• Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • Innovatsion ta’lim texnologiyalaridan dars jarayonida to’g’ri foydalanish




    Download 78.33 Kb.
    bet5/5
    Sana06.11.2023
    Hajmi78.33 Kb.
    #94780
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Abduvaliyev Ruzamat
    Foydalanuvchi interfeysi tahlili va loyihalashtirish Reja; Foyda, Анкета для физ лиц, Koronavirus infektsiyasi, 1 -Mavzu, FJSmtLWXw7D1NnQ7qxeV, Actual reading 1, @pdfustabot4, Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida AKT o‘rni va ahamiyati, Sharipova Sadoqat Anvar qizi, SHTA fanidan mustaqil ishi, Mustaqil ish, mUSTAQIL ISHGA BETLIK, Anketa - so\'rovnoma (@FaqatYetakchilar)
    2.2.Innovatsion ta’lim texnologiyalaridan dars jarayonida to’g’ri foydalanish
    Milliy g‘oya ta`limini olib borishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga quyidagi talablar qo‘yiladi:
    1. Har bir guruhda o‘quvchi-talabalarga milliy g‘oyani singdirishning mazmun va mohiyatini, yosh va intellektual xususiyatlarini hisobga olib yondashish.
    2. O‘quvchi-talabalarga ezgulik bilan ijtimoiy faollikni uzviy ravishda mujassamlashtirilgan holda singdirish.
    3. Milliy g‘oyani singdirishning yo‘nalishlari va bosqichlarini belgilash.
    4. Milliy g‘oyani singdirishning metod va shakllari hamda vositalar mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.
    5. O‘quvchi-talabalarning ongi va shuuriga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda ijtimoiy tarbiyaning barcha omillari hamkorligidagi ishlarni amalga oshirish.
    6. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda milliy g‘oyani singdirishga doir ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda eng maqbul amaliy usullarni qo‘llash.
    7. O‘quvchi-talabalarning ma’naviy-axloqiy sifatlari hamda dunyoqarashini boyitib borish bilan birga milliy mafkuraning mohiyati, ijtimoiy taraqqiyot va shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni, ahamiyati, milliy g‘oyani o‘rganish zaruratini doimiy ravishda, maqsadga muvofiq yoritib borish.
    8. Milliy g‘oya asosida talaba-o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishni aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat negizida tashkil etish.
    9. Fanni o‘qitish va tarbiyaviy ishlarning uzviyligi-uzluksizligini ta’minlash.
    10. O‘qitish jarayonida berilayotgan bilimlar va keltirilayotgan faktlarning aniqligiga rioya qilish.
    11. Nazariy bilimlar va hayotiy misollarning o‘zaro mosligi, ularning bir-birini to‘ldirishiga e’tibor berish.
    12. Fanlararo aloqa tamoyiliga rioya qilish, tushunchalarni sodda, aniq berish, ularni o‘rganuvchilarning yoshi, dunyoqarashi, ruhiyatiga mosligini ta’minlash.
    13. O‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarning bir-biriga mos bo‘lishini ta’minlash.
    14. Dasturda belgilangan mavzular va ularga ajratilgan soatlarning o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarga mos kelishi hamda to‘la yoritilishini ta’minlash.
    15. O‘qituvchining dasturda belgilangan mavzular bo‘yicha qo‘shimcha ilmiy-metodik materiallarga ega bo‘lishi, o‘z ustida muntazam ishlashini ta’minlash.
    16. Dastur vazifalarini to‘liq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan metodik tavsiya, amaliy mashg‘ulotlar, referatlar, mustaqil ishlar uchun mavzular, savollar, tayanch iboralar lug‘ati, qo‘shimcha adabiyotlar va yordamchi manbalarni takomillashtirish. Milliy g‘oya ta`limini olib borishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda quyidagilar metodologik asosi bo‘lib xizmat qilishi lozim:
    1. Milliy g‘oyani singdirish jarayonida tarixiy boy ma’naviy merosimizga doir bilimlar berishga e’tibor qaratish.
    2. Xalq pedagogikasi va buyuk allomalarimizning falsafiy qarashlari va mulohazalarini o‘rganish.
    3. Mustaqillikka erishgandan keyingi o‘tgan davr mobaynida barcha sohalarda (ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy) amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar haqida tushunchalar berish. Talaba-o‘quvchilar qalbiga milliy g‘oyani singdirishda pedagogik hamkorlik texnologiyalarini yaratish zarur.
