• Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
  • 1-o’quv topshiriq: 2-guruh . Dvigatellarda qo’llaniladigan moylar 1-guruh Moylash tizimi .
  • 8 Mavzu. Moylash tizimi. Dvigatellarda qo’llaniladigan moylar, ularning asosiy xususiyatlari. Reja: 1. Moylash tizimi.
  • Kichik guruhlarda ishlash qoidasi




    Download 5,07 Mb.
    bet45/162
    Sana12.10.2024
    Hajmi5,07 Mb.
    #274795
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   162
    Bog'liq
    B C toifa tuzil OMT Elmuratov X

    Kichik guruhlarda ishlash qoidasi

    1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmogi lozim.
    2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim.
    3. Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi.
    4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur.
    5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
    6. Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, o’z fikringizni erkin namoyon eting.





    Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari

    Guruhlar

    1

    2

    3

    Umumiy ball

    Baho

    1
















    2
















    3
















    2,2 – 3 ball – a’lo
    1,2 – 2 ball – yaxshi
    0,5 – 1,1 ball – qoniqarli
    1-o’quv topshiriq:

    2-guruh. Dvigatellarda qo’llaniladigan moylar

    1-guruh Moylash tizimi.



    3-guruh. Ularning asosiy xususiyatlari.



    8 Mavzu. Moylash tizimi. Dvigatellarda qo’llaniladigan moylar, ularning asosiy xususiyatlari.
    Reja:
    1. Moylash tizimi.
    2. Dvigatellarda qo’llaniladigan moylar.
    3. Ularning asosiy xususiyatlari.


    Moylash tizimi ishqalanuvchi yuzalarga moyni yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Maqsad yuzalarga ishqalanish kuchini kamaytirish, shu bilan birga, moy yuzani qirindilardan tozalaydi, korroziyadan himoyalaydi, sovutadi.


