II BOB.Pedagogik va axborot texnologiyalari




Download 97.19 Kb.
bet5/8
Sana06.11.2023
Hajmi97.19 Kb.
#94764
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sharipova Sadoqat Anvar qizi
Foydalanuvchi interfeysi tahlili va loyihalashtirish Reja; Foyda, Анкета для физ лиц, Koronavirus infektsiyasi, 1 -Mavzu, FJSmtLWXw7D1NnQ7qxeV, Actual reading 1, @pdfustabot4, Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida AKT o‘rni va ahamiyati, Abduvaliyev Ruzamat, SHTA fanidan mustaqil ishi, Mustaqil ish, mUSTAQIL ISHGA BETLIK, Anketa - so\'rovnoma (@FaqatYetakchilar)
II BOB.Pedagogik va axborot texnologiyalari
2.1.Ta’lim texnoloyiyalari tushunchasi
Pedagogik texnologiya-qat’iy ilmiy rejalar va ta’limning muvaffaqiyatli bo’lishini kafolatlashdir.Har qanday pedagogik muammoni malakali professional o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan yetarli texnologiyalar yordamida samarali hal etish mumkin.Pedagogik texnologiyalarni o’qituvchi va talabalarning o’zaro aloqalaridagi maqsadlari,imkoniyatlari va shartlariga muvofiq ravishda erkin tanlash imkoniyati.Texnologiya muallifning muayyan uslubiy va falsafiy pozitsiyasiga asoslangan maxsus pedagogic kontsepsiya uchun ishlab chiqiladi. Ta’lim texnologiyasi o’rganishni osonlashtirish uchun kompyuter texnikasi ,dasturiy ta’minot va ta’lim nazariyasi va amaliyotidan birgalikda foydalanishdir. Milliy g‘oya va ma’naviyatga oid fanlarni o‘qitishda odatda an’anaviy va noan’anaviy ta’lim modellaridan keng foydalaniladi. An’anaviy dars - (“markazda o‘qituvchi bo‘lgan ta’lim modeli”,- deb ham atashadi) muayyan muddatga mo‘ljallangan,ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir. An’anaviy darsning asosiy maqsadi dars mavzusining asosiy mazmuni, tushuncha va faktlarni o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga yetkazish va tushuntirishdan iborat. Odatda, an’anaviy dars berishga passiv dars berish usuli sifatida qaraladi. Lekin darsda o‘quvchilarning faol yoki nofaolligi darsni qanday o‘tishga va uni rejalashtirishga bog‘liq. An’anaviy darsning samaradorligini oshirish uchun dars jarayonini oqilona tashkil qilish, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligini mutassil rag‘batlantirib turish, o‘quv materialining mazmunini ochishda baxs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, turlicha baholash usullari va vositalarini o‘z o‘rnida qo‘llash talab etiladi. “Ta’kidlash joizki, - deb yozadi – metodist olim B.To‘xliyev – interfaol usullarni an’anaviy ta’lim metodlariga mutlaqo qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Ular bir-birini inkon etadigan, biri boshqasiga halaqit beradigan emas, balki bir-birini to‘ldiradigan ta’lim usullaridir. O‘qitish jarayonida yo an’anaviy, yoxud interaktiv metoddan birini tanlash kerak qabilida yondashish ma’rifiy jaholatdan boshqa narsa emas. Ta’lim metodlari son-sanoqsiz va ularning har biri o‘zi qo‘llanilayotgan vaziyat uchun betakror ahamiyatga egadir”[7 ]. An’anaviy ta’lim modelining afzalliklari: -Ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq, ma’lum tushunchalarni, fanni o‘rganishda foydali; -O‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayoni muhiti yuqori darajada nazorat qilinadi; -Vaqtdan unumli foydalaniladi; -Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi. An’anaviy ta’lim modelining kamchiliklari: - O‘quvchilar passiv ishtirokchi bo‘lib qoladilar; - O‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi;
- O‘quvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi; - Eslab qolish darajasi hamma talabalarda bir xil bo‘lmaganligi sababli, guruh bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi mumkin; - Mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. Noan’anaviy ta’lim modelining afzalliklari: - O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi; - O‘z vaqtida qayta aloqalarning ta’minlanishi; - Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi; - Turli o‘qitish usullarining taklif etilishi; - Motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi; - O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi; - Muloqatga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi; - O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi; - O‘quvchilarning