• Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
  • Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
  • 1-guruh Taminlash tizimi. 1-o’quv topshiriq: 2-guruh .
  • 2. Avtomobil dvigatellari uchun qo’llaniladigan yoqilg’ilarning turi. 3. Ularning tasnifi va xususiyatlari
  • Injektorli dvigatel
  • Chilangari kasbi bo’yicha




    Download 5,07 Mb.
    bet48/162
    Sana12.10.2024
    Hajmi5,07 Mb.
    #274795
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   162
    Bog'liq
    B C toifa tuzil OMT Elmuratov X

    Mashg’ulot yakuni
    3.1. Mavzuni umumlashtirib, mashg’ulotni yakunlayman. Faol qatnashgan o’quvchilar baholayman.
    Uyga vazifa berish

      1. . Uyga vazifa berib reja bo’yicha darsga yakun yasayman..

    Tinglaydilar.


    Vazifani yozib oladilar.



    O’qituvchi: Sharipova Dilfuza.
    Kichik guruhlarda ishlash qoidasi

    1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmogi lozim.
    2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim.
    3. Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi.
    4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur.
    5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
    6. Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, o’z fikringizni erkin namoyon eting.





    Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari

    Guruhlar

    1

    2

    3

    Umumiy ball

    Baho

    1
















    2
















    3
















    2,2 – 3 ball – a’lo
    1,2 – 2 ball – yaxshi
    0,5 – 1,1 ball – qoniqarli

    1-guruh Taminlash tizimi.


    1-o’quv topshiriq:

    2-guruh. Avtomobil dvigatellari uchun qo’llaniladigan yoqilg’ilarning turi.



    3-guruh. Ularning tasnifi va xususiyatlari





    9 Mavzu.Taminlash tizimi. Avtomobil dvigatellari uchun qo’llaniladigan yoqilg’ilarning turi, tasnifi va xususiyatlari.
    Reja.
    1. Taminlash tizimi.
    2. Avtomobil dvigatellari uchun qo’llaniladigan yoqilg’ilarning turi.
    3. Ularning tasnifi va xususiyatlari

    Ichki yonuv dvigatellarining ishlashi uchun uni havo va yonilg‘idan iborat yonuvchi aralashma bilan ta’minlash kerak bo‘ladi. Ta’milash tizimining vazifasi dvigatelning ish rejimiga mos ravishda ma’lum tarkibdagi yonuvchi aralashma tayyorlash (benzinli dvigatellarda silindrdan tashqarida, dizellarda silindr ichida) va uni kerakli miqdorda silindrlarga uzatish hamda ulardan ishlatilgan gazlarni chiqarish uchun xizmat qiladi.


    Ishlatiladigan yonilg‘ini turiga qarab ichki yonuv dvigatellari quyidagi turlarga bo‘linadi:

    • benzinli (karburatorli va injektorli) dvigatellar;

    • dizelli dvigatellar;

    • gaz yonilg‘isida ishlaydigan (suyuq va siqilgan) dvigatellar.

    Karburatorli yonilg‘i ta’minlash tizimi bir vaqtning o‘zida quvvatni, momentni oshirgan holda yonilg‘i tejamkorligini oshirish va chiqindi gazlarni zararsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan talabga javob bera olmaydi.
    Karburatorli dvigatellarning ta’minlash tizimining asosiy kamchiligi quyidagidan iborat:
    * silindrlar sonini karburatordan har xil masofada joylashgan;
    * yonilg‘i aralashmasi karburatorda tayyorlanadi va silindrlarga tayyor aralashma uzatiladi.
    Bu kamchiliklar natijasida silindrlarga har xil tarkibdagi yonilg‘i aralashmasi yetib boradi va yonilg‘i sarfi oshadi.
    Bu kamchiliklarni yo‘qotish uchun yonilg‘i aralashmasini har bir silindr oldida tayyorlash kerak bo‘ladi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida har bir silindrning kiritish klapanlari yaqinida yonilg‘i aralashmasini tayyorlaydigan elektron yonilg‘i purkash tizimi (injektorlar) qo‘llaniladi.
    Elektron yonilg‘i purkash tizimi quyidagi afzalliklarga ega:
    * tezkor, sababi raqamli mikroprotsessor boshqaradi;
    * yonilg‘i aralashmasi aniq tarkibga ega;
    * yonilg‘i aralashmasini tarkibini uzoq muddat bir xil ushlab turish mumkin;
    * yuqori yonilg‘i tejamkorligini ta’minlaydi;
    * chiqindi gazlarni zararli ta’sirini kamaytiradi.
    Yonilg‘i uzatish tizimi. Yonilg‘ini bakdan purkash injektorlariga yetkazib berish va ishlash uchun zarur bo‘lgan bosimni hosil ilish va ushlab turish uchun xizmat qiladi (28-rasm).
    Yonilg‘i uzatish tizimi yonilg‘i nasosi, yonilg‘i filtri, yonilg‘I taqsimlash trubasi, bosim rostlagich, sovuq holda ishlaydigan va purkash injektorlaridan tashkil topgan (29-rasm). Yonilg‘i uzatish tizimidagi yonilg‘i taqsimlash trubasi quyidagi muhim vazifani bajaradi:
    - yonilg‘ini yig‘ish;
    - yonilg‘ini bir xil bosim ostida ushlab turish va silindrlarga uzatish;
    - yonilg‘i bosimi miqdorini tebranishini oldini olish;
    - injektorni sodda o‘rnatish.

    28-rasm. Injektorli dvigatel 29-rasm. Injektor.


    Purkash injektori (29-rasm). Purkash injektori yonilg‘i taqsimlash trubasiga har bir silindrning kiritish klapani yaqiniga yonilg‘ini bosim ostida purkab berish uchun xizmat qiladi. Elektromagnitli purkash injektorli elektr impulsi yordamida elektron boshqarish blokidan boshqariladi.







    Download 5,07 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   162




    Download 5,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chilangari kasbi bo’yicha

    Download 5,07 Mb.