    Bunda birgalikdagi harakat, tarqatma material, mustaqil ish, trening, o‘yinlar, ssenariy, ishontirish va h.k.larni amalga oshirish tavsiya etiladi.
    Yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda tarbiya ta’sirchanligini oshirish yo‘llari va vositalarini qo‘llash samara beradi. Maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda mafkuraviy tarbiya izchilligini ta’minlash zarur. Mafkuraviy tarbiya yoshlar tarbiyasida ulug‘vor maqsad va vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi. Shuning uchun bu sohadagi mas’ul xodimlar o‘quvchi-talabalarni mafkuraviy tarbiyalash mazmuni va o‘ziga xos jihatlari, mafkuraviy tarbiyaning uslub va vositalari, mafkuraviy tarbiyaning milliy va xorijiy tajribalari haqida tushunchalarga ega bo‘lishlari lozim. Professor-o‘qituvchilar ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish yo‘llari, talaba-o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda milliy g‘oyani singdirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi talab etiladi. Milliy g‘oyaning yoshlar ongiga singdirishda, ularning ishonch va e’tiqodiga aylantirishga yangicha uslub, yondashuv va texnologiyalarni qo‘llash muhim. Milliy g‘oyaning yoshlar ongiga singdirishda erkin mavzular tanlash va taqdimotini o‘tkazishga e’tibor qaratish lozim. Milliy g‘oyani targ‘ib etishda roliklar, videokliplar, ijtimoiy reklamalar, “Virtual sayohatlar”, “multimediya” dasturlaridan foydalanish lozim. Mamlakatimizning boy tarixiy-ma’naviy merosidan, tarixiy obidalari, muzeylardan foydalanishga ham e’tibor qaratish kerak. Fidoyi insonlar hayoti, dunyoning axborot maydonida bo‘layotgan o‘zgarishlar, OAV, internet ma’lumotlari haqida to‘g‘ri tushunchalar shakllantirilishi talablarda to‘g‘ri xulosalar chiqara olish ko‘nikmalarini shakllantirishga zamin yaratib beradi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda o‘quvchi-talabalarda mustaqil fikrlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bahs, munozaralarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq. Mavzularni iloji boricha hayot bilan bog‘lab tashkil qilish yaxshi samara beradi.
    Yoshlarni milliy g‘oya va mafkura ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda Konstitusiya va qonunlar targ‘ibotini amalga oshirish usullaridan keng foydalanish zarur. Respublikamizda bevosita fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qonunlar qabul qilingan. Ammo mazkur qonunlarni yoshlar tomonidan anglash va hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalari hozircha ko‘ngildagidek emas. Bu esa, yoshlarning qonunlar to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarini izchil rivojlantirishni talab etadi. Fuqarolik jamiyati asoslarining pirovard maqsadi – inson hayotini muayyan ma’naviy maromlarda muvofiqlashtirish, har bir shaxsning insoniy potensialini yuzaga chiqazishdan iboratdir. Zero, inson omilini faollashtirishda kishilarning huquqiy madaniyatning roli kattadir. YA’ni, huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan jamiyat mustahkam bo‘ladi va millat birligi kuchayadi. Har qanday jaholatdan insonni ma’rifat qutqaradi. Shuni hisobga olib, yoshlarga “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili mohiyatini tushuntira borish lozim. Yoshlarga ma’naviy-ma’rifiy ishlarda diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari to‘g‘risida tushunchalar berib borish zarur. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini tushuntirish va diniy-ma’rifiy targ‘ibot ishlariga murabbiylarni keng jalb etish lozim. Bunda yoshlar tarbiyasiga ta’sir etayotgan ijobiy (oliy ta’lim mazmuni, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, OAV, oila, davlat va jamoatchilik tashkilotlari, san’at, madaniyat va h.k.) va ayrim salbiy (diniy ekstremizm, terrorizm mafkurasi, missionerlik, prozeletizm, loqaydlik, befarqlik, tarbiyaviy ishlarda uchrayotgan kamchiliklar va h.k.) omillar ochib berilishi, ulardan ogohlantirish zarur. Ijobiy omillar samaradorligini oshirish, faoliyatini muvofiqlashtirish, salbiy omillar ta’sirini bartaraf etishning yo‘nalishlari, metod va vositalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda samarali foydalanish lozim. Yoshlarni ogohlik, hushyorlik va g‘oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalash, axloqsizlik g‘oyasini yoyib, xalqni ma’naviy jihatdan buzishga intilayotgan qora kuchlarga qarshi kurashda yoshlar faolligini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan diniy-ma’rifiy tadbirlarga diniy idoralar vakillarini jalb etish muhim ahamiyatga ega. Chunki, yoshlarni begona mafkura: diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi tazyiqlaridan himoya qilishda dinshunos olimlar va din ulamolari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish samarali usul hisoblanadi. Diniy ekstremizm tahdididan yoshlarni himoya qilishda professor-o‘qituvchi, tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifalari borki, ular bevosita yoshlarni bu yovuz kuchlarning g‘oyalariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga e’tibor qaratib borishlari talab etiladi. Chunki bugungi kunda din niqobi ostidagi har qanday ekstremistik ko‘rinishlarga qarshi kurashmog‘imiz dolzarb masaladir. Masalan, umumlashgan tushunchada “terror” degani u yoki bu ko‘rinishda siyosiy maqsadlarga erishish uchun kurash vositasi bo‘lib, unda hech bir gunohsiz kishilar terrorning nishoni bo‘lishadi. Demak, terror begunoh odamlarga qarshi zo‘ravonlikni anglatadi, uni ma’naviy jihatdan hech qachon oqlab bo‘lmaydi. Bunga 2005 yil Andijon shahrida ro‘y bergan voqealar yaqqol misoldir. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijalarini sarhisob qilish, erishilgnan yutuqlarni va kamchiliklarni aniqlab, tahlil qilib borish lozim. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimli rejalashtirilib amalga oshirilsa va baholansa, istiqboldagi vazifalarni aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarda axborot xavfsizligini ta’minlovchi omillarga quyidagilar kiradi: • Ta’lim va tarbiyaning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi; • Mehnat bozorini kadrlar bilan ta’minlashdagi davlat siyosati; • Davlat boshqaruvida yoshlar ishtirokini keng ta’minlanishi; • Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati yoshlar muammosini bartaraf etishga qaratilganligini kiritish mumkin. Yoshlarga oid muammolarni bosqichma-bosqich hal etilishi, mehnatni taqsimlash mahsulot ishlab chiqarish, mehnat bozorini yengillashtirish muammolarini birin-ketin bartaraf etish natijasida yoshlarning siyosiy va ijtimoiy faolligi oshmoqda. Globallashuv sharoitida axborot xurujiga qarshi kurashishda, uni bartaraf etishda ta’lim-tarbiya jarayonining omil sifatida o‘rni beqiyos bo‘lib, asosiy vositalardan biri sifatida namoyon bo‘ladi: - yoshlarning onggi, tafakkuri, dunyoqarashi shakllanadi hamda shaxsi voyaga yetkaziladi; - yoshlarga Vatan tuyg‘usi, mehr-oqibat, tarixiy xotira, ma’naviyat va ma’rifat singdiriladi; - yoshlarda xavf-xatarga qarshi kurashish sezgilari va ko‘nikmalari shakllantiriladi. Istiqlolning saqlovchilari deb baholanayotgan yosh avlodning tarbiyasi, ularning ma’naviy salohiyatini yanada oshirish bugun davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Zamonaviy bilimlar bilan bir qatorda, mustaqilligimizning asrovchi ma’naviy dastur vazifasini bajaruvchi milliy g‘oyani avvalo bilish, uning targ‘ibotida barchaning ma’sulligini ta’minlash-davrning ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston deb atalgan davlatning manfaatlarini o‘zida mujassam etgan milliy g‘oyani ta’sir doirasini aynan yoshlar orasida oshirishning asosiy omillaridan biri bugun “sovuq urush”lar ta’siri kamayishi bilan paydo bo‘layotgan “mafkura poligon”laridan himoyalanish orqali millat hamjihatligiga va taraqqiyotiga erishish bilan bog‘liqdir. Bunday kurash maydonida “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”.
