• Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
  • 1-guruh Sovitish tizimi. 1-o’quv topshiriq: 2-guruh . Sovitish tizimining vazifasi.
  • Reja: Sovitish tizimi. Sovitish tizimining vazifasi. Sovutish tizimining turlari.
  • Suyuqlik bilan sovitish tizimining sxemasi
  • Kichik guruhlarda ishlash qoidasi




    Download 5,07 Mb.
    bet36/162
    Sana12.10.2024
    Hajmi5,07 Mb.
    #274795
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   162
    Bog'liq
    B C toifa tuzil OMT Elmuratov X

    Kichik guruhlarda ishlash qoidasi

    1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmogi lozim.
    2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim.
    3. Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi.
    4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur.
    5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
    6. Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, o’z fikringizni erkin namoyon eting.





    Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari

    Guruhlar

    1

    2

    3

    Umumiy ball

    Baho

    1
















    2
















    3
















    2,2 – 3 ball – a’lo
    1,2 – 2 ball – yaxshi
    0,5 – 1,1 ball – qoniqarli

    1-guruh Sovitish tizimi.
    1-o’quv topshiriq:

    2-guruh. Sovitish tizimining vazifasi.



    3-guruh. Sovutish tizimining turlari.



    5. Mavzu. Sovitish tizimi. Sovitish tizimining vazifasi va turlari.
    Reja:

    1. Sovitish tizimi.

    2. Sovitish tizimining vazifasi.

    3. Sovutish tizimining turlari.






    Sovitish tizimi kuchli qizigan detallardan issiqlikning tarqatilishini bir me’yorda saqlab dvigatelning optimal issiqlik rejimini saqlash uchun xizmat qiladi.
    Dvigatelda issiqlikni majburan tashqi muhitga tarqatish suyuqlik (suyuqlik bilan sovishi tizimi) yoki havo (havo bilan sovitish tizimi) bilan amalga oshirilishi mumkin. Avtomobil dvigatelda asosan qo‘llaniladigan suyuqlik bilan sovitish tizimi havo bilan sovitish tizimiga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
    * qo‘llaniladigan suyuqlikni qaynash harorati 370…3800 K (100…1100S) bo‘lganligi sababli dvigatelning detallari qattiq qizib ketmaydi;
    * sovituvchi suyuqlik dvigateldan ishi nisbatan shovqinsiz bo‘ladi;
    * tashqi muhitning harorat sharoiti past bo‘lganda dvigatelni yurgazish nisbatan oson bo‘ladi va qizishi tezlashadi;
    * bu turdagi dvigatelning sovitish tizimi qoburg‘alarining bo‘lmaganligi sababli u ixcham bo‘ladi. Havo bilan sovitish tizmining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar:
    * tizimda suyuqlik nasosi, radiator, suyuqlik kanallari, termostat yo‘qligi sababli u bir muncha yengil va oddiy ishlangan;
    * dvigatelda suv g‘ilofi bo‘lmaganligi sababli u muzlab qolmaydi.
    Suyuqlik bilan sovitish tizimi. Dvigatelning slindrlari atrofida, shuningdek, kallagi ichida bo‘shliqlar (sovitish g‘iloflari) bo‘lib, ular sovituvchi suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Sovitish g‘iloflari patruboklar va qizigan suyuqlikni sovitib beradigan radiator 4 bilan ulanadi. Suyuqlik sovitish tizimiga radiatorning yuqorigi bo‘g‘izidan quyiladi, so‘ngra bo‘g‘iz qopqoq bilan zich berkitiladi. Qopqoqda klapanlar bo‘lib, sovitish tizimining ichki bo‘shlig‘i ular orqali atmosfera bilan bog‘lanadi. Bunday sovitish tizimini yopiq sovitish tizimi deyiladi.
    Yopiq sovitish tizimidagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan 45…100kPa ga ortiq bo‘ladi. Suyuqlik bunday bosimda uning harorati taxminan 109…1200 ga yetmaguncha u qaynamaydi.
    Tizimdagi bosim me’yoridan ortib, klapan ochilganda, ortiqcha bu naycha orqali tashqariga chiqariladi. Yopiq sovitish tizimi ochiq sovutish tizimiga, ya’ni tizim to‘g‘ridan-to‘g‘ri atmosfera bilan bog‘lanib turadiganiga, nisbatan birmuncha ixcham bo‘ladi va suyuqlikning bexuda sarflanishi oldi olinadi. Tizimda suyuqlikning majburiy harakatlanishi nasos yordamida amalga oshiriladi. Suyuqlik nasosi o‘zining shkivi orqali dvigatel tirsakli valining shkividan harakatga keltiriladi. Suyuqlik blok va kallagi sovitish g‘iloflarining qizigan devorlari ta’sirida qiziydi va patrubok orqali radiatorning yuqorigi bachogiga o‘tadi. Suyuqlik havo oqimi bilan shamollatilayotgan radiator naychalarida sovitiladi va radiatorning pastki bachogiga oqib tushadi.
    Radiator orqali o‘tadigan havo oqimining vujudga kelishi ventilatordan va avtomobilning harakatida uning oldidan bo‘ladigan qarshi havo bosimining oqimidan paydo bo‘ladi.