    Har qanday mashinada o’zaro ishqalanadigan juftlarni moylash uchun turli moylash materiallaridan foydalaniladi. Turli maqsadlarda ishlatish uchun ishlab chiqariladigan moylash materialining asosiy qismi neftni qayta ishlash mahsulotlari asosida tayyorlanadi.
    Dvigatel detallarini moylash uchun ishlatiladigan moylar mazutni qayta haydash yo’li bilan olinadi va ular erigan aralashmalardan tozalangan moylar deb ataladi. Ishlatiladigan moyning moylash xususiyati ishqalanuvchi detallarning yuzalarida yupqa moy pardasi yoki ishqalanish paytida bo’rtib chiqmaydigan oksidlar pardasining hosil bo’lishidan iborat. Bu moy pardasi ishqalanuvchi detallarning bir-biriga bevosita tegib turishiga,yeyilish zarrachalarining ishqalanuvchi yuzalarga payvanlanib qolishiga va detallarning tezyeyilishiga yo’l qo’ymaydi. Bu pardalar 100°S gacha issiqlikda ham qovushoqligini va moylash xususiyatini saqlab qolishi lozim. Moyning qovushoqligi, oksidlanishga chidamliligini oshirish, zanglamaslik va yuvib ketish xodisalarini yaxshilash, shuningdek, yuqori haroratda suyulmaydigan bo’lishi uchun unga 3..14 foiz har xil tarkibli murakkab qo’shilma qo’shiladi. Odatda quyidagi ko’p tarkibli (AZNI-1, PSS-200A, VNIINM 360 va boshqalar) moylar ishlatiladi. Karbyuratorli dvigatellar uchun ishlatiladigan moyning belgisi AS-8 yoki AS-10 (GOST-10514-61). Belgidagi A harfi moyning avtomobil moyi ekanligini, S harfi selliktiv usulda tozalanganligini, 8 raqami esa moyning 373 K (100°S) dagi qovushoqligini bildiradi. Raqam qancha kata bo’lsa, moyning qovushoqligi shuncha yuqori bo’ladi. Sovuq iqlimda ishlaydigan dvigatellarda qovushoqligi 8 va undan past, issiq iqlimda ishlaydigan dvigatellarda esa qovushoqligi 10 va undan yuqori belgili moylar ishlatiladi.yengil avtomobil dvigatellari uchun sifati yuqori darajali moylar ishlatiladi: M12G №8, M8G №9, va M10 №10. Bulardan M10G №10 barcha iqlim sharoitlariga, M12G №8 issiq sharoitga va M8G №9 sovuq sharoitga mo’njallangan. Avtomobilning boshqa mexanizm va ishqalanuvchi detallari uchun boshqa turli moylar ishlatiladi.
    Moy quyish naychasi orqali moy karter tubi ga tushadi. Karter tubidagi moy sathi sath o’lchagich dastagi bilan o’lchanadi. Karter tubiga, ishlatilgan moyni chiqarib tashlash uchun tiqin kirgiziladi. Odatda karter tubining eng pastki qismiga moy nasosi ning moy qabul qilgichi joylashadi. Moy nasos yordamida dag’al filtr dan o’tib, asosiy moy kanali ga boradi. Dvigatel sovuqligida yoki uning tirsakli vali juda katta aylanishlarda ishlaganda, tarmoqdagi moy bosimi juda ko’tarilib, moylash tarmog’i naychalarini yorib yuborishi mumkin. Buning oldini olish va tarmoqqa moy belgilangan bosim ostida borib turishi uchun nasosning pastki qismiga qaytarish (reduktsion) klapan o’rnatilgan, u tarmoqqa oshiqcha o’tayotgan moyning bir qismini karter tubiga qaytarib, moy bosimini bir me’yorda ushlab turadi. Dag’al filtr ning ifloslanishi natijasida uning moy o’tishiga bo’lgan qarshiligi oshib ketadi yoki moyni butunlay asosiy moy kanallariga o’tkazmay qo’yadi. Bu paytda moy o’tkazish klapani orqali asosiy moy yo’liga o’tadi. Ba’zi xollarda mayin filtrga saqlagich klapani o’rnatilishi mumkin. Moy asosiy moy yo’li orqali blokdagi moy teshiklaridan chiqib, tirsakli valning o’zak bo’yinlari va taqsimlash valining podshipniklariga o’tadi. Blokdagi tik joylashgan tuynik yoki moy naychasi orqali moy koromislo o’qi ga yuboriladi. Koromislodagi moy yo’li orqali, moy klapan o’zagining tub iva shtangaga oqib tushadi. Shatun podshipnigiga moy o’zak bo’ynidan tutashtiruvchi moy yo’li orqali bosim ostida o’tadi. Ba’zi dvigatellarda porshen barmog’i ga moy shatun o’zagidagi moy yo’li orqali bosim ostida yuboriladi. Tirsakli val aylanganda markazdan qochma kuch ta’sirida karter tubidagi moy sachrab, karter devorlariga urilib, mayda zarrachalarga bo’linadi va moy tumani qiladi. Moy tumani silindr devorlariga o’tirib, porshen, porshen xalqalari va barmog’i, taqsimlash valining harakat uzatuvchi ayrim qismlarini va boshqa detallarini moylaydi. Taqsimlash shesternyalari va gaz taqsimlash mexanizmining ba’zi yo’naltiruvchi detallari oqizish yo’li bilan moylanadi. Moylash tarmog’idagi moyning bosimi va haroratini manometr va distantsion termometr ko’rsatadi. Tarmoqdagi qizigan moy radiator da sovitiladi, unga moy asosiy 6 yoki maxsus nasos orqali yuborilishi mumkin. Radiatorga moyning borishini to’xtatish uchun jo’mrak va saqlagich klapan o’rnatilgan. Tarmoqdagi moyning bosimi 100 kPa (1,0kgk|sm2) dan pasayganda saqlagich klapan berkilib, radiatorga moy o’tishi to’xtaydi.



    Download 5,07 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   162




    Download 5,07 Mb.