CHilangarlik ish jihozlari




Download 2.69 Mb.
bet3/82
Sana05.09.2023
Hajmi2.69 Mb.
#80314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
chilangarlik
11-SINF Geometriya, Orzularim ko, 1 kurs Ishchi dastur so\'nggisi, Raqamli iqtisodiyotda mobil texnologiyalar Raqamli texnologiyala-fayllar.org (2), Документ Microsoft Word (5), o\'qitish materiali, 4 Ketma -ketliklar, daraxtlar, graflarni ifodalash usullari, кийим турлари, Transport vositalaridan foydalanish ko`rsatkichlari, 5 mavzu MS EXCEL ЖАДВАЛ МУХАРРИРИДА ИШЛАШ КУНИКМАЛАРИ(1), ABN 3-mus ish, biorganika mustaqil ish, To\'rayev H.T, Azizov I. Matematik mantiq va diskret matematika 1-jild (1), AT to\'plam
CHilangarlik ish jihozlari






1-rasm. Stol girasi

CHilangarlik dastgohi. Dastgohning sinchi chuyan yoki po’lat burchakliklardan yasaladi. Uning usti 50-60 mm li qattiq yog’ochdan tayyorlanib 1-2 mm qalinlikdagi po’lat tunuka bilan qoplanadi. Ostki qismidagi tortma xaladonlar asbob-uskuna va detallarni saqlashga mo’ljallangan. CHilangarlik dastgohlari bir va ko’p o’rinli qilib ishlab chiqariladi.
Bir o’rinliligi 1000-1200 mm x 700-800mm x 800-900 mm ko’p o’rinliligi esa ishchilar soniga
muvofiq, holda tayyorlanadi.



CHilangarlik girasi (qiskichi) ishlov beriladigan detalni kerakli holatda ushlab turuvchi qiskichli moslamadir Ishlatish xarakteriga muvofik, ularni stol va qo’l giralariga guruhlash mumkin. Stol girasi toblangan po’latdan tayyorlanib ikki qismdan, qo’zg’aluvchi (4) va qo’zg’almas (5) jag’lardan tuzilgan (1-rasm, a). qo’zg’almas qismining davomi stolga o’rnatish uchun teshikli moslamaga (7) ega. Vint (3)ni dastak (1) yordamida kerakli tomonga aylantirish bilan giraning jag’lari harakatga keltiriladi.
Buriluvchi parallel jag’li giralar 60° dan kam bo’lmagan burchakka burilishi mumkin (2-rasm).




2-rasm. Buriluvchi gira

Giraning qo’zg’almas jag’i tagidan to’rt burchakli teshik o’tgan bo’lib, o’nta qisuvchi vintning gaykasi (10) joylashtirilgan. Bu teshikdan qo’zg’aluvchi jag’ning asosini tashkil qiluvchi to’rt burchak shaklidagi kavak prizma (7) o’tgan. Qo’zg’aluvchi jag’ning korpus teshigidan o’tuvchi vint (11) to’xtatgich planka (6) bilan mahkamlangan. Dastak tutqichini (5) u yoki bu tomonga aylantirilishi natijasida vint (11) gaykaga
(10) buralib kirada. qo’zg’aluvchi jag’ va qo’zg’almas jag’ (9) ga yaqinlashib, ishlov
beriladigan detalni qisadi.

Qo’zg’almas jag’ giraning asosi bilan markaziy bolt vositasida birlashtirilgan bo’lib, u bolt atrofida har ikki tomonga 60° dan kam bo’lmagan holatda burila oladi.
Burilmaydigan parallel jag’li giralar dastgoh ustiga o’zining asosi (6) bilan o’rnatiladi. Uning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida buriluvchi giralardagi kabi jag’lariga plastinka

  1. o’rnatiladi.


3-rasm. Burilmaydigan gira

Bu giraning ishlash tartibi ham xuddi buriladigan giralar singari. Burilmaydigan jag’larning (4) o’lchami 80 va 140 mm,
jag’larining kerilishi 95 va 180 mm. Pnevmatik giralar jismoniy kuch ishlatmasdan detallarni ishonchli ravishda doimiy qisib turish imkonini beradi, uning qisa olish vaqti 2-3 soniya, kuchlanish esa
300 N. Pnevmatik giralar asosga boltalar
bilan biriktirilgan qo’zg’aluvchi qismdan iborat.




Download 2.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Download 2.69 Mb.