• Aralashgan moylash tarmog ’ i
  • Dvigatelning moylash tizimi sxemasi.
  • Chilangari kasbi bo’yicha




    Download 5,07 Mb.
    bet42/162
    Sana12.10.2024
    Hajmi5,07 Mb.
    #274795
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   162
    Bog'liq
    B C toifa tuzil OMT Elmuratov X

    Sachratib moylash tarmog’i dvigatelning ishqalanuvchi detallarigayetarli miqdorda moyniyetkazib bera olmaydi.
    Bosim ostida majburiy moylash turi esa tarmoqni murakkablashtirib yuboradi. SHuning uchun zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan aralashgan moylash tarmog’i qo’llaniladi. Bu turdagi moylash tarmog’ida zo’riqib ishlaydigan detal’ yuzalariga moy bosim ostida majburiy, qolganlariga esa sachratib va oqizish usuli bilan yuboriladi.
    Aralashgan moylash tarmogi quyidagi mexanizm, asbob va tuzilmalarni o’z ichiga oladi: moy saqlagich, moy qabul qilgich, zo’riqib ishlaydigan ishqalanuvchi detal oralig’iga moy yuboruvchi nasos, moyni tozalovchi filtrlar, moy sovituvchi radiator, moy yo’llari va naychalari, moyning sathi, bosimi va haroratini ko’rsatuvchi asbob-uskunalar.





    Dvigatelning moylash tizimi sxemasi.
    1-moyni gaz taqsimlash mexanizmlariga yetkazuvchi quvur: 2-asosiy moy magistrali; 3-taqsimlash valining podshipnikini moylash quvuri; 4-dvigatel karteri: 5-filtlovchi element; 6-moy filtrini qopqog‘i; 7-moy nasosi; 8-moy qabul qilgich; 9-moy karteri; 10-moyni chiqarish tiqini.
    Moy nasosi, moyni bosim ostida dvigatel mexanizmlarining ishqalanuvchi yuzalariga, shuningdek, moyni tozalash va sovitish tuzilmalariga yuborish uchun xizmat qiladi. Avtomobil dvigatellarida asosan shesternyali nasoslardan foydalanib, ular oddiy tuzilgan va ishonchli ishlaydi. Hasoslar shesternyalarning ilashishi bo’yicha tashqi va ichki ilashgan shesternyalilarga bo’linadi. Tashqi ilashgan shesternyali nasoslar o’z navbatida bir yoki ikki seksiyali, ya’ni, bir juft yoki ikki juft shesternyali bo’lishi mumkin.Zamonaviy yengil avtomobillarda (VAZ-2108, Neksiya, Tiko, Damas avtomobil dvigatellari) ko’pincha ichki ilashishda bo’lgan, aylanma harakatni tirsakli valdan oladigan, nasoslardan foydalanilmoqda. Katta yuk avtomobillarida (ZIL-130, KamAZ-5320, MAZ-500avtomobil dvigatellari) ikki seksiyali tashqi ilashishdagi nasoslardan foydalanilgan. Nasos korpusida yetakchi yetaklanuvchi tishli g’ildiraklar joylashgan. Nasos ishlayotganda tizimda yetarli bosim hosil bo’lishi uchun ikkala g’ildirak tishlarning qirralari bilan korpus devorda oralig’idagi radial tirqish kichik(0,06…0,1mm) bo’lishi nazarda tutiladi. Yetakchi tishli g’ildirak harakatni valikdan oladi va unga shponka yordamida mahkamlanadi. Yetaklanuvchi tashqi g’ildirak esa o’z o’qida erkin aylanadi.
    Nasos ishlayotganida uning tishli g’ildiraklari strelka bo’yicha yo’nalishda aylanadilar. Nasos bilan hosil qilinadigan bosim asosiy moy kanalidan moyning qay darajada sarflanishi, tishli g’ildiraklarning aylanishlar chastotasi va moyning qovushqoqligi bog’liq bo’ladi. Benzinli dvigatellarda tizimdagi moyning bosimi 0,3…0,5 MPa, dizellarda esa 0,5…0,7 MPa bo’ladi. Tizimdagi moy bosimini belgilangan me’yoridan ortib ketmasligini reduksion klapan ta’minlaydi. Bosim belgilanganidan ortib ketsa, reduksion klapanning sharchasi prujina kuchini yengib o’rindig’dan siljiydi va moyning ma’lum miqdarini nasosning so’rish bo’shlig’iga o’tkazadi va tizimdagi bosim pasayadi.



    78-rasm a da dvigatelning ochiq shamollatish tarmog’i tasvirlangan.
    b da karterni yoriq shamollatish tarmog’i tasvirlangan.
    v da majburiy yopiq shamollatish tarmog’i ko’rsatilgan.






    Download 5,07 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   162




    Download 5,07 Mb.