O’quv jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish




Download 97.19 Kb.
bet6/8
Sana06.11.2023
Hajmi97.19 Kb.
#94764
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sharipova Sadoqat Anvar qizi
Foydalanuvchi interfeysi tahlili va loyihalashtirish Reja; Foyda, Анкета для физ лиц, Koronavirus infektsiyasi, 1 -Mavzu, FJSmtLWXw7D1NnQ7qxeV, Actual reading 1, @pdfustabot4, Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida AKT o‘rni va ahamiyati, Abduvaliyev Ruzamat, SHTA fanidan mustaqil ishi, Mustaqil ish, mUSTAQIL ISHGA BETLIK, Anketa - so\'rovnoma (@FaqatYetakchilar)
2.2.O’quv jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Hozirgi davrda ta’lim tizimida shaxsni har tomonlama voyaga etkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Bugungi globallashuv davrida ta’lim oluvchilarni qisqa muddatda va asosli ma’lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda. Zamonaviy ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. O‘zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim deb nomlanadi. SHaxsga yo‘naltirilgan ta’lim – talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘qitish muhitining talaba imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko‘ra ta’lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim hamda tarbiya jarayonini to‘laligicha talabaning shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi. Bu turdagi ta’lim talabalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har bir talabaga imkon qadar individual yondashish, uning shaxsini hurmat qilish, unga ishonch bildirish katta ahamiyatga ega. Qolaversa, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘qitish jarayonining ishtirokchilari pedagogtalaba yoki talaba-talaba, talaba-talabalar jamoasi tarzida o‘zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi. Pedagog ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy rioya etishi kerak. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning o‘ziga xos jihati ta’lim oluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, talabani ta’lim tizimiga moslashtirishni emas, aksincha, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Bu turdagi ta’lim talabalarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o‘zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to‘la namoyon eta olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi zarur.
Ma’lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mikroelektronika, hisoblash texnikasi (apparatli vositalar va dasturiy ta’minotlar), elektroaloqa va antoelektronika-mikroprosessorlar, yarimo‘tkazgichlar va optik-tolali kabellar sohalaridagi kashfiyotlar bilan bog‘liq.
Bu kashfiyotlar ulkan axborotlarni ishlab chiqish va saqlashga hamda ularni kommunikasiya tarmoqlari orqali tez tarqatish imkonini beradi. Kompyuterlarni bir-biriga ulash va ularni bir-biri bilan aloqa qilishga sozlash yangi kuchli texnologik tizimni umumiy protokoldan foydalanuvchi tarmoq axborot sistemalarini yaratishga imkon beradi. Ular odamlarni, ularning uylarini va idoralarni birlashtiradi hamda juda qisqa vaqt ichida ulkan topshiriqlar sonini ishlab chiqadi va bajaradi. Bu axborotlardan foydalanish xususiyatini va kommunikasiya tuzilishini tubdan o‘zgartiradi. Shu bilan birga kompyuter tarmoqlari Yer sharining barcha nuqtalari bilan aloqa qilish imkonini beradi. Ta’lim tizimi uchun bu o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida kommunikasiya uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangiligi va o‘ziga xosligi insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyati barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-kommunikasiya texnologiyalari uch yo‘nalishda ilgari bo‘lmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to‘siqlarni yengib o‘tish imkon beradi:
1) Bilimlarni egallash yo‘lidagi to‘siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish natijasida ta’lim olish yo‘lidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa, axborotlar bilimlar to‘plash jarayonining mazmunli jihatini ta’minlash uchun kerak b’ladi. Internet va “Butun jahon tarmog‘i” barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar uchun birdek axborot izlash kanali bo‘lib xizmat qiladi.
2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Internet tarmog‘i orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi yillarda ko‘plab global fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon berdi. Misol uchun, ta’lim tizimida qayta aloqani ta’minlash harakati.
3) Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog‘liq sohalar hamda ta’lim tizimi eng jadal rivojlanayotgan sektorlar hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari axborotlar va aloqadan foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi. Elektron pochta, elektron kutubxonalar – saytlar ta’lim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlar beradi, har qanday chegaralarni yo‘qotadi, dunyoning har qanday nuqtasidan o‘quv va ilmiy axborotlarni olish imkonini yaratadi.
Axborot-tarbiyaviy faoliyat. Ta’lim muammosini globalizasiyalashtirish – seminarlar o‘tkazishdan tortib terrorizm va diniy ekstremizim mohiyatini ochib berishgacha – elektron tarmoqlar axborot-tarbiyaviy imkoniyatlarini ahamiyatini oshiradi. Yangi axborot texnologiyalari fan va ta’limni to‘plangan bilimlarni yetkazish, ularni to‘ldirish va qayta baholash kabi yanada yaqin va samarali kanallari bilan bog‘lashga imkon beradi. Bugungi kunda fan – bu ta’lim tizimini rivojlantirish asosiy, ustun turuvchi vositasidir. Bu har doim ham bo‘lmagan, ilg‘or axborot texnologiyasi ta’lim tizimida fanning ahamiyatini o‘zgartirdi. Jamiyat faqat fanning o‘zi rivojlanishi bilan emas, balki ta’lim va o‘qitish tizimi bilan ham bog‘liq yangi ilmiy tuzilishni yaratadi. 
Hozirgi globallashuv davrida internet tarmog‘i orqali masofadan turib, onlayn yoki oflayn o‘qish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchilarga juda katta imkoniyat bermoqda. Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab elektron ta’lim olish imkonini beruvchi juda ko‘plab elektron ta’lim platformalari faoliyat yuritmoqda. Elektron usulda ta’lim olishning eng afzal tomoni ta’lim oluvchi ayrim sabab bilan darsda qatnasha olmasa yoki darsni yaxshi o‘zlashtira olmasa, platformaga kirib, video-ma’ruzalardan qayta-qayta foydalanishi mumkin. Bu esa ta’lim olish samaradorligini sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘ladi.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ta’lim tizimida fan va ishlab chiqarishning integratsiyasiga e’tibor qaratish, ta’lim jarayoniga elektron ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, masofaviy ta’limni qo‘llabquvvatlash zarur. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini masofaviy ta’lim jarayonida qo‘llashning ikkita zaruriy sharti mavjud:

So‘ngi yillarda rivojlangan mamlakatlarda internet orqali ta’lim olish jadal rivojlanmoqda va u “Elektron ta’lim” (e-Learning) atamasi bilan kirib keldi. Elektron ta’limni tashkil etish uchun ko‘plab tizimlar mavjud. Bularga misol qilib Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools), Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar – LMS (Learning Management Systems), Ichki kontentning boshqaruv tizimlari – CMS (Content Management Systems)ni keltirish mumkin.

Download 97.19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 97.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quv jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish

Download 97.19 Kb.