• Masofadan taʼlim oluvchilar auditoriyasini quyidagi ijtimoiy guruhlarga mansub bo‘lgan shaxslar tashkil qilishi mumkin
  • Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari quyidagilardir




    Download 97.19 Kb.
    bet7/8
    Sana06.11.2023
    Hajmi97.19 Kb.
    #94764
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Sharipova Sadoqat Anvar qizi
    Foydalanuvchi interfeysi tahlili va loyihalashtirish Reja; Foyda, Анкета для физ лиц, Koronavirus infektsiyasi, 1 -Mavzu, FJSmtLWXw7D1NnQ7qxeV, Actual reading 1, @pdfustabot4, Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida AKT o‘rni va ahamiyati, Abduvaliyev Ruzamat, SHTA fanidan mustaqil ishi, Mustaqil ish, mUSTAQIL ISHGA BETLIK, Anketa - so\'rovnoma (@FaqatYetakchilar)
    Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari quyidagilardir:

    • darslik;

    • audio va video darsliklar;

    • onlayn darslar (Internet sahifa);

    • elektron kutubxonalar;

    • testlar;

    • multimedia vositalari;

    • elektron darsliklar.

    Masofaviy ta’lim, uzluksiz ta’lim tizimi shakllaridan biri hisoblanib, insonning bilim olish va axborotlardan foydalanish huquqini amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Masofali ta’lim olishni istagan inson uchun kasbiy faoliyati bilan bir qatorda asosiy yoki qo‘shimcha ta’lim olish imkonini beradi.
    Masofadan o‘qitishning afzalligi shundaki, unda ta’lim oluvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko‘pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o‘zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar.
    Masofadan o‘qitishning yana bir afzallik tomoni unda o‘qish muddatini o‘quvchi o‘zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi, materiallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriqlarni, testlarni bajarishga qarab aniqlanadi. O‘quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni o‘zlashtirmasa, unga mustaqil ishlab, o‘qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi.
    Masofadan o‘qitishda, odatda, ishlayotganlar, onalar, o‘qiyotganlar biror mutaxassislikni egallash yoki malakasini oshirish maqsadida o‘qiydi. Bu uslub nogironlar uchun juda qulaydir.
    Masofadan taʼlim oluvchilar auditoriyasini quyidagi ijtimoiy guruhlarga mansub bo‘lgan shaxslar tashkil qilishi mumkin:

    • ikkinchi mutaxassislik, qayta tayyorlov, malaka oshirish yoki qo‘shimcha ma’lumot olishni xohlovchilar;

    • mintaqaviy hokimiyat va boshqaruv rahbarlari;

    • an’anaviy ta’lim tizimining imkoniyatlari cheklangani sababli ma’lumot ololmagan yoshlar (Covid – 2019 pandemiyasi sababli, respublikamiz boʻylab eʼlon qilingan karantin cheklovlari davrida televideniye orqali tashkil qilingan onlayn dars jarayonlari);

    • o‘z ma’lumot maqomini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish istagida bo‘lgan firma va korxonalar xodimlari;

    • ikkinchi parallel ma’lumot olishni xohlagan tinglovchilar;

    • markazdan uzoqda, kam o‘zlashtirilgan mintaqalar aholisi;

    • erkin ko‘chib yurishi cheklangan shaxslar;

    • jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar;

    • harbiy xizmatda bo‘lgan shaxslar va boshqalar.

    Xulosa.
    Ta’lim tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari sifatida onlayn ta’lim olish, masofadan turib malaka oshirish, ijtimoiy tarmoqlar, elektron ta’lim platformalari kurslarida o‘qish kabilarni aytish mumkin. Ushbu usullarda ta’lim olish an’anaviy usulda ta’lim olishdan arzon va qulayligi bilan ajralib turadi. Bunda katta yoshli ta’lim oluvchi ish faoliyatidan ajralmagan holda malakasini oshirishi, qo‘shimcha kurslarda qatnashishishi, qayta tayyorlov kurslarida o‘qishi mumkin. Ta’limning bu turi masofa, mintaqa, o‘quvchilar yosh chegarasi, ijtimoiy mavqeyini tanlamaydi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar, olis hududlarda va nochor oilalarda yashovchi shaxslar ham ta’lim olish imkoniga ega bo‘lishadi. Ta’lim oluvchi o‘qish muddatini o‘zi belgilaydi, lekin platformada topshiriqlar uchun belgilangan muddatlarga amal qiladi.
    Onlayn ta’lim olishning eng yaxshi tomoni ta’lim oluvchi qandaydir sabab bilan darsda ishtirok eta olmasa yoki yaxshi tushunmasa, mavzuga oid video, taqdimot ko‘rinishidagi ma’lumotni qayta-qayta ko‘rib, o‘rganib chiqishi mumkin.
    Ta’lim jarayonida turli xildagi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish darsni sifatli,qiziqarli va samarador bo’lishiga, o’quvchi,talabalarning mashg’ulot yoki dars mavzusi bo’yicha egallashi mumkin bo’lgan bilim,ko’nikma,malakalarini boyitishga,ularni tez va oson egallashiga yordam beradi.



    Download 97.19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 97.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari quyidagilardir

    Download 97.19 Kb.