval) avtomobillarda, suyuqliklar sisternali avtomobillarda, oziq-ovqatlar refrejerator-furgonlarda tashiladi. Bu avtomobillar ixtisoslashtirilagan avtomobillar deyiladi.
Har xil yo’llardanharakatlanish imkoniyatlariga qarab oddiy va o’tag’on avtomobillar bo’ladi:
Avtomobil qatnovga moslashtirilgan qattiq qoplamali yo’llarda harakatlanuvchi yetakchi g’ildiraklar bitta o’qda bo’lgan avtomobillar oddiy avtomobillar deyiladi.
Yomon va moslashtirilmagan yo’llarda harakatlanuvchi ikkita va undan ko’p yetakchi bo’lgan avtomobill o’tag’on avtomobillar deyiladi.
Avtomobilga ikki va undan ortiq harakat vositalarini (tirkama va yarim tirkamalar) ulanishidan tashkil etilgan avtoulov- avtopoezd deb ataladi.
Yengil avtomobillar dvigatel silindrlarining ish hajmi bo‘yicha quyidagi sinflarga bo‘linadi:
Dvigatel ishchi hajmi, litr
|
Litraji
|
1,2 litrgacha
|
Mikro litrajli
|
1,2 litrdan 1,8 litrgacha
|
Kichik litrajli
|
1,8 litrdan 3,5litrgacha
|
O‘rta litrajli
|
3,5 litrdan yuqori
|
Katta litrajli
|
Avtomobil – bu agregatlar, mexanizmlar va tizimlar yig‘indisidan iborat murakkab mashinadir.
Avtomobillarning konstruksiyalari turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning ko‘pchiligining mexanizm va tizimlarining ishlash prinsipi, tuzilishi bir-biriga o‘xshash.
U tuzilishiga ko’ra uch turga bo’lib o’rganiladi: dvigatel, kuzov va shassi. Shassi yurish qismi, transmissiya va boshqaruv qismi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Passajir avtomobillari yo’lovchilarni tashish uchun mo’ljallangan bo’lib, ular ikkiga bo’linadi: yengil avtomobillar va avtobuslar
|