    O‘qitish vositalari bu moddiy olam, tevarak-atrof va tabiiy ob`yektlar, shuningdek, inson tomonidan o‘quv – tarbiyaviy jarayonda axborot olish, pedagog va o‘qituvchilar faoliyatida o‘z oldiga qo‘ygan va o‘qitish, tarbiyalash va rivojlanish uchun qo‘llaniladigan qurol sifatida yaratilgan sun’iy ob`yektlar hisoblanadi. O‘qitish vositalari, shu bilan birga, ularning mazmun, uslub va tashkiliy shakllari loyihalashtirilgan o‘quv – tarbiyaviy jarayonning tarkibiy bo‘limlaridan biridir. Mazkur holat har bir o‘quv – tarbiya muassasasining eng muhim tarkibiy xususiyatidir. Milliy g‘oya ta’limi jarayonida qo‘llaniladigan turli – xil moddiy o‘qitish vositalari hozirgi paytda joriy qilingan tizimlarning harakatlanishi, qayta qurilishi va bir-biri bilan bog‘liqligini nazarda tutgan holda boshqa tarkibiy qismlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, yangi axborot texnologiya vositalarining yetarli darajada keng qo‘llanilishi malum jarayonni loyihalashtiradi, tadqiqot olib borishda an’anaviy dars bilan chegaralanib qolmasdan, ta’lim oluvchilarning turli mustaqil faoliyatini (yakka tartibda yoki guruh bo‘lib) nazarda tutgan uslublarni o‘qitish mazmuni va maqsadi u yoki bu o‘zgartirishlarni inobatga olib kiritish samarali natijalar beradi. Aynan yangi vositalar va texnikaviy yutuqlarning paydo bo‘lishi o‘quv dasturlariga ta’lim oluvchilar ongiga oldin yetib borishi qiyin bo‘lgan mavzularni kiritish imkoniyatini yaratadi. O‘qitish vositalarini quyidagicha tasniflash mumkin:
    1.Natural (tabiiy) ob`yektlar. Tabiiy ob`yektlar sirasiga jonli va jonsiz tabiat ob`yektlari kiradi, ta’lim oluvchilar ular bilan mashg‘ulotlarda tarqatma yoki nomoyish qilinadigan materiallar shaklida tanishadilar. Ko‘rgazmalilik – tabiiy ob`yektlarni tanlab olish yoki tabiiy ob`yektlarni o‘z ichiga tarkibiy qism qilib kiritgan turli qo‘llanmalarni loyihalashga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri. Shu maqsadda o‘rganilayotgan tushunchalarning mazmunini ochib berish uchun kerak bo‘lgan ayrim tipik belgilarni aniq ifodalashga yordam beradigan ob`yektlar ajratib olinadi. Natural ob`yektlarning qo‘lyozmaligini kuchaytirish uchun turli kodlash usullari qo‘llaniladi: rangli, raqamli, harfli. Tabiiy ob`yektlarni o‘qitish jarayonida ular bilan ishlash uslublaridan asosiylari kuzatish va tajriba o‘tkazish hisoblanadi. Ko‘rgazmali qo‘llanmalar sifatida ishlatiladigan tabiiy ob`yektlar avvalo uning jihoz va moslamalariga maxsus ishlov berish zarur: ularni kesish, ayrim belgilarga maxsus rang berish qopqoqlarning qobig‘ida ko‘rish tuynuklarini ochish, ichki bo‘shliqlarni yoritish, lampa signal beruvchi o‘rnatish va xakazo.