mavzu mazmuniga, o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabati; - O‘quvchining mustaqil fikrlay olishi; - Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi; - Muammolarni yechish ko‘nikmalarining shakllanishi. Noan’anaviy ta’lim modelining kamchiliklari: -Ko‘p vaqt talab etilishi; - Talabalarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi; - Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham o‘qituvchi rolining past bo‘lishi; - O‘qituvchining o‘zidan ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolarni yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishi. “Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va talabalar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”. Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to‘laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo‘lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi- yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, “ta’lim metodi” tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o‘zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar “ta’lim metodlari talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini taxminlovchi usullar majmuidir. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, uning yordamida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi. Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o‘zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko‘p hollarda «metodik usul» (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo‘llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq o‘qituvchi faoliyatida tez-tez qo‘llaniladigan usullarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Interfaol ta`lim metodlari tushunchasi, bugungi kunda eng ko`p qo`llanilayotgan interfaol ta`lim metodlari. Talaba – yoshlarga milliy g’oya tushunchalari uning bosh va asosiy g’oyalari tushunchalarini singdirish borasida interfaol uslublarni qo’llashning bir qancha turlari mavjud. Bunday uslublardan foydalanish o’qituvchidan o’z ustida ijodiy ishlash, yangiliklardan doimiy xabardor bo’lish bilan birga talaba – yoshlar bilan yanada yaqinroq muloqotda bo’lish va talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish uchun xizmat qiladi. Shunday usullardan biri “klaster” usulidir. Bu usulning asosiy vazifasi talabalardan o’rganilayotgan pedagogik jarayonni, yangi mavzuni qismlarga ajratish orqali o’zlashtirishga yo’naltiradi. Mavzu bo`yicha fikr –mulohazalarni erkin bayon etish malakalarini oshirishga yordam beradi. Bu usulda biror – bir mavzu yoki matn tanlanib talaba - yoshlarning diqqatini aynan shu mavzuga qaratish yuzasidan markazga yoziladi. Talabalar mavzuga oid barcha fikrlarini markazining atrofiga joylashtiradi. Firlar bayon etilgandan keyin har bir fikr yoki so’zlarni toifalarga ajratib chiqadilar: Milliy istiqlol g’oyasi: bosh g’oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish; asosiy g’oyalari – vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo hamjihatlik, diniy bag’rikenglik. Amaliy mashg’ulot yoki seminar darsi davomida talabalarga topshiriq berish mumkin: milliy g’oyaning asosiy g’oyalariga doir fikrlaringizni aytib bering. Shunga doir xalq maqollarini keltiring va ma’nosini izohlang. Mavzu boyicha klaster usulidan foydalanish oxir – oqibatda yangi bilimlarni o’zlashtirish fikrlarning turli – tumanligini yaxlitlash asosida umumiy natija qo’lga kiritiladi. Klaster usulidan foydalanish uchun guruh talabalarini kichik ijodiy guruhlarga ajratib amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Har bir guruhda mavzuga oid darslik, o’quv qo’llanmalari, ma’ruza matnlari, mavzuga oid tarqatma materiallar va manbalar bo’lishi mumkin. Klaster usulidan foydalanishda quyidagilarga e’tibor beriladi. 1) Kichik guruhlar soniga qarab chizma qog’ozlari doska taxtasiga osib qo`yiladi va milliy g’oya tushunchasi o’qituvchi tomonidan yoziladi. 2) Mavzuga oid fikrlar qog’ozga yoziladi. 3) Asosiy tushuncha va fikrlar o’rtasidagi bog’liqlik chizmada ko’rsatiladi. 