|
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
|
bet | 38/162 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 5,07 Mb. | | #274795 |
Bog'liq B C toifa tuzil OMT Elmuratov XKichik guruhlarda ishlash qoidasi
1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmogi lozim.
2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim.
3. Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi.
4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur.
5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
6. Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, o’z fikringizni erkin namoyon eting.
Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
Guruhlar
|
1
|
2
|
3
|
Umumiy ball
|
Baho
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
2,2 – 3 ball – a’lo
1,2 – 2 ball – yaxshi
0,5 – 1,1 ball – qoniqarli
1-guruh Sovitish suyqliklari.
1-o’quv topshiriq:
2-guruh. Ularga qo’yiladigan talablar
3-guruh. Suyuqlik nasosi.
6 Mavzu. Sovitish suyqliklari va ularga qo’yiladigan talablar.
Reja:
Sovitish suyqliklari.
Ularga qo’yiladigan talablar.
Suyuqlik nasosi.
Sovitish suyuqligi. Sovitish suyuqligi sifatida asosan suv ishlatiladi, chunki u issiqlikni o‘ziga tez oladi va o‘zidan tez tarqatadi, arzon va etarli miqdorda. Lekin sovitish tizimida qaynagan suvning quyqasi (nakip) cho‘kib, suv g‘ilofi devorlarida tuz qatlami hosil qiladi.
Buning natijasida silindrlar blokining issiqlik o‘tkazish qobiliyati sustlashadi, suv g‘iloflarining devorlari zanglaydi. Qish faslida tizimdan to‘kilmagan suv muzlab, silindrlar blokini yorib yuborishi mumkin.
Shuning uchun sovituvchi suyuqlik sifatida, yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklardan holi bo‘lish uchun antifriz suyuqligidan keng foydalanilmoqda. Antifrizning ikki xili ishlab chiqariladi: tarkibi 47% suv va 53% etilen glikol bo‘lgan antifriz M-40 (muzlash harorati - 400S). 34% suv va 66% etilen glikoldan tashkil topgan; antifriz M-65; (muzlash harorati 650S). Antifriz inson organizmi uchun zaharli hisoblanadi.
Uning issiqlik sig‘imi suvnikiga nisbatan kam. Shuning uchun sovituvchi suyuqlik sifatida antifriz qo‘llanilganda tizimning issiqlik tarqatish qobiliyati suv bilan sovitilgandagiga nisbatan past bo‘ladi, natijada silindrlar devorining harorati 15…200S ga ortiqroq qiziydi. Antifriz qiziganda suvga nisbatan birmuncha ko‘proq kengayadi. Tizimda suyuqlik sifatida suv ishlatilganda yomg‘ir yoki oqar suvlaridan foydalanish tavsiya etiladi, chunki bu suvlar yumshoq xususiyatiga ega.
Sovituvchi suyuqlik sifatida quduq, buloq yoki dengiz suvlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bunday suvlarni yumshatish uchun 30…40 daqiqa qaynatiladi va tizimga quyishdan avval besh-olti qavat dokadan o‘tkazib filtrlanadi.
25-rasm. Radiator va jalyuz:
1 va 9 birlashtiruvchi shlanglar; 2-jo‘mrak; 3 va 6 - pastki va yuqorigi bakchalar; 7-radiator qopqoqi; 8-radiator bo‘izi; 10-radiator o‘zagi; 11-yo‘naltiruvchi kojux.
Radiator blokda qizigan suyuqlikning issiqligini tashqi muhitga tarqatish uchun xizmat qiladi (25-rasm).
U yuqorigi 6 va pastki 3bakchalar, radiator o‘zagi 10 va radiator qopqoqidan 7 iborat. Suyuqlik radiatorga yuqorigi bakchaning bo‘g‘izidan 8 quyiladi. Bo‘g‘iz qopqoq 7 bilan zich berkitilgan. Radiator o‘zaklarining turlari naycha-plastinkali yoki naycha-lentali bo‘lishi mumkin. Naycha-plastinkali bo‘lganda, naychalari gorizontal joylashtirilgan qator yupqa plastinkalar orasidan o‘tkazilib, uchlari yuqoriga 6 va pastki 3 bakchalarga kavsharlanadi.
Naycha-lentali bo‘lganda naychalari oralig‘iga, sovitish yuzasini oshirish maqsadida to‘lqinsimon shaklda ishlangan lentalar joylashtiriladi. Radiator o‘zagining ikkala turida ham qo‘llaniladigan naychalar asosan yassi oval kesimli bo‘ladi. Naychalar, radiator o‘zagida vertikal yoki gorizontal o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik avtomobillarda vertikal o‘rnatilgan bo‘lsa ayrim yengil avtomobillarda (Matiz va Neksiya avtomobillari) naychalari gorizontal joylashtirilgan (25-rasm). Neksiya avtomobillari) naychalari gorizontal joylashtirilgan (25-rasm).
Suyuqlik nasosi. Sovitish tizimida suyuqlikning majburiy harakatlanishi nasos yordamida amalga oshiriladi. Odatda past bosimli (40…100 kPa) markazdan qochma suyuqlik nasosi ishlatiladi. Suyuqlik nososining vali korpusga ikkita sharsimon podshipnik va yordamida o‘rnatilib, ular oralig‘ida vtulka joylashtiriladi. Podshipniklarga moy, moydon orali yuboriladi. Valning oldingi uchiga shponka yordamida gubchak o‘rnatiladi va unga ariqchali shkiv biriktiriladi. Valning keyingi uchiga gubchagi metaldan ishlangan plastmassali parrak o‘tkazilib bolt yordamida qotiriladi. Parrakning valga o‘tkazilgan joyida siquvchi solnik o‘rnatilgan bo‘lib, uning aylanadigan tekstolit shaybasi prujina yordamida korpusning silliqlangan ishchi yuzasiga tiralib turadi. Siquvchi solnik, parrak joylashgan bo‘shliqdan podshipnik o‘rnatilgan korpus bo‘shlig‘iga suyuqlikni sizib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.
|
| |