Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti




Download 97.19 Kb.
bet3/8
Sana06.11.2023
Hajmi97.19 Kb.
#94764
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sharipova Sadoqat Anvar qizi
Foydalanuvchi interfeysi tahlili va loyihalashtirish Reja; Foyda, Анкета для физ лиц, Koronavirus infektsiyasi, 1 -Mavzu, FJSmtLWXw7D1NnQ7qxeV, Actual reading 1, @pdfustabot4, Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida AKT o‘rni va ahamiyati, Abduvaliyev Ruzamat, SHTA fanidan mustaqil ishi, Mustaqil ish, mUSTAQIL ISHGA BETLIK, Anketa - so\'rovnoma (@FaqatYetakchilar)
Kurs ishining metοdi. Mavzuga οid psixοlοgik, pеdagοgik adabiyοtlarni ο’rganish, tahlil qilish, umumlashtirish, kuzatish, sο’rοvnοma, tadqiqοt natijalarini umumlashtirish.


I BOB.Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari fanlari o’qitilishi
1.1.Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari fanlarining ta’lim muassasalarida joriy qilinishi
Milliy g‘oya va ma’naviyat turkumiga kiruvchi fanlar ma’naviy hayotni yuksalishiga to‘siq bo‘luvchi turli illatlarning oldini olishda katta ahamiyatga egadir. Milliy g‘oyaning jamiyat hayotini yuksaltirishga xizmat qiladigan barkamol avlodni tarbiyalab berishdagi o‘rni ham benihoya kattadir. Shuning uchun ham milliy g‘oyaning asosiy vazifalaridan biri komil insonni tarbiyalashdir. Bugungi kunda jamiyat a’zolarini ayniqsa O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan yoshlarni ongi va qalbini zaharlashga intilayotgan, jamiyatimizning ma’naviy hayotini parokandalik holatiga tushirishga harakat qilayotgan ma’naviy tahdidlar mavjuddir. Mana shunday ma’naviy tahdidlarning oldini olishda milliy g‘oya katta rol o‘ynaydi. Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida katta ma’naviy yo‘qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin. Milliy g‘oya va ma’naviyat faqatgina nazariy tafakkur natijasi emas, ular har bir shaxsning ma’naviy e’tiqodida, amaliy faoliyatida namoyon bo‘lishi bilan birga ma’naviy hayotni yuksaltiruvchi omil hamdir. Milliy g‘oya ta’limi milliy tarbiya an’analariga katta e’tibor bergan holda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirib, ulardagi vatanparvarlik, milliy iftixor tuyg‘usini qadriyat darajasiga ko‘tarib beradi. “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat yo‘nalishining tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad ham yoshlarni ana shunday ezgu g‘oyalar bilan tarbiyalab voyaga yetkazishdir. Ushbu yo‘nalishda “Umumiy psixologiya”, “Umumiy pedagogika”, “Milliy g‘oya, ma’naviyatning pedagogik asoslari” fani bilan bir qatorda, “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi”, “Etnomadaniyat”, “Globallashuv asoslari”, “Geosiyosat asoslari”, “Ma’naviyatshunoslik”, “Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari”, “Dunyo dinlari tarixi”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o‘qitish metodikasi”, “Ijtimoiy falsafa”, “Davlat va huquq tarixi va nazariyasi”, “Huquq sohalari”, “Jahon siyosiy ta’limotlar tarixi”, “Ekstremizm, tarixi va mohiyati”, “Umumta’lim fanlarini kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi”, “Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar”, “Hayot faoliyati va xavfsizligi” kabi umumkasbiy va ixtisoslik fanlari o‘qitiladi.