4) Talabalarning fikrlari umumlashtiriladi va yakuniy xulosa chiqariladi. 5) Dars jarayonida o’qituvchi talabalarning faoliyatini nazorat qilib boradi, ularning mavzuga oid tushunchalarini baholaydi. Biz klaster usuli xususida to’xtaldik. Dars jarayonida interfaol usullarning “aqliy hujum”, “tanqidiy fikrlash”, “ajurli arra”, “menyular”, “debatlar”, “sinkveyn”, “insert”, “zig-zag”, “qarorlar shajarasi” kabi turlaridan va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish orqali samarali natijalarga erishiladi. Jamiyatni axborotlashtirishdagi eng muhim yo’nalishlardan biri ta’lim tizimini axborotlashtirishdir. Bu esa jamiyatni axborotlashtirish jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshishining asosiy shartidir. Ta’limni axborotlashtirish ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo’llash, uning faol metod va vositalaridan foydalanish, ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarini jadallashtirish, uning sifat va samaradorligini oshirish, yoshlarni axborotlashgan jamiyatning faol ishtirokchisi etib tarbiyalash masalalarini o’z ichiga qamrab oladi. O‘rganish metodlari bilim, malaka va ko‘nikmalarni ijodiy egallashga hamda metodik va g‘oyaviy - siyosiy e’tiqodlarni ishlab chiqishga qaratilgan talabalarning ilmiy bilish faoliyati usuli sifatida belgilanadi. O‘qitish metodi “o‘qitishning maqsadi – mazmuni, metodi, shakli, usullari” tizimida muhim o‘rin egallaydi. Metod deganda, ta’limda maqsadga erishish, masalalarni hal qilish yo‘llari, usullari tushuniladi. O‘qitish metodi tarkibida usullar alohida ajralib turadi. Usul metodning unsuri bo‘lib, uning tarkibiy qismi, metodni amalga oshirishda bir martagina qo‘llanadi va alohida qadam hisoblanadi. O‘qitish metodi – murakkab, ko‘p qirrali, ko‘p sifatlarga ea bo‘lgan ta’limdir.O‘qitish metodida o‘qitishning obektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari o‘z aksini topadi. Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga dialektik bog‘liq va biri boshqalarini taqozo qiladi, ya’ni o‘qitishning maqsadi, mazmuni, shakli hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga aks ta’sir ko‘rsatadi. O‘qitish metodlarining ko‘p o‘lchovliligi ularning ko‘plab tasnifini keltirib chiqaradi. O‘qitish metodlari tasnifi – muayyan belgilar asosida tartibga solingan tizimdir. Eng asoslangan o‘qitish metodlari tavsiflariga quyidagilar kiradi: 1. An’anaviy metod. Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: amaliy, ko‘rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash va video metodlar. 2. Maqsadiga ko‘ra metodlar tasnifi - bilimlarni egallash; - malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish; - bilimlarni qo‘llash; - ijodiy faoliyat; - mustahkamlash metodlari; bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish metodlari. 3. Idrok etish – bilish faoliyati xarakteriga ko‘ra metodlar tasnifi: tushuntirish – illyustrativ (axborot – retseptiv). Ularning xarakterli xususiyatlari; bilimlar “tayyor holda” tavsiya etiladi; bu bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (retsepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi; - reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli o‘zlashtiriladi; ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi hamda bilimlarning mustahkamligi tez – tez takrorlash yo‘li bilan ta’minlanadi. - muammoli bayon qilish metodi; - qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bo‘yicha mustaqil fikr yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi; - tadqiqiy metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti jarayonida bilim egallanadi . 4. Didaktik maqsadi bo‘yicha (T.I.Shukina, I.T. Ogorodnikov) qo‘yidagilar farqlanadi: - ilk bilimlarni o‘zlashtirish metodlari; - egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari. 5. Olinishi zarur bo‘lgan natijani oldindan taxmin qilish (maqsadni amalga oshirishga erishish); 6. Ta’lim jarayonining yaxlitligini ta’minlash; 7. Muntazam tahlil qilib borish; “Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish metodikasida o‘qitish va o‘rganish metodlari quyidagi guruhlardan iborat keng tarqalgan tasniflarga borib taqaladi. 