II BOB.Pedagogik texnoloyigalar va ulardan foydalanish




Download 78.33 Kb.
bet4/5
Sana06.11.2023
Hajmi78.33 Kb.
#94780
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abduvaliyev Ruzamat
Foydalanuvchi interfeysi tahlili va loyihalashtirish Reja; Foyda, Анкета для физ лиц, Koronavirus infektsiyasi, 1 -Mavzu, FJSmtLWXw7D1NnQ7qxeV, Actual reading 1, @pdfustabot4, Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida AKT o‘rni va ahamiyati, Sharipova Sadoqat Anvar qizi, SHTA fanidan mustaqil ishi, Mustaqil ish, mUSTAQIL ISHGA BETLIK, Anketa - so\'rovnoma (@FaqatYetakchilar)
II BOB.Pedagogik texnoloyigalar va ulardan foydalanish
2.1.Interfaol metodlar
Milliy g‘oya va ma’naviyatga oid fanlarni o‘qitishda odatda an’anaviy va noan’anaviy ta’lim modellaridan keng foydalaniladi. An’anaviy dars - (“markazda o‘qituvchi bo‘lgan ta’lim modeli”,- deb ham atashadi) muayyan muddatga mo‘ljallangan,ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir. An’anaviy darsning asosiy maqsadi dars mavzusining asosiy mazmuni, tushuncha va faktlarni o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga yetkazish va tushuntirishdan iborat. Odatda, an’anaviy dars berishga passiv dars berish usuli sifatida qaraladi. Lekin darsda o‘quvchilarning faol yoki nofaolligi darsni qanday o‘tishga va uni rejalashtirishga bog‘liq. An’anaviy darsning samaradorligini oshirish uchun dars jarayonini oqilona tashkil qilish, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligini mutassil rag‘batlantirib turish, o‘quv materialining mazmunini ochishda baxs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, turlicha baholash usullari va vositalarini o‘z o‘rnida qo‘llash talab etiladi. “Ta’kidlash joizki, - deb yozadi – metodist olim B.To‘xliyev – interfaol usullarni an’anaviy ta’lim metodlariga mutlaqo qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Ular bir-birini inkon etadigan, biri boshqasiga halaqit beradigan emas, balki bir-birini to‘ldiradigan ta’lim usullaridir. O‘qitish jarayonida yo an’anaviy, yoxud interaktiv metoddan birini tanlash kerak qabilida yondashish ma’rifiy jaholatdan boshqa narsa emas. Ta’lim metodlari son-sanoqsiz va ularning har biri o‘zi qo‘llanilayotgan vaziyat uchun betakror ahamiyatga egadir” . An’anaviy ta’lim modelining afzalliklari: -Ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq, ma’lum tushunchalarni, fanni o‘rganishda foydali;
-O‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayoni muhiti yuqori darajada nazorat qilinadi; -Vaqtdan unumli foydalaniladi;
-Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi. An’anaviy ta’lim modelining kamchiliklari: - O‘quvchilar passiv ishtirokchi bo‘lib qoladilar;
- O‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi; - O‘quvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi; -
Eslab qolish darajasi hamma talabalarda bir xil bo‘lmaganligi sababli, guruh bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi mumkin;
- Mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.
Noan’anaviy ta’lim modelining afzalliklari: - O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi; - O‘z vaqtida qayta aloqalarning ta’minlanishi; - Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi; - Turli o‘qitish usullarining taklif etilishi; - Motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi; - O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi; - Muloqatga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi; - O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi; - O‘quvchilarning mavzu mazmuniga, o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabati; - O‘quvchining mustaqil fikrlay olishi; - Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi; - Muammolarni yechish ko‘nikmalarining shakllanishi. Noan’anaviy ta’lim modelining kamchiliklari: -Ko‘p vaqt talab etilishi; - Talabalarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi; - Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham o‘qituvchi rolining past bo‘lishi; - O‘qituvchining o‘zidan ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolarni yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishi. “Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va talabalar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”. Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to‘laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo‘lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi- yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, “ta’lim metodi” tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o‘zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar “ta’lim metodlari talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini taxminlovchi usullar majmuidir. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, uning yordamida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Interfaol ta`lim metodlari tushunchasi, bugungi kunda eng ko`p qo`llanilayotgan interfaol ta`lim metodlari. Talaba – yoshlarga milliy g’oya tushunchalari uning bosh va asosiy g’oyalari tushunchalarini singdirish borasida interfaol uslublarni qo’llashning bir qancha turlari mavjud. Bunday uslublardan foydalanish o’qituvchidan o’z ustida ijodiy ishlash, yangiliklardan doimiy xabardor bo’lish bilan birga talaba – yoshlar bilan yanada yaqinroq muloqotda bo’lish va talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish uchun xizmat qiladi. Shunday usullardan biri “klaster” usulidir. Bu usulning asosiy vazifasi talabalardan o’rganilayotgan pedagogik jarayonni, yangi mavzuni qismlarga ajratish orqali o’zlashtirishga yo’naltiradi. Mavzu bo`yicha fikr –mulohazalarni erkin bayon etish malakalarini oshirishga yordam beradi. Bu usulda biror – bir mavzu yoki matn tanlanib talaba - yoshlarning diqqatini aynan shu mavzuga qaratish yuzasidan markazga yoziladi. Talabalar mavzuga oid barcha fikrlarini markazining atrofiga joylashtiradi. Firlar bayon etilgandan keyin har bir fikr yoki so’zlarni toifalarga ajratib chiqadilar: Milliy istiqlol g’oyasi: bosh g’oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish; asosiy g’oyalari – vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo hamjihatlik, diniy bag’rikenglik. Amaliy mashg’ulot yoki seminar darsi davomida talabalarga topshiriq berish mumkin: milliy g’oyaning asosiy g’oyalariga doir fikrlaringizni aytib bering. Shunga doir xalq maqollarini keltiring va ma’nosini izohlang. Mavzu boyicha klaster usulidan foydalanish oxir – oqibatda yangi bilimlarni o’zlashtirish fikrlarning turli – tumanligini yaxlitlash asosida umumiy natija qo’lga kiritiladi. Klaster usulidan foydalanish uchun guruh talabalarini kichik ijodiy guruhlarga ajratib amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Har bir guruhda mavzuga oid darslik, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari, mavzuga oid tarqatma materiallar va manbalar bo’lishi mumkin. Klaster usulidan foydalanishda quyidagilarga e’tibor beriladi. 1) Kichik guruhlar soniga qarab chizma qog’ozlari doska taxtasiga osib qo`yiladi va milliy g’oya tushunchasi o’qituvchi tomonidan yoziladi. 2) Mavzuga oid fikrlar qog’ozga yoziladi. 3) Asosiy tushuncha va fikrlar o’rtasidagi bog’liqlik chizmada ko’rsatiladi. 4) Talabalarning fikrlari umumlashtiriladi va yakuniy xulosa chiqariladi. 5) Dars jarayonida o’qituvchi talabalarning faoliyatini nazorat qilib boradi, ularning mavzuga oid tushunchalarini baholaydi. Biz klaster usuli xususida to’xtaldik. Dars jarayonida interfaol usullarning “aqliy hujum”, “tanqidiy fikrlash”, “ajurli arra”, “menyular”, “debatlar”, “sinkveyn”, “insert”, “zig-zag”, “qarorlar shajarasi” kabi turlaridan va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish orqali samarali natijalarga erishiladi. Jamiyatni axborotlashtirishdagi eng muhim yo’nalishlardan biri ta’lim tizimini axborotlashtirishdir. Bu esa jamiyatni axborotlashtirish jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshishining asosiy shartidir. Ta’limni axborotlashtirish ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo’llash, uning faol metod va vositalaridan foydalanish, ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarini jadallashtirish, uning sifat va samaradorligini oshirish, yoshlarni axborotlashgan jamiyatning faol ishtirokchisi etib tarbiyalash masalalarini o’z ichiga qamrab oladi. O‘rganish metodlari bilim, malaka va ko‘nikmalarni ijodiy egallashga hamda metodik va g‘oyaviy - siyosiy e’tiqodlarni ishlab chiqishga qaratilgan talabalarning ilmiy bilish faoliyati usuli sifatida belgilanadi. O‘qitish metodi “o‘qitishning maqsadi – mazmuni, metodi, shakli, usullari” tizimida muhim o‘rin egallaydi. Metod deganda, ta’limda maqsadga erishish, masalalarni hal qilish yo‘llari, usullari tushuniladi. O‘qitish metodi tarkibida usullar alohida ajralib turadi. Usul metodning unsuri bo‘lib, uning tarkibiy qismi, metodni amalga oshirishda bir martagina qo‘llanadi va alohida qadam hisoblanadi. O‘qitish metodi – murakkab, ko‘p qirrali, ko‘p sifatlarga ea bo‘lgan ta’limdir.O‘qitish metodida o‘qitishning obektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari o‘z aksini topadi. Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga dialektik bog‘liq va biri boshqalarini taqozo qiladi, ya’ni o‘qitishning maqsadi, mazmuni, shakli hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga aks ta’sir ko‘rsatadi. O‘qitish metodlarining ko‘p o‘lchovliligi ularning ko‘plab tasnifini keltirib chiqaradi. O‘qitish metodlari tasnifi – muayyan belgilar asosida tartibga solingan tizimdir. Eng asoslangan o‘qitish metodlari tavsiflariga quyidagilar kiradi: 1. An’anaviy metod. Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: amaliy, ko‘rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash va video metodlar. 2. Maqsadiga ko‘ra metodlar tasnifi - bilimlarni egallash; - malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish; - bilimlarni qo‘llash; - ijodiy faoliyat; - mustahkamlash metodlari; bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish metodlari. 