    2. O‘quv modellari, mulyajlar, maketlar. Modellar tabiiy obektlarning sun’iy ko‘rinishi bo‘lib, ularning muhim sifatlari, aloqalari va munosabatlarini qayta takrorlaydigan o‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalar hisoblanadi. Orginal ob`yekt (mikro va makro obektlar) xususiyatlarini ko‘rsatishda shartlilik (ramziylik)ka amal qilinadi, razmerni kattalashtirish yoki kengaytirish orqali obekt qurilmasi sxema tarzida aks ettiriladi. Modellarning eng keng tarqalgan tipik turlari bu moddiy (predmet) modellardir. Modellar o‘z hajmiga ega yoki tekis modellarga bo‘linadi. Ularning oralig‘ida relef jadvallar joylashgan. hajmga ega modellar tarkibiy qismlarga bo‘linishi mumkin (rezets, mufta va o‘zagi (atom yig‘indisi bilan)), qismlarga bo‘linmaydigan, qimirlamaydigan, (belgilash komplekti) va harakatlanuvchi (ichki yonish dvigateli, nasos) bo‘ladilar. hajmga ega bo‘lgan modellar sirasiga mulyaj va maketlar kiradi. Ular ham umuta’lim ham texnika fanlarini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladi. Mulyaj (maket)lar deya biz shunday obektlarni aytamizki, ular moddiy obektlarga aynan o‘xshatib yaratilgan qo‘llanmalardir. Mulyaj va maketlar atrof-muhit hodisalari predmetlarning tashqi belgi va xususiyatlarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Modellar o‘rganilayotgan obektlarning ichki qurilmasi va harakatlanish tamoyili, mashina va mexanizmlarning kinematikasini o‘rganilayotgan vaziyatlarda boshqa aloqalar va munosabatlar mazmunining ham o‘rganilishiga imkoniyat beradi. Ta’lim oluvchilarga taqdim etiladigan model va mulyaj (maketlar)lar ham xuddi tabiiy ob`yektlar singari demokratsion va tarqatma qo‘llanmalarga bo‘linadi.
    3. Turli xil modellarni loyihalashtirishda bu turdagi o‘qitish vositalarining funksiya va didaktik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda umumiy pedagogik talablarni ilgari surish mumkin, ya’ni, axborotlashgan, o‘quv jadvalini faoliyatning aniq usullariga adekvantlik (o‘rganish, qabul qilish plakat, sxema, diagramma, grafik va boshqalar) aniq bir tushuncha, ko‘nikma va bilimlarni shakllantirishda qo‘llaniladigan tekis moddiy o‘qitish vositasidir. O‘quv jadvali aniq va ko‘rgazmali holda o‘rganilayotgan ob`yekt haqida ilmiy axborot beradi. 1. Jadvallar turli xil bo‘ladi. Kompozitsion – rasm va fotosuratlar; Grafikli: (chizma, diagramma, sxema va boshqalar);
    Belgili – ramziy formula, harf va so‘zlar bilan ifodalanuvchi. So‘nggi paytda elektrlashgan jadvallar keng qo‘llanilmoqda, ya’ni, stendlar, xavfsizlik oid texnikalar. O‘qitish vositalari orasida oxirgi paytda eng ko‘p qo‘llanilayotgan vositalar – bu plakatlardir. Plakatlar - quyidagi talablarga javob berishi shart. − plakatning mazmuni o‘rganilayotgan mavzuga oid bo‘lishi;
    − plakatda ifoda etilgan chizma yetarli darajada katta va uzoqdan ham ko‘ra olish imkonini berishi kerak; − plakatdagi ob`yektlar tabiiy holatlarida ko‘rsatishi shart;
    − plakatda tasvirlangan chizmalarning qismlari masshtab mutanosibligi asosida berilishi kerak;
    − eng e’tiborga loyiq qismlar alohida (boshqa) rang bilan ajratib ko‘rsatilishi lozim.