1.Bilimlarni berish, idrok etish va o‘zlashtirish hamda e’tiqodni shakllantirishni ta’minlovchi metodlar. Metodlarning bu guruhiga ma’ruza, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo‘yicha ishlar, maslahatlar, ko‘rsatma berish, ommaviy axborot, programmalashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi. 2. Bilimlarni tadbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish hamda e’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy va laborotoriya mashg‘ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, o‘quv va pedagogik amaliyot kiradi. 3. Bilimlar, e’tiqodlarni shakllantirish va talabalarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash metodlari. Bu o‘quv jarayonining reyting baholari, suhbat o‘tkazish, kurs va diplom ishlari loyihalari hamda davlat attestatsiyasi natijalarini baholashdir. Didaktikaga oid adabiyotlarda o‘qitish metodlarining quyidagi bog‘liqliklari qayd qilinadi: - birinchidan, o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog‘liq; - ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning xarakteriga bog‘liq; - uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog‘liq; - to‘rtinchidan, o‘quv jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq; - beshinchidan, oliy o‘quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog‘liq; - oltinchidan, o‘quv jarayonining moddiy – texnik ta’minoti bilan bog‘liq;
- yettinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o‘quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o‘qituvchining hozirgi zamon metodlari bo‘yicha bilimlariga bog‘liq. Shunday qilib, O‘zbekiston Respulikasidagi oliy ta’limni isloh qilishning dolzarb vazifasi talabalarning o‘quv – bilish faoliyatini jonlantirish, o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni tadbiq etishga xizmat qiladigan o‘qitishning shakl va metodlarini takomillashtirishdan iborat. O‘qituvchining pedagogik faoliyati tavsifida olimlar, odatda quyidagi komponentlarni farqlaydilar: - tashkilotchilik - ilmiy bilish; - kommunikativlik. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish yangi avlod ta’lim standartlarini joriy etishning zaruriy shartiga aylanib bormoqda. Davlatimiz ta’lim standartining asosini ta’lim muassasalari bitiruvchilarining malaka talablari kompitensiyalari belgilangan. Masalan, A1, A2, A2+; V1, V2, V2+ kompitensiya darajalari. Mazkur holatda fanni o‘zlashritishda qator yangicha yondashuvlardan foydalanish masalan, tabaqalashgan ta’lim yoki didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanishga talab ortadi. Didaktik o‘yinlar haqida quyidagi fikr diqqatga sazovor: “O‘qitishda didaktik o‘yinlar o‘quvchilarni bilimlarga qiziqtiruvchi, bilish doiralarini kengaytiruvchi, ularda hozirjavoblik xususiyatlarini tarbiyalovchi, o‘quvchilarni faollashtirish omillaridan hisoblanadi. Chunki, o‘quvchi faol fikr yuritadi, o‘zida ijodiy erkinlik sezadi” Didaktik o‘yinlarda foydalanishda quyidagi metodik talablarni e’tiborga olish talab qilinadi: 1.O‘yinlardan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Buning uchun o‘quvchilarni qiziqtiradigan va ularning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlarni tanlab olish zarur. 2.Darslar jarayonida o‘yinlarga ....-.....(15-20) daqiqa vaqt, bo‘limlar bo‘yicha yirik mavzularni umulashtirish va takrorlashda esa butun bir darsni ajratish mumkin. 3.Har bir o‘yinni o‘tkazishdan avval unga puxra tayyorgarlik ko‘rilishi hamda dars materiallarining mazmuni bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi lozim1 . Jahon pedagogik tajribalarni o‘rganib, taxlil qilib respublikamiz ta’lim tizimi va mentalitetimizga moslashtirib, dars jarayoniga tadbiq qilish natijasida o‘quvchilarni egallayotgan bilimlari ixtiyoriymajburiy tarzda o‘zlari qidirib topishiga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishga, hatto xulosani ham o‘zlari keltirib chiqishiga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta’lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qo‘yiladigan talablar. Milliy g‘oya ta`limini olib borishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1. Har bir guruhda o‘quvchi-talabalarga milliy g‘oyani singdirishning mazmun va mohiyatini, yosh va intellektual xususiyatlarini hisobga olib yondashish. 