3. Idrok etish – bilish faoliyati xarakteriga ko‘ra metodlar tasnifi: tushuntirish – illyustrativ (axborot – retseptiv). Ularning xarakterli xususiyatlari; bilimlar “tayyor holda” tavsiya etiladi; bu bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (retsepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi; - reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli o‘zlashtiriladi; ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi hamda bilimlarning mustahkamligi tez – tez takrorlash yo‘li bilan ta’minlanadi. - muammoli bayon qilish metodi; - qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bo‘yicha mustaqil fikr yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi; - tadqiqiy metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti jarayonida bilim egallanadi . 4. Didaktik maqsadi bo‘yicha (T.I.Shukina, I.T. Ogorodnikov) qo‘yidagilar farqlanadi: - ilk bilimlarni o‘zlashtirish metodlari; - egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari. 5. Olinishi zarur bo‘lgan natijani oldindan taxmin qilish (maqsadni amalga oshirishga erishish); 6. Ta’lim jarayonining yaxlitligini ta’minlash; 7. Muntazam tahlil qilib borish; “Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish metodikasida o‘qitish va o‘rganish metodlari quyidagi guruhlardan iborat keng tarqalgan tasniflarga borib taqaladi. 1.Bilimlarni berish, idrok etish va o‘zlashtirish hamda e’tiqodni shakllantirishni ta’minlovchi metodlar. Metodlarning bu guruhiga ma’ruza, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo‘yicha ishlar, maslahatlar, ko‘rsatma berish, ommaviy axborot, programmalashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi. 2. Bilimlarni tadbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish hamda e’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy va laborotoriya mashg‘ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, o‘quv va pedagogik amaliyot kiradi. 3. Bilimlar, e’tiqodlarni shakllantirish va talabalarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash metodlari. Bu o‘quv jarayonining reyting baholari, suhbat o‘tkazish, kurs va diplom ishlari loyihalari hamda davlat attestatsiyasi natijalarini baholashdir. Didaktikaga oid adabiyotlarda o‘qitish metodlarining quyidagi bog‘liqliklari qayd qilinadi: - birinchidan, o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog‘liq; - ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning xarakteriga bog‘liq; - uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog‘liq; - to‘rtinchidan, o‘quv jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq; - beshinchidan, oliy o‘quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog‘liq; - oltinchidan, o‘quv jarayonining moddiy – texnik ta’minoti bilan bog‘liq; - yettinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o‘quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o‘qituvchining hozirgi zamon metodlari bo‘yicha bilimlariga bog‘liq. Shunday qilib, O‘zbekiston Respulikasidagi oliy ta’limni isloh qilishning dolzarb vazifasi talabalarning o‘quv – bilish faoliyatini jonlantirish, o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni tadbiq etishga xizmat qiladigan o‘qitishning shakl va metodlarini takomillashtirishdan iborat. O‘qituvchining pedagogik faoliyati tavsifida olimlar, odatda quyidagi komponentlarni farqlaydilar: - tashkilotchilik - ilmiy bilish; - kommunikativlik. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish yangi avlod ta’lim standartlarini joriy etishning zaruriy shartiga aylanib bormoqda. Davlatimiz ta’lim standartining asosini ta’lim muassasalari bitiruvchilarining malaka talablari kompitensiyalari belgilangan. Masalan, A1, A2, A2+; V1, V2, V2+ kompitensiya darajalari. Mazkur holatda fanni o‘zlashritishda qator yangicha yondashuvlardan foydalanish masalan, tabaqalashgan ta’lim yoki didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanishga talab ortadi. Didaktik o‘yinlar haqida quyidagi fikr diqqatga sazovor: “O‘qitishda didaktik o‘yinlar o‘quvchilarni bilimlarga qiziqtiruvchi, bilish doiralarini kengaytiruvchi, ularda hozirjavoblik xususiyatlarini tarbiyalovchi, o‘quvchilarni faollashtirish omillaridan hisoblanadi. Chunki, o‘quvchi faol fikr yuritadi, o‘zida ijodiy erkinlik sezadi” Didaktik o‘yinlarda foydalanishda quyidagi metodik talablarni e’tiborga olish talab qilinadi: 1.O‘yinlardan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Buning uchun o‘quvchilarni qiziqtiradigan va ularning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlarni tanlab olish zarur. 2.Darslar jarayonida o‘yinlarga (15-20) daqiqa vaqt, bo‘limlar bo‘yicha yirik mavzularni umulashtirish va takrorlashda esa butun bir darsni ajratish mumkin. 3.Har bir o‘yinni o‘tkazishdan avval unga puxra tayyorgarlik ko‘rilishi hamda dars materiallarining mazmuni bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi lozim [2] . Jahon pedagogik tajribalarni o‘rganib, taxlil qilib respublikamiz ta’lim tizimi va mentalitetimizga moslashtirib, dars jarayoniga tadbiq qilish natijasida o‘quvchilarni egallayotgan bilimlari ixtiyoriymajburiy tarzda o‘zlari qidirib topishiga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishga, hatto xulosani ham o‘zlari keltirib chiqishiga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta’lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari darslarida test metodini qo‘llashning mohiyati.
