• Rejalash tsirkullari Prujinali
  • Elektr kerner
  • Chilangarlik ishi” O’quv amaliyoti Ma’ruzalar to’plami




    Download 2.69 Mb.
    bet8/82
    Sana05.09.2023
    Hajmi2.69 Mb.
    #80314
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82
    Bog'liq
    chilangarlik
    11-SINF Geometriya, Orzularim ko, 1 kurs Ishchi dastur so\'nggisi, Raqamli iqtisodiyotda mobil texnologiyalar Raqamli texnologiyala-fayllar.org (2), Документ Microsoft Word (5), o\'qitish materiali, 4 Ketma -ketliklar, daraxtlar, graflarni ifodalash usullari, кийим турлари, Transport vositalaridan foydalanish ko`rsatkichlari, 5 mavzu MS EXCEL ЖАДВАЛ МУХАРРИРИДА ИШЛАШ КУНИКМАЛАРИ(1), ABN 3-mus ish, biorganika mustaqil ish, To\'rayev H.T, Azizov I. Matematik mantiq va diskret matematika 1-jild (1), AT to\'plam
    Rejalash tsirkullari aylanalar, yoylar chizishda, kesmalarni qismlarga bo’lishda, o’lchamlarni ko’chirish va h.k. larda ishlatiladi. Oddiy, prujinali va almashtiriladigan oyoqli tsirkullar bo’ladi. Rejalashda 0,05 mm aniqlikdagi shtangen-tsirkullar keng ishlatiladi. Oddiy tsirkullar sharnir 2 bilan biriktirilgan ikki oyoq 1 dan iborat. Ularning biriga o’yiqli skoba 3 parchinlangan, ikkinchisidan vint 4 bor. Vint 4 ni burab, tsirkulь oyoqlarini zarur vaziyatga o’rnatish mumkin.




    Rejalash tsirkullari

    Prujinali tsirkullar. TSirkulning yuqori qismidagi yassi prujina 2 oyoqli 1 ni o’q 3 atrofida burishga va ularni kerishga intiladi, vint 5 va qirqma gayka 4 bo’nga qarshilik qiladi. Gaykani aylantirib, tsirkulni istalgan vaziyatga o’rnatish mumkin.
    TSirkullarning oyoqlari 45, 50 markali po’latdan yasaladi va toblanadi. TSirkulning asosiy o’lchami eng katta kerilgan oyoqlar o’rtasidagi masofa hisoblanadi. Oddiy tsirkullar 280, 350, 430
    va 500 mm, prujinali tsirkullar 50, 80, 120
    va 150 mm o’lchamli qilib ishlab chiqariladi.

    Kernerlar rejalash chiziqlarining o’rnini aniqroq belgilash uchun ishlatiladi. Buning uchun ular yordamida chuqurchalar-kernlar tushiriladi. Oddiy, mexaniq va elektr kernerlar ishlatiladi.
    Oddiy kerner (6-rasm, a) ish qismi, o’rta va zarb qismlardan iborat bo’ladi. Ish qismi konussimon qilib yasaladi. Rejalash chiziqlarini kernlash uchun ish qismi 600, teshiklarning markazini belgilab olish uchun 750 burchak ostida o’tkirlanadi. Bu chuqurroq chuqurchalar tushirishga imkon beradi. O’rta qism, ya’ni tsilindrik to’rsimon g’adir-budir qilib yasalgan. Kernerning zarb qismining uchi dumaloqlangan konusdan iborat SHunday tuzilganligi tufayli zarb hamma vaqt qurolning markaziga aniq tushadi. Kernerlar U7 va U8 markali uglerodli asbobsozlik po’latidan yasaladi. Zarb beradigan va ish qismi toblanadi.
    Kernlash uchun 100-200 g li bolg’a ishlatiladi.




    Kernerlar

    Kerner quyidagicha ishlatiladi. Uni chiziq ustida tik ushlab, kallagi bosiladi.
    Bunda korpus va yo’naltiruvchi vtulka pastga suriladi, prujina qisiladi, kerner yuqori uchi bilan polzunni bo’shatadi. Polzun prujina ta’sirida zarb beradi. Zarb kuchi gayka 2 bilan rostlanadi.
    Elektr kerner korpus 1, elektromagnik 4 va o’zak 3 dan iborat. Elektr toki o’tganda elektromagnit g’altagi o’zakni tortadi. O’zak pastga harakatlanib, kerner hisoblangan uchlik 5 ga zarb bilan uriladi. Kernlash paytida elektr kerner chiziq ustiga qo’yiladi va uning korpusiga bir oz bosiladi. Korpus surilib, elektr kontaktlarni tutashtiradi, elektromagnit zanjiri
    ulanadi va uchlikka zarb tushadi.
    Mexanik kerner korpus 4, uning ichidagi prujina 1, yassi prujina 5 li polzun 3, vtulka 6, prujina 7 li kerner 9 dan iborat. Prujina 7 yo’naltiruvchi vtulka 8 ichida harakat qiladi. Korpusga yuqoridan kallakli gayka 2 burab qo’yilgan.

    Zarb paytida magnitning elektr zanjiri uziladi va prujina 2 ta’sirida o’zak dastlabki vaziyatiga qaytadi.



    Download 2.69 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82




    Download 2.69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chilangarlik ishi” O’quv amaliyoti Ma’ruzalar to’plami

    Download 2.69 Mb.