Milliy g‘oya, ma’naviyatning pedagogik asoslari fanining o‘qitilishidan ko‘zlangan maqsad va vazifalar qamrovi juda keng. Jumladan: - тalabalar qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash, ularni ongli yashashga, o‘z fikriga ega bo‘lishga, ma’naviy tajovuzlarga qarshi tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash; - хalqimizning ko‘p asrlik ma’naviyati va milliy qadriyatlari, diniy qarashlari va hayotiy udumlariga, yoshlarimizni zaharlab, ma’naviy jihatdan qaram etishga qaratilgan mafkuraviy xatarlarga qarshi samarali kurash olib borishga talabalarni yo‘naltirish; - хalqaro maydonda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab tahlikali davrda talaba yoshlarni turli mafkuraviy hurujlardan himoya qilish, ularning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish; Shuningdek, g`oyaviy-mafkuraviy ishlarga sistemali yondoshish, birinchidan, shu sohadagi muammolarni ilmiy tahlil qilishning zaruriy sharti bo‘lsa, ikkinchidan, bu - milliy mafkuraning nazariymetodologik xarakteriga mos keladi. Boshqacha aytganda, milliy mafkuraning o‘zi, jamiyatimiz taraqqiyoti va manfaatlarini ifoda qiluvchi yaxlit sistemalashgan g`oyalar, nazariyalar tizimidan iborat bo‘lib, uni ro‘yobga chiqarish bilan bog`liq amaliy ishlar ham shunga muvofiq bo‘lishi lozim. Insoniyat tarixi ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyat va davlatning buyuk boyligi va kuch-qudrat manbai ekanini, bu hayotda ma’naviyatsiz hech qachon odamiylik va mehr-oqibat, baxt va saodat bo‘lmasligini yaqqol tasdiqlaydi. Yer yuzida qancha inson, qancha taqdir bo‘lsa, har birining o‘z ma’naviy olami bor. Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak. Shuning uchun ham o‘zligini, insoniy qadr-qimmatini anglab yetgan har qanday odam bu haqda o‘ylamasdan yashashini tasavvur qilish qiyin. Aslida “Ma’naviyat” arabcha so‘z bo‘lib “ma’no” fe’lidan olingan: ruh, aql, ong, idrok, ruhiy holat, ichki kayfiyat, dadillik, jasorat, xususiyat, mohiyat, g‘amxo‘rlik, qayg‘urish didi kabi bir necha ma’nolarni anglatadi. “Vatan tuyg‘usi” kitobining mualliflari “Ma’naviyat - jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha”[1] - deb ta’riflaganlar. Bundan tashqari bir qator olimlarimiz anjumanlarda qilgan ma'ruzalarida “ma'naviyat - insondagi axloq, odob, bilim, ilm, iymon, ixlos va insoniyat kamoloti uchun ijobiy ta'sir qiluvchi tizim yoki ma'naviyat - insonning aqliy, axloqiy, ilmiy, amaliy, mafkuraviy qarashlar yig`indisi hisoblanib, diniy va dunyoviy qarashlarining aks etish darajasidir”, dеb ta'rif bеrib kеlmoqdalar. Abdurahim Erkayеvning fikricha, “Ma'naviyat – insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatidir, ya'ni insonning mеhr-muruvvat, adolat, to’g’rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go’zallikni sеvish, zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko’plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir”. Ma'naviyat muammosi bilan anchadan buyon shug’ullanib kеlayotgan olimlarimizdan biri M. Imomnazarov mazkur masalaga bag’ishlab ikkita kitob chiqardi. Muallif birinchi kitobida “Ma'naviyat inson qalbidagi ilohiy nur...”, - dеb yozgan bo’lsa, ikkinchi kitobida “Ma'naviyat - inson qalbida, ko’ngil ko’zgusida aks etgan haqiqat nuridir, dеyilgan ta'rif darhaqiqat, so’fiyona ramziy ta'rifdir, zotan boshqacha ta'rif bu chеksiz mohiyatni chеklab qo’yadi”[2 ], - dеb yozadi. Erkin Yusupov insonda mavjud bo’ladigan hamma xislatlar emas, balki ijobiylarigina ma'naviyat bo’la olishini ko’rsatib: “Ma'naviyat - inson axloqi va odobi, bilimlari, istе'dodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e'tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarining bir-biri bilan uzviy bog`langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etadigan mushtarak tizimdir”, - dеb ta'riflaydi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ma’naviyatga shunday ta’rif beriladi: “Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”[3 ].


Download 97.19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 97.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti

Download 97.19 Kb.