Test (ingl. – sinov) birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F. Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fanlari doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo‘nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta Amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan ishlab chiqildi. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi bilan matematik metodlar ham qo‘llanila boshlandi. Bunday metodlar o‘z navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.[3 ]XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o‘quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo‘nalish: aqliy (intelektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo‘llash hamda o‘quvchilarning o‘qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo‘ljallangan pedagogik testlarni yaratish va qo‘llash sohalari rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar turli odamlarda reaksiya vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy (intelektual) qobiliyatlarini o‘rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usulida amaliy ishlar olib borish lozimligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga olib keldi. Test sinovlarining asosiy maqsadi ham o‘tilgan darslarni o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risida, hamda navbatda o‘rganilishi lozim bo‘lgan dars hajmi to‘g‘risida o‘quvchiga axborot berish; o‘qituvchiga o‘qitish metodini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan. O‘quvchilarning bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni guruhlarga ajratishga o‘rganib ko‘rilgan. CH.Grin (1926) o‘zining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko‘rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni bergan: - test sinovlari uchun mo‘ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish; - mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo‘li bilan aniqlash; - o‘quvchilarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o‘rtacha tezligi to‘g‘risidagi amaliy ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash; - test sinovlaridagi fikrlarni bayon qilinish tilining to‘g‘riligini va mantiqan muvofiqligini tekshirish; - topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo‘l qo‘ymaslik. Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishda muhim vositalardan bo‘lgan test nazoratining ijobiy jihatlari: 1. Savodli tuzilgan test obektiv pedagogik o‘lchash vositasi bo‘lib, uning natijasi imtihon oluvchi o‘qituvchiga bog‘liq emas. 2. Pedagogik test o‘quv materialining dasturiy mazmunini to‘liq qamrab olishi mumkin. 3.Test nazoratida texnikani qo‘llash oson, bu ma’lum bir materialni yoki butun bir fanni, nisbatan oz vaqt, kam kuch sarflab, ommaviy nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Bu uning muhim ustunliklaridan biridir. Test usuli ham ayrim nuqsonlardan xoli emas. Masalan, test o‘quvchining mustaqil fikrlash qobiliyatini qoliplaydi, ya’ni cheklaydi; o‘quvchi o‘zining ruhiy kechinmalarini namoyon qila olmaydi; o‘quvchining boshqa shaxsiy sifatlarini baholab bo‘lmaydi. Shunga qaramay, pedagogik testlarning ijobiy imkoniyatlari juda katta. Testdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘qish va o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi, o‘quvchining bilish faolligini oshiradi. Test topshiriqlariga qo‘yiladigan didaktik talablar mavjud. Tuzilgan test topshiriqlarini hammasini ham birdek ishonchli deb bo‘lmaydi. Test savollari mukammal bo‘lishi uchun ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya qilishi zarur. Bular quyidagilardan iborat: test topshiriqlari mazmunining o‘quv materialining maqsadga muvofiqlari; material ahamiyatliligi; ilmiy aniqlik; izchillik; to‘kislik va uyg‘unlik; o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra tabaqalashtirish; samaradorlik; til ravonligi va aniqligi; bir ma’nolilik; qat’iy belgilangan vaqt; ixchamlik; murakkablik meyori; to‘g‘ri javobda qo‘shimcha belgilarining mavjud emasligi; shaklan va mazmunan o‘zaro bog‘liqlik.



Download 78.33 Kb.
1   2   3   4   5




Download 78.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB.Pedagogik texnoloyigalar va ulardan foydalanish

Download 78.33 Kb.