Agregat–bir necha tuzilmalarni bir butun qilib birlashtirgan qurilma. Tizim




Download 5,07 Mb.
bet26/162
Sana12.10.2024
Hajmi5,07 Mb.
#274795
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   162
Bog'liq
B C toifa tuzil OMT Elmuratov X

Agregat–bir necha tuzilmalarni bir butun qilib birlashtirgan qurilma.
Tizim–bitta umumiy vazifani bajaruvchi qismlar yig‘indisi (masalan, ta’minlash tizimi, moylash va sovutish tizimlari va boshqalar).
Mexanizm–harakatni ma’lum tartibda uzatuvchi va o‘zgartiruvchi tuzilma.
Uzel–mashinada ma’lum mustaqil vazifani bajaruvchi bir necha detallar birikmasi.
Detal–mashina va mexanizmlarning yig‘ish operatsiyalarisiz tayyorlangan ayrim qismi.
Avtomobilning asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
* dvigatel
* transmissiya
* yurish qismi
* boshqaruv mexanizmi
* elektr jihozlari
* qo‘shimcha jihozlar.
Dvigatelda yonish jarayonida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi ta’sirida tirsakli valni harakatga keladi, undan keyin transmissiya orqali harakat yurish qismining elementi bo‘lgan yetakchi g‘ildirak uzatiladi va ... avtomobil harakatlanadi. Avtomobil harakatlanish vaqtida haydovchi rul boshqarmasi va tormoz tizimidan foydalanadi (boshqaruv mexanizmi), chiroqlarni yoqadi (elektr jihozlari) va albatta haydovchi o‘rindiqda o‘tirganida xavfsizlik kamarini taqadi (qo‘shimcha jihozlar). Bularning hammasi kuzovga mustahkam qilib mahkamlanadi.
Dvigatel bu agregat hisoblanib, yonilg‘ining yonishi natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi (burovchi moment shaklida).
Transmissiya burovchi moment va uzatishlar sonini o‘zgartirgan holda yetakchi g‘ildiraklarga harakatni uzatadi. Ular quyidagilardan iborat:
* ilashish muftasi
* uzatmalar quttisi (taqsimlash quttisi)
* kardanli uzatma
* asosiy uzatma
* differensial
* yarim o‘qlar

Download 5,07 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   162




Download 5,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Agregat–bir necha tuzilmalarni bir butun qilib birlashtirgan qurilma. Tizim

Download 5,07 Mb.