2. O‘quvchi-talabalarga ezgulik bilan ijtimoiy faollikni uzviy ravishda mujassamlashtirilgan holda singdirish. 3. Milliy g‘oyani singdirishning yo‘nalishlari va bosqichlarini belgilash. 4. Milliy g‘oyani singdirishning metod va shakllari hamda vositalar mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. 5. O‘quvchi-talabalarning ongi va shuuriga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda ijtimoiy tarbiyaning barcha omillari hamkorligidagi ishlarni amalga oshirish. 6. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda milliy g‘oyani singdirishga doir ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda eng maqbul amaliy usullarni qo‘llash. 7. O‘quvchi-talabalarning ma’naviy-axloqiy sifatlari hamda dunyoqarashini boyitib borish bilan birga milliy mafkuraning mohiyati, ijtimoiy taraqqiyot va shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni, ahamiyati, milliy g‘oyani o‘rganish zaruratini doimiy ravishda, maqsadga muvofiq yoritib borish. 8. Milliy g‘oya asosida talaba-o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishni aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat negizida tashkil etish. 9. Fanni o‘qitish va tarbiyaviy ishlarning uzviyligi-uzluksizligini ta’minlash. 10. O‘qitish jarayonida berilayotgan bilimlar va keltirilayotgan faktlarning aniqligiga rioya qilish. 11. Nazariy bilimlar va hayotiy misollarning o‘zaro mosligi, ularning bir-birini to‘ldirishiga e’tibor berish. 12. Fanlararo aloqa tamoyiliga rioya qilish, tushunchalarni sodda, aniq berish, ularni o‘rganuvchilarning yoshi, dunyoqarashi, ruhiyatiga mosligini ta’minlash. 13. O‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarning bir-biriga mos bo‘lishini ta’minlash. 14. Dasturda belgilangan mavzular va ularga ajratilgan soatlarning o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarga mos kelishi hamda to‘la yoritilishini ta’minlash. 15. O‘qituvchining dasturda belgilangan mavzular bo‘yicha qo‘shimcha ilmiy-metodik materiallarga ega bo‘lishi, o‘z ustida muntazam ishlashini ta’minlash. 16. Dastur vazifalarini to‘liq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan metodik tavsiya, amaliy mashg‘ulotlar, referatlar, mustaqil ishlar uchun mavzular, savollar, tayanch iboralar lug‘ati, qo‘shimcha adabiyotlar va yordamchi manbalarni takomillashtirish. Milliy g‘oya ta`limini olib borishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda quyidagilar metodologik asosi bo‘lib xizmat qilishi lozim: 1. Milliy g‘oyani singdirish jarayonida tarixiy boy ma’naviy merosimizga doir bilimlar berishga e’tibor qaratish. 2. Xalq pedagogikasi va buyuk allomalarimizning falsafiy qarashlari va mulohazalarini o‘rganish. 3. Mustaqillikka erishgandan keyingi o‘tgan davr mobaynida barcha sohalarda (ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy) amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar haqida tushunchalar berish. Talaba-o‘quvchilar qalbiga milliy g‘oyani singdirishda pedagogik hamkorlik texnologiyalarini yaratish zarur. Bunda birgalikdagi harakat, tarqatma material, mustaqil ish, trening, o‘yinlar, ssenariy, ishontirish va h.k.larni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari ta`limi jarayonida pedagogik texnologiyalar orqali yoshlarda axborot xavfsizligini ta’minlash omillari. Yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda tarbiya ta’sirchanligini oshirish yo‘llari va vositalarini qo‘llash samara beradi. Maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda mafkuraviy tarbiya izchilligini ta’minlash zarur. Mafkuraviy tarbiya yoshlar tarbiyasida ulug‘vor maqsad va vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi. Shuning uchun bu sohadagi mas’ul xodimlar o‘quvchi-talabalarni mafkuraviy tarbiyalash mazmuni va o‘ziga xos jihatlari, mafkuraviy tarbiyaning uslub va vositalari, mafkuraviy tarbiyaning milliy va xorijiy tajribalari haqida tushunchalarga ega bo‘lishlari lozim. Professor-o‘qituvchilar ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish yo‘llari, talaba-o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda milliy g‘oyani singdirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi talab etiladi. Milliy g‘oyaning yoshlar ongiga singdirishda, ularning ishonch va e’tiqodiga aylantirishga yangicha uslub, yondashuv va texnologiyalarni qo‘llash muhim. Milliy g‘oyaning yoshlar ongiga singdirishda erkin mavzular tanlash va taqdimotini o‘tkazishga e’tibor qaratish lozim. Milliy g‘oyani targ‘ib etishda roliklar, videokliplar, ijtimoiy reklamalar, “Virtual sayohatlar”, “multimediya” dasturlaridan foydalanish lozim. Mamlakatimizning boy tarixiy-ma’naviy merosidan, tarixiy obidalari, muzeylardan foydalanishga ham e’tibor qaratish kerak. Fidoyi insonlar hayoti, dunyoning axborot maydonida bo‘layotgan o‘zgarishlar, OAV, internet ma’lumotlari haqida to‘g‘ri tushunchalar shakllantirilishi talablarda to‘g‘ri xulosalar chiqara olish ko‘nikmalarini shakllantirishga zamin yaratib beradi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda o‘quvchi-talabalarda mustaqil fikrlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bahs, munozaralarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq. Mavzularni iloji boricha hayot bilan bog‘lab tashkil qilish yaxshi samara beradi. Yoshlarni milliy g‘oya va mafkura ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda Konstitusiya va qonunlar targ‘ibotini amalga oshirish usullaridan keng foydalanish zarur. Respublikamizda bevosita fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qonunlar qabul qilingan. Ammo mazkur qonunlarni yoshlar tomonidan anglash va hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalari hozircha ko‘ngildagidek emas. Bu esa, yoshlarning qonunlar to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarini izchil rivojlantirishni talab etadi. Fuqarolik jamiyati asoslarining pirovard maqsadi – inson hayotini muayyan ma’naviy maromlarda muvofiqlashtirish, har bir shaxsning insoniy potensialini yuzaga chiqazishdan iboratdir. Zero, inson omilini faollashtirishda kishilarning huquqiy madaniyatning roli kattadir. YA’ni, huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan jamiyat mustahkam bo‘ladi va millat birligi kuchayadi. Har qanday jaholatdan insonni ma’rifat qutqaradi. Shuni hisobga olib, yoshlarga “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili mohiyatini tushuntira borish lozim. Yoshlarga ma’naviy-ma’rifiy ishlarda diniy ekstremizm, terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari to‘g‘risida tushunchalar berib borish zarur. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini tushuntirish va diniy-ma’rifiy targ‘ibot ishlariga murabbiylarni keng jalb etish lozim. Bunda yoshlar tarbiyasiga ta’sir etayotgan ijobiy (oliy ta’lim mazmuni, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, OAV, oila, davlat va jamoatchilik tashkilotlari, san’at, madaniyat va h.k.) va ayrim salbiy (diniy ekstremizm, terrorizm mafkurasi, missionerlik, prozeletizm, loqaydlik, befarqlik, tarbiyaviy ishlarda uchrayotgan kamchiliklar va h.k.) omillar ochib berilishi, ulardan ogohlantirish zarur. Ijobiy omillar samaradorligini oshirish, faoliyatini muvofiqlashtirish, salbiy omillar ta’sirini bartaraf etishning yo‘nalishlari, metod va vositalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda samarali foydalanish lozim. Yoshlarni ogohlik, hushyorlik va g‘oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalash, axloqsizlik g‘oyasini yoyib, xalqni ma’naviy jihatdan buzishga intilayotgan qora kuchlarga qarshi kurashda yoshlar faolligini oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan diniy-ma’rifiy tadbirlarga diniy idoralar vakillarini jalb etish muhim ahamiyatga ega. Chunki, yoshlarni begona mafkura: diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi tazyiqlaridan himoya qilishda dinshunos olimlar va din ulamolari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish samarali usul hisoblanadi. Diniy ekstremizm tahdididan yoshlarni himoya qilishda professor-o‘qituvchi, tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifalari borki, ular bevosita yoshlarni bu yovuz kuchlarning g‘oyalariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga e’tibor qaratib borishlari talab etiladi. Chunki bugungi kunda din niqobi ostidagi har qanday ekstremistik ko‘rinishlarga qarshi kurashmog‘imiz dolzarb masaladir. Masalan, umumlashgan tushunchada “terror” degani u yoki bu ko‘rinishda siyosiy maqsadlarga erishish uchun kurash vositasi bo‘lib, unda hech bir gunohsiz kishilar terrorning nishoni bo‘lishadi. Demak, terror begunoh odamlarga qarshi zo‘ravonlikni anglatadi, uni ma’naviy jihatdan hech qachon oqlab bo‘lmaydi. Bunga 2005 yil Andijon shahrida ro‘y bergan voqealar yaqqol misoldir. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijalarini sarhisob qilish, erishilgnan yutuqlarni va kamchiliklarni aniqlab, tahlil qilib borish lozim. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimli rejalashtirilib amalga oshirilsa va baholansa, istiqboldagi vazifalarni aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarda axborot xavfsizligini ta’minlovchi omillarga quyidagilar kiradi: • Ta’lim va tarbiyaning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi; • Mehnat bozorini kadrlar bilan ta’minlashdagi davlat siyosati; • Davlat boshqaruvida yoshlar ishtirokini keng ta’minlanishi; • Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati yoshlar muammosini bartaraf etishga qaratilganligini kiritish mumkin. Yoshlarga oid muammolarni bosqichma-bosqich hal etilishi, mehnatni taqsimlash mahsulot ishlab chiqarish, mehnat bozorini yengillashtirish muammolarini birin-ketin bartaraf etish natijasida yoshlarning siyosiy va ijtimoiy faolligi oshmoqda. Globallashuv sharoitida axborot xurujiga qarshi kurashishda, uni bartaraf etishda ta’lim-tarbiya jarayonining omil sifatida o‘rni beqiyos bo‘lib, asosiy vositalardan biri sifatida namoyon bo‘ladi: - yoshlarning onggi, tafakkuri, dunyoqarashi shakllanadi hamda shaxsi voyaga yetkaziladi; - yoshlarga Vatan tuyg‘usi, mehr-oqibat, tarixiy xotira, ma’naviyat va ma’rifat singdiriladi; - yoshlarda xavf-xatarga qarshi kurashish sezgilari va ko‘nikmalari shakllantiriladi. Istiqlolning saqlovchilari deb baholanayotgan yosh avlodning tarbiyasi, ularning ma’naviy salohiyatini yanada oshirish bugun davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Zamonaviy bilimlar bilan bir qatorda, mustaqilligimizning asrovchi ma’naviy dastur vazifasini bajaruvchi milliy g‘oyani avvalo bilish, uning targ‘ibotida barchaning ma’sulligini ta’minlash-davrning ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston deb atalgan davlatning manfaatlarini o‘zida mujassam etgan milliy g‘oyani ta’sir doirasini aynan yoshlar orasida oshirishning asosiy omillaridan biri bugun “sovuq urush”lar ta’siri kamayishi bilan paydo bo‘layotgan “mafkura poligon”laridan himoyalanish orqali millat hamjihatligiga va taraqqiyotiga erishish bilan bog‘liqdir. Bunday kurash maydonida “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”. Milliy g‘oya ta`limi va ma`naviyat asoslarini olib borishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali talaba yoshlarda ijodkorlikni, zamon bilan hamnafaslikni shakllantirish vazifalari. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari ta’limi mamlakatimizning mana shu mintaqada, yon-atrofdagi davlatlar orasida va jahon miqyosida o‘ziga munosib o‘rnini, yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘zining imkoniyatini to‘g‘ri va xolisona anglab, shu asosda izchil harakat qilishi uchun xizmat etishi zarur. Milliy g‘oya va ma’naviyat vositasida el-yurt birlashadi, o‘z oldiga buyuk maqsadlar qo‘yadi va ularni ado etishga qodir bo‘ladi. Ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida, muttasil takomillashtirib borish vazifasi ham yangi jamiyatni barpo etishda muhim o‘rin tutadi. Chunki ta’lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi. Bugun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki, endi unda harbiy qudrat emas, intellektual salohiyat, aqlidrok, fikr, ilg‘or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Buning uchun milliy g‘oya va ma’naviyatni yoshlar qalbi va ongiga singdirishda va jamiyatning barcha jabhalarini qamrab olishda, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usullaridan foydalanilmoqda. Bu hol ta’lim tizimini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish uchun olib borilayotgan harakatlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Axborot texnologiyalarining oxirgi yillardagi tez rivojlanishi bizga yangi va noyob bo‘lgan imkoniyatni, ya’ni, o‘quv jarayonlarida elektron darsliklar va multimedia mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlarini bermoqda. O‘quv dasturlarida multimediadan foydalanish kompyuterlarning analitik imkoniyatlarini o‘rgatilayotgan fan mavzularining har tomonlama mazmunli va obrazli qilib tasvirlash imkoniyati bilan to‘ldiradi. Ma’lumki, o‘quvchi birinchi marta eshitgan axborotining faqatgina chorak qismini o‘zlashtiradi. Agarda o‘quvchining o‘quv jarayonida interaktiv multimedia texnologiyasi yordamida faol ishtiroki ta’minlansa, u holda yangi mavzuni o‘zlashtirish 75 foizni tashkil etishi mumkin. Interaktiv multimedia o‘quvchiga katta emotsional – estetik ta’sir ko‘rsatishi sababli multimedia dasturlari sifatiga katta talablar qo‘yilishi lozim, chunki estetik jihatdan zaif bo‘lgan multimedia mahsuloti o‘quv jarayonining samarasini kamaytiradi va ba’zi hollarda salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Ijodiy va ta’sirchanlik nuqtai nazaridan multimediani yangi san’at turi deb hisoblash, shuningdek, multimedia san’at nazariyasi va multimedia pedagogikasini yaratish lozim. Dars berayotgan o‘qituvchi pedagogik texnologiyani yaxshi bilishi zarur. Chunki pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatish va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir. Pedagogik texnologiya o‘qitish jarayonlarining o‘zaro bog‘liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish bosqichlarini ko‘rish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Pedagogik texnologiya o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig‘indisidir. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ta’lim tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsad esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z navbatida yangilash zarurligini keltirib chiqaradi. Pedagogik tajribalarni o‘rgatishdan maqsad, o‘qituvchilarning serqirra va murakkab faoliyatidagi yangiliklarni aniqlash bilan birgalikda ilmiy tadqiqot metodi sifatida nazariya va amaliyot birligini ta’minlashga qaratiladi, yo‘naltiriladi. Ilg‘or pedagogik tajriba shunday amaliyotki, u har doim o‘ziga yangilik elementlarini, ijodkorlik namunalarini, novatorlik faoliyat qirralarini mujassamlantiradi, uning asosiy ko‘rsatkichi natijaviylik, ya’ni ta’lim tarbiya sohasida yillar davomida erishilgan ilg‘or samara hisoblanadi. Pedagogik tajribani o‘rganish sermashaqqat mehnat talab qiladi va o‘ziga xos metod (so‘rovnoma, suhbat, hujjat o‘rganish) va shakllarga (pedagogik o‘qish, pedagogik ilmiy guruh)ga ega. Pedagogik texnologiya bugun paydo bo‘lgan yangilik yoki yo‘nalish emas, u har doim o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatida o‘z aksini topadi. O‘qitish jarayoni ma’lum bosqichlar, amallar, usullar, harakatlardan tashkil topgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shunga mos holda ma’lum pedagogik tizim mavjud bo‘ladi. Dars o‘tishda belgilangan maqsadni o‘quvchi ongiga, qalbiga singdirishda har xil metodlardan foydalanish zarur bo‘ladi. Demak o‘quvchilarning darsga, fanga qiziqishini oshirish, xotiralarini yanada o‘tkirroq qilib charxlash lozim. Darsni faqat auditoriyada o‘tish shart emas, balki uni joylarda ham o‘tish mumkin. Masalan muzeylarga, o‘lkashunoslik muzeylariga, tarixiy joylarga, teatr, kinolarga borish, tadbirlar o‘tkazish bilan ham maqsadga erishishimiz mumkin. Davra suhbatlari, munozaralar, uchrashuvlar tashkil etilishi mumkin. Savolnomalar tuzish va unga javob olish ham katta natija beradi.


Download 97.19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 97.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB.Pedagogik va axborot texnologiyalari

Download 97.19 Kb.