    5. Ekran va ekran – tovushlik o‘qitish vositalari. Hozirgi zamonda juda keng tarqalgan o‘qitish vositalaridandir. Bu o‘qitish vositalariga qo‘yilgan talablar eng avvalo ularning mavzuga oid, ikkinchidan, sifatli bo‘lishidir. Diopozitiv (slayd) – bu harakatlanmaydigan o‘qitish ekran vositasi. Diopozitiv aks etgan chizma va rasmlar odatda plakatdagidan yaxshi qabul qilinadi. Diopozitiv – bu juda qulay o‘qitish vositasi, chunki o‘qituvchi yordamida materialning qismini, yoki bir kadrni alohida ko‘rsatish mumkin. Har bir kadr to‘liq bir informatsiyaga ega. Diofilm ham harakatlanmaydigan ekran vositasidir. Bu qo‘llanmalarning uslubiy g‘oyasi mualliflarning kadrlar ketma-ketligini taminlanishiga e’tibor berishlaridir. Kadrlarning ketma-ketligi o‘zgarsa informatsiyaning qabul qilinishida mazmun buzilishi ro‘y beradi. Diafilmlarni qo‘llashdagi qiyinchilik – ulardagi axborotning ko‘pligi va ularning qabul qilib olish uchun vaqtning yetmasligidir. Bu qiyinchilik darsda diofilmlarning ayrim fragmentlarini (bo‘laklarini) ko‘rsatish orqali yengillashtiriladi.
    6. Transporantlar – bu ham harakatlanmaydigan ekran qo‘llanmasi. Transporantlarning grafproyektor yordamida ko‘rsatilishi va xonani qorong‘ilatish shart emasligi bu o‘qitish vositasining muhim jihatidir. Transporantlar xonadagi doskani ham o‘rnini bosadigan vositadir. O‘qituvchi ta’lim oluvchilarga yuzlangan holda, o‘tilayotgan mavzu yoki chizmalarni ekranga proeksiya qilish orqali tushuntirishi mumkin. Bu orada o‘qituvchi chizmalar mazmuniga kerakli o‘zgartirish yoki to‘ldirishlar kiritish mumkin. Bundan tashqari transporantlarda informatsiyani taqdim etishda bir kadrning o‘rniga ikkinchisiga qo‘yish juda qulaydir. Transparantlar odatda 6-8 kadrdan iborat seriyalardan iborat bo‘lib, u o‘qituvchi tomonidan ham yasalishi mumkin.
    7. O‘quv kinofilmlari yaqindagina eng samarali o‘qitish vositasi deb etirof etilgandi. Uning ko‘rgazmaliligi quyidagi juda boy didaktik imkoniyatlaridan kelib chiqadi; katta hajmli informatsiyaning ixchamlantirilishi, fan va texnika tarixiga sayohat qilish, jarayonni tezlanish yoki sekinlashtirish, nihoyat, uni to‘xtatish, lirivintikatsiya yoki modellashtirish, zavoddagi moslama va apparatlarining ichki tuzilishini kuzatish. Yangi texnologiyani boshqarish bilan tanishtirish, fan arboblari faoliyati haqida ma’lumot berish ilmiy – tekshirish laboratoriyasiga «kirish», turli vazifalarni qo‘yish, ularni ijobiy hal etish, hamda qiyoslash o‘quv filmlari yordamida amalga oshar edi. So‘nggi yillarda o‘quv filmlari ishlab chiqarilmay qo‘ydi. Ularni o‘rnini o‘quv video yozuvi, informatsiyani aks ettiruvchi ekran – tovushli vositalari kino, radio, televideniya, videofilm va diopozitivlarni egalladi. Video yozuvni qancha lozim bo‘lsa, shuncha marta takrorlash mumkin, vaqt ko‘rsatkichi asosida kerakli informatsiyani yozish mumkin. Videokamera yordamida yozib olish juda katta imkoniyatni ochib beradi. O‘quv materialini mustaqil o‘rganishda o‘quv yozuvlari katta ahamiyatga ega. O‘quv asboblari, moslamalari, laboratoriya asoslari tizimning o‘ta ahamiyatli bo‘lgan qismini tashkil qiladi. Eng, avvalo, u yoki bu asbob nima uchun xizmat qilishini aniqlaylik.
