• KURS ISHI Ilmiy rahbar___________________ Chirchiq-2023
  • II BOB.Pedagogik va axborot texnologiyalari
  • KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
  • Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti




    Download 97.19 Kb.
    bet1/8
    Sana06.11.2023
    Hajmi97.19 Kb.
    #94764
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Sharipova Sadoqat Anvar qizi
    Foydalanuvchi interfeysi tahlili va loyihalashtirish Reja; Foyda, Анкета для физ лиц, Koronavirus infektsiyasi, 1 -Mavzu, FJSmtLWXw7D1NnQ7qxeV, Actual reading 1, @pdfustabot4, Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida AKT o‘rni va ahamiyati, Abduvaliyev Ruzamat, SHTA fanidan mustaqil ishi, Mustaqil ish, mUSTAQIL ISHGA BETLIK, Anketa - so\'rovnoma (@FaqatYetakchilar)



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    GUMANITAR FANLAR FAKULTETI

    Milliy g’oya,ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi, Milliy g’oya,ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi


    19/1 guruh talabasi Sharipova Sadoqat Anvar qizining
    “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari darslarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish “
    mavzusidagi

    KURS ISHI

    Ilmiy rahbar___________________


    Chirchiq-2023
    MUNDARIJA :
    Kirish……………………………………………………………………………….3
    I BOB.Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari fanlari o’qitilishi
    1.1.Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari fanlarining ta’lim muassasalarida joriy qilinishi …………………………………………………………………………….6
    1.2.Fanni o’qitish maqsad va vazifalari………………………………………....10
    II BOB.Pedagogik va axborot texnologiyalari
    2.1.Ta’lim texnoloyiyalari tushunchasi …………………………………….……16
    2.2.O’quv jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish ….31
    Xulosa va tavsiyalar………………………………………………...…………….36
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………………….…….37


    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. O‘qituvchining pedagogik mahoratida uning nutqi, notiqlik qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ushbu muammoga mustaqillikdan keyingi yillarda jiddiy e’tibor qaratildi. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, avvalo, milliy istiqlol mafkurasi muhim ahamiyatga ega. Mafkuramizning yuksak ustunlaridan biri — millat tilidir. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari.“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda barkamol avlod tarbiyasida o‘z ona tiliga nisbatan mehr—muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish e’tirof etilgan. Yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasidao‘qituvchining nutqi, uning notiqlik san’ati alohida e’tibor kasb etadi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo'lishi kerak? Mustaqillikdan keyin ushbu muammo ko‘plab olimlarning, ziyoli ahlining, hatto ota-onalarning diqqat-e’tiborida bo‘ldi. O'qituvchilar uchun zamonaviy, hozirgi kun talablariga javob bera oladigan metodik va o ‘quv qo'llanmalari, darsliklar yaratila boshlandi. Lekin bu muammo bo'yicha izlanishlar, ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Hozirgi kundagi global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o’qituvchisidan pedagogik mahoratni, o'tkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o'z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali bolishni talab qiladi.
    Ta’lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilar o'qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Zero, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g'oyala animaliyotga tadbiq etish, mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta ’minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchi va tarbiyachilaming m a’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ko'p jihatdan bog'liq.
    Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi, mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga egaekanligini anglatadi. Ushbu tajribalar o‘qitish shakllarida foydalaniladigan o'qitish qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qo'llashda, ilmiy bilishga doir g‘oyalar, nazariyalar, qonuniyatlami amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qadimdan buyuk allomalar vatani bo'lib kelgan O'zbekistonda yosh avlod tarbiyasi mutlaqo o'zgacha ma’no kasb etishi muqarrar. O'qituvchi - O'zbekistonning porloq kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlarning davomchisi bo'lgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir.
    Shunday ekan, o'qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o'rtasidagi obro’-e’tibori hozirgi zamon talablariga mos bo'lishi shart.
    O'qituvchi barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs bo'lib,nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga о’rnak bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi, yetuk o'qituvchi sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o'zining munosib hissasini qo'shishi zarur.
    Pedagogik mahoratga ega bo'lish, o'qituvchi uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlovchi zamin bo'libgina qolmasdan, ayni vaqtda uning jamiyatdagi obro'-e'tiborini ham oshiradi, o'quvchilarga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
    Kasbiy mahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlami tashkil etish, pedagogik faoliyatda yo'l qo'yilgan yoki qo'yilayotgan xatolardan xabardor bo'lish, o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.

    Download 97.19 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 97.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti

    Download 97.19 Kb.