|
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
|
bet | 34/162 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 5,07 Mb. | | #274795 |
Bog'liq B C toifa tuzil OMT Elmuratov XKichik guruhlarda ishlash qoidasi
1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmogi lozim.
2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim.
3. Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi.
4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur.
5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
6. Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, o’z fikringizni erkin namoyon eting.
Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
Guruhlar
|
1
|
2
|
3
|
Umumiy ball
|
Baho
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
2,2 – 3 ball – a’lo
1,2 – 2 ball – yaxshi
0,5 – 1,1 ball – qoniqarli
1-o’quv topshiriq:
1-guruh Suyultirilgan neft gazi.
2-guruh. Siqilgan tabiiy gaz.
3-guruh. Ularda ishlatilatiladigan dvigatellar.
4 Mavzu. Suyultirilgan neft gazi va siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan dvigatellar.
Reja:
1. Suyultirilgan neft gazi.
2. Siqilgan tabiiy gaz.
3. Ularda ishlatilatiladigan dvigatellar.
Respublikamiz katta miqdordagi gazsimon yonilg’ilar zaxirasiga ega. Undan foydalanish sanoatdagina emas, balki, avtomobil transportida ham yildan-yilga ortib bormoqda.
Gaz yonilg’ilar suyuq yonilg’ilarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Shuning uchun ular istiqbolli va avtomobil dvigatellarida keng ko’lamda qo’llash uchun maqbul yonilg’I hisoblanadi. Uchqun bilan yondiriladigan dvigatellarda yonuvchi gazlarni qo’llash aralashma hosil qilish jarayonining, shuningdek, ishlatish sharoitilarida aralashmaning silindr bo’ylab taqsimlanishini yaxshilaydi va yengillashtiradi, chunki, gazlar havo bilan turli nisbatlarda ancha oson aralashadi. Ko’pgina gazlar suyuq yonilg’ilarga nisbatan alanga tarqalishining ancha keng konsentratsion diapazonga ega, ya’ni, ular aralshmada havo miqdori ancha ortiq bo’lganda ham tez va to’liq yonadi. Bularning barchasi yonuvchi aralashma olish uchun qo’llaniladigan moslamani soddalashtirishga va unda yonilg’I va havoning atmosferaga zaharli moddalr kam miqdorda chiqariladigan nisbatlaridan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Gazsimon yonilg’ilardan foydalanilganda dvigatelning sovuq holda ishga tushirish va qizdirilgan holatda ishlashidagi yonilg’ining bug’lanishi bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar bo’lmaydi, atrof-muhit haroratiyuqori bo’lganda ta’minlash tizimida bug’ tiqinlari hosil bo’lish hollari o’z-o’zidan yo’qoladi.
Gazsimon yonilg’ilar benzinlarga nisbatan antidetonatsion xususiyatlarga ega,buesa, dvigatelning siqish darajasini ko’tarishga va yonilg’I tejamkorligini oshirishga imkon beradi. Gazsimon yonilg’ilarning kelib chiqishi turlicha bo’ladi: tabiiy gaz(gaz konlaridan olinadi), yondosh gaz (neftni qazib olish va qayta ishlashda), sanoat gazi(domna, koks, yorituvchi, kanalizatsiya gazlari), generator gazi(qattiq yonilg’ilarni gazda aylantirishda) va boshqalar
Davlat standarti talablariga muvofiq, suyultirilgan gazlar uch xil markada chiqariladi: texnik propan, texnik butan va ularning aralashmalari.
Avtomobil yonilg’isi sifatida suyultirilgan gazning sifatini xarakterlovchi asosiy ko’rsatkichlarga komponent tarkibi, to’yingan bug’ bosimi, suyuq bug’lanmaydigan qoldiqning bo’lmasligi, zararli arlashmalr miqdori kiradi.
Gazda ishlaydigan dvigatellar ta’minlash tizimlarining konstruktiv xususiyatlari gaz jamg’armasining mashinada saqlanish usuliga hamda dvigatelning gaz yonilg’isida ishlashga moslanganlik darajasiga bog’liq.
Siqilgan gaz suyultirilgan gazdan farqli ravishda normal harorat va istalgan yuqoro bosimda o’zining gazsimon holatini saqlab qoladi. Gaz faqat o’ta sovitilgandan keyingina suyuqlikka aylanadi. Avtomobillarda yonilg’I sifartida 20 MPa gacha siqilgan tabiiy gazdan foydalaniladi. Siqilgan tabiiy gazning zaxira miqdori ko’p va u arzon bo’lganligidan benzin o’rniga bu gazdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ichki yonuv dvigatellarda siqilga yoki suyultirilgan tabiiy gaz yonilg’I sifatida ishlatiladi. Metan gazi 1,5…1,8 Mpa bosimgacha siqiladi. Butan propan gazlarisiqilganda suyuq holatga o’tadi.
Siqilgan gaz po’lat ballonlarda saqlanadi. Ballonlar bir-biri bilan o’zaroulovchi naychalar bilan tutashtirilgan. Gaz ballonlaridan sarflash ventili, isitgich, filtr orqali reduktorga o’tadi. Reduktor gazning bosimni atmosfera bosimigacha pasaytiradi. Yuqori bosimdan past bosimga o’tishda gaz harorati keskin tushadi, isitkich gaz haroratini ko’taradi. Dvigatelda ishlatilgan chiqindi gazlarning issiqligi yonilg’I gazni isitadi.
Dvigatel ishlamay turganda reduktor gaz magistralini berkitib qo’yadi. Ishlayotgan dvigatelda gaz forsunka orqali karbyurator-aralashtirgichga o’tadi va havo bilan aralashadi. Salt ishlashrejimida gaz naycha orqali drossel ostki qismiga kiritiladi. Yuqori bosim manometri yordamida ballonlardagi gaz bosimi nazorat qilinadi. Past bosim manometri yordamida esa reduktorning ishlashi nazorat qilinadi. Ballonlar gaz bilanjo’mrak orqali to’ldiriladi. Suyultirilgan gazlar gaz holatga maxsus issiqlik almashtirgichda o’tkaziladi.
Suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan qurilmalarda gazni bug‘simon holatga o‘tishi maxsus issiqlik almashtirgichda, ya’ni bug‘latgichda sodir bo‘ladi. Suyultirilgan gaz qurilmasning o‘ziga hosligi, undagi ish bosimi ballondagi gaz miqdoriga bog‘liq bo‘lmay, balki gaz aralashmasining komponent tarkibi va atrof-muhit haroratiga bog‘liqligidadir. Suyultirilgan gaz qurilmasida, siqilgan gaz qurilmasidan farqli ravishda, ballondagi suyuqltirilgan gaz miqdorini aniqlash uchun maxsus sath ko‘rsatkich o‘rnatilishi lozim bo‘ladi.
|
| |