    8. Trenajerlar – texnika vositalarining alohida guruhiga kiradi. Trenajerlar mehnat ishlab chiqarish sharoitlarini imitatsiya (o‘xshatish) qiladi. Trenajyorlar uch guruhga bo‘linadi:
    − Avtomobil va ximiyaviy ishlab chiqarish texnologiyasini trenajerlari (modellashtirish yordamida o‘rganiladi).
    − Aniq bir intelektual faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan trenajerlar. Masalan: trenajer imitatorlar, stanoklarni naladka qilish imkonini beruvchi trenajerlar.
    − Biror bir xarakatlanish ko‘nikmasini hosil qilish uchun trenajerlarning alohida turi qo‘llaniladi. Masalan: metalni arralash, detallarning figurali qilib yasalishi uchun xizmat qiluvchi trenajerlar.

    Xulosa
    Ta’lim tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari sifatida onlayn ta’lim olish, masofadan turib malaka oshirish, ijtimoiy tarmoqlar, elektron ta’lim platformalari kurslarida o‘qish kabilarni aytish mumkin. Ushbu usullarda ta’lim olish an’anaviy usulda ta’lim olishdan arzon va qulayligi bilan ajralib turadi. Bunda katta yoshli ta’lim oluvchi ish faoliyatidan ajralmagan holda malakasini oshirishi, qo‘shimcha kurslarda qatnashishishi, qayta tayyorlov kurslarida o‘qishi mumkin. Ta’limning bu turi masofa, mintaqa, o‘quvchilar yosh chegarasi, ijtimoiy mavqeyini tanlamaydi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar, olis hududlarda va nochor oilalarda yashovchi shaxslar ham ta’lim olish imkoniga ega bo‘lishadi. Ta’lim oluvchi o‘qish muddatini o‘zi belgilaydi, lekin platformada topshiriqlar uchun belgilangan muddatlarga amal qiladi.
    Onlayn ta’lim olishning eng yaxshi tomoni ta’lim oluvchi qandaydir sabab bilan darsda ishtirok eta olmasa yoki yaxshi tushunmasa, mavzuga oid video, taqdimot ko‘rinishidagi ma’lumotni qayta-qayta ko‘rib, o‘rganib chiqishi mumkin.
    Ta’lim jarayonida turli xildagi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish darsni sifatli,qiziqarli va samarador bo’lishiga, o’quvchi,talabalarning mashg’ulot yoki dars mavzusi bo’yicha egallashi mumkin bo’lgan bilim,ko’nikma,malakalarini boyitishga,ularni tez va oson egallashiga yordam beradi.


    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati :
    1)To’xliyev B Adabiyot o’qitish metodikasi-T,2011 yil 120-bet
    2)Omarova G.S, “O’rta maxsus ta’lim tizimida huquqshunoslik fanini o’qitishda yangicha yodashuv “ Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi 2021 5-son -536-bet
    3)Qoraboyeva Z T,Pedagogik teknologiyalar ,Ma’ruzalar matni .2006 yil
    4)www.lex.uz
    5)internet manbalari


    Download 78.33 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 78.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsion ta’lim texnologiyalaridan dars jarayonida to’g’ri foydalanish

    Download 78.33 Kb.