|
Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
|
bet | 30/162 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 5,07 Mb. | | #274795 |
Bog'liq B C toifa tuzil OMT Elmuratov XGuruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
Guruhlar
|
1
|
2
|
3
|
Umumiy ball
|
Baho
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
2,2 – 3 ball – a’lo
1,2 – 2 ball – yaxshi
0,5 – 1,1 ball – qoniqarli
1-guruh Dvigatelning umumiy tuzilishi va asosiy ko’rsatkichlari
1-o’quv topshiriq:
2-guruh. Benzin va dizel yoqilg‘isida ishlaydigan dvigatellarning vazifasi.
3-guruh. Ularning tuzilishi va ishlash prinsipi
3 Mavzu. Dvigatelning umumiy tuzilishi va asosiy ko’rsatkichlari. Benzin va dizel yoqilg‘isida ishlaydigan dvigatellarning vazifasi, tuzilishi va ishlash prinsipi.
Reja:
1.Dvigatelning umumiy tuzilishi va asosiy ko’rsatkichlari.
2. Benzin va dizel yoqilg‘isida ishlaydigan dvigatellarning vazifasi.
3.Ularning tuzilishi va ishlash prinsipi
Zamonaviy avtotransport vositalarida asosan ichki yonuv dvigatellari keng tarqalgan. Konstruksiyasi bo‘yicha ichki yonuv dvigatellari porshenli va rotorlilarga bo‘linadi. Avtomobillarda asosan porshenli ichki yonuv dvigatellari qo‘llaniladi. Porshenli dvigatellarda yonilg‘ining yonishi natijasida gazning kengayishida hosil bo‘lgan bosimni porshen o‘ziga qabul qiladi va to‘g‘ri chiziqli ilgarilama-qaytma yo‘nalishi bilan tirsakli valni aylanma harakatga keltiradi. Ichki yonuv dvigatelining ishlashi uchun unga havo va yonilg‘idan iborat yonuvchi aralashma bilan ta’minlash lozim.
Ichki yonuv dvigateli issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi va transmissiya orqali harakatga keltirish uchun xizmat qiladi.
Ichki yonuv dvigatel (IYOD) mexanizm va tizimlar majmuasidan tashkil topgan. Bular quyidagilar:
Krivoship-shatun mexanizmi.
Gaz taqsimlash mexanizmi.
Sovutish tizimi.
Moylash tizimi.
Ta’minlash tizimi.
O’t oldirish tizimi.
Yengil avtomobillarga o‘rnatilgan porshenli ichki yonuv dvigatellar quyidagi belgilari bo‘yicha turlarga bo‘linadi:
a) Ishlatiladigan yonilg‘ining turiga qarab:
* benzin yonilg‘isida ishlaydidigan (injektorli va karburatorli);
* dizel yonilg‘isida ishlaydigan;
* gaz yonilg‘isida ishlaydigan (suyultirilgan-propan, siqilganmetan).
b) Ish siklining amalga oshishi bo‘yicha:
* ikki taktli;
* to‘rt taktli;
* olti taktli.
|
| |