    a) kichik doira bo’yicha

    b) katta doira bo’yicha


    24-rasm. Suyuqlik bilan sovitish tizimining sxemasi:
    1-radiator; 2-sovutish suyuqligining quvuri; 3-ta’minlovchi bachok; 4-termostat; 5-suyuqlik nasosi; 6-silindrlar blokining suyuqlik kuvurchalari; 7-silindrlar bloki kallagining suyuqlik kuvurchalari; 8-isitish radiatori elektroventilatori bilan; 9-radiatorning isitish tizimi jumragi; 10-silindrlar blokidagi suyuqlikni chiqaruvchi jumrak; 11-sovutish suyuqligini radiatorning to‘kish jumragi; 12-ventilator.
    Shu tarzda, tizimda sovituvchi suyuqlik uzliksiz ravishda harakatlanadi. Silindrlar bloki g‘ilofining pastki va yuqorigi qismida suyuqlikning o‘zaro harakatlanishi termosifon, ya’ni issiq va sovuq suyuqliklar zichligining farqi tufayli tabiiy ravishda bo‘ladi. Tizimdagi suyuqlik haroratini bilish uchun silindrlar kallagiga datchik o‘rnatilgan va unga termometr ulangan. Dvigatelning normal issiqlik rejimida ishlashi uchun slindrlar kallagi g‘ilofidagi sovituvchi suyuqlikning harorati 80…1000S bo‘lishi kerak. Dvigatelni tez qizdirish uchun, ayniqsa uni birinchi yurgazilganda, sovitish tizimiga termostat 2 o‘rnatiladi. Dvigatel yurgazilganda g‘ilofdagi sovituvchi suyuqlikning harorati past bo‘lganligi sababli termostat klapani yopiq bo‘lib, g‘ilofdagi suyuqlik o‘tkazuvchi kanal orqali nasosga qaytadi.
    Bunda suyuqlik kichik doira bo‘yicha aylanishi, ya’ni radiatorga bormaganligi sababli u tez qiziydi, natijada dvigatelning qizishi ancha tezlashadi. Suyuqlik harorati 80…850S dan ortganda termostat klapani ochila boshlaydi, shunda suyuqlikning ma’lum miqdori radiatorga, ma’lum miqdori esa suv nasosiga o‘ta boshlaydi. Keyinchalik suyuqlikning harorati 85-950S larga borganda termostat klapani to‘liq ochiladi, shunda suyuqlik asosan radiatorga yuboriladi. Shu tarzda, dvigatelning harorat rejimi ma’lum oralida avtomatik rostlanib turadi.
    Dvigatelning optimal harorat rejimini saqlash, asosan radiatordan o‘tayotgan havo oqimining jadalligini (intensivnost) o‘zgartirish bilan erishiladi. Jalyuza yordamida radiatordan o‘tayotgan havo miqdorini, shu bilan birga sovitishni jadallashtirilishini (intensivnost) rostlab turiladi.
    Havo oqimining radiatordan o‘tish tezligini, ventilator 6 yana ham oshiradi. Ba’zida ventilator, dvigatelning harorat rejimi me’yoridan ortgandagina ishga tushadigan qilib ishlanadi. Ayrim dvigatellarda esa ventilatorning aylanishlar chastotasi sovituvchi suyuqlikning haroratiga qarab avtomatik ravishda o‘zgarib turadi. Suyuqlik, sovitish tizimiga radiatorning yuqorigi bo‘g‘izidan quyiladi, so‘ngra bo‘g‘iz qopqoq bilan zich berkitiladi Ba’zi avtomobil dvigatellarida suyuqlik sovitish tizimiga kengayish bakchasi orqali quyiladi. Tizimni suyuqlikdan bo‘shatish uchun radiatorning pastki bakchasiga jo‘mrak 5 o‘rnatilgan.



    Download 5,07 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   162




    Download 5,07 Mb.