Fanni o’qitish maqsad va vazifalari




Download 97.19 Kb.
bet4/8
Sana06.11.2023
Hajmi97.19 Kb.
#94764
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sharipova Sadoqat Anvar qizi
Foydalanuvchi interfeysi tahlili va loyihalashtirish Reja; Foyda, Анкета для физ лиц, Koronavirus infektsiyasi, 1 -Mavzu, FJSmtLWXw7D1NnQ7qxeV, Actual reading 1, @pdfustabot4, Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida AKT o‘rni va ahamiyati, Abduvaliyev Ruzamat, SHTA fanidan mustaqil ishi, Mustaqil ish, mUSTAQIL ISHGA BETLIK, Anketa - so\'rovnoma (@FaqatYetakchilar)
1.2.Fanni o’qitish maqsad va vazifalari.
Ma’naviyat asoslari ta’limining shakllanishi va rivojlanishi quyidagi meyoriy-huquqiy asoslar bilan bevosita bog‘liq: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida», 2017 yil 5 iyuldagi PF5106-son «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmonlari, 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-son «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida», 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrdagi 736-son «Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son «Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari hamda 2020 yil 23-sentabrdagi O`RQ-657-son “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va boshqalar. Milliy g`oya, ma`naviyatga oid fanlarni o`qitilishda mа’nаviy mеrоs vа diniy qаdriyatlаrni chuqur o’zlаshtirish millаtimizning o’zo’zini аnglаshigа erishish, milliy g’urur iftiхоr tuyg’ulаrini izchillik bilаn mustаhkаmlаsh, mustаqillik shаrоitidа milliy g’оya vа milliy mаfkurаni shаkllаntirish hаmdа uni хаlqimiz dunyoqаrаshigа аylаnishgа, erishish, tа’lim tizimini islоh qilish, kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturini аmаlgа оshirish аsоsidа bаrkаmоl аvlоdni shаkllаntirish, sоg’lоm аvlоd dаsturini аmаlgа оshirish аsоsidа jismоnаn bаquvvаt, ruhi, fikri sоg’lоm, iymоn-e’tiqоdi butun, bilimli, mа’nаviyati yuksаk, mаrd vа jаsur vаtаnpаrvar аvlоdimizni shаkllаntirish, milliy-mа’nаviy sаlоhiyatimizning jаhоn sivilizаtsiyasidаgi o’rnini tiklаsh vа bugungi kundа mа’nаviyat, mа’rifаt fаn, tехnikа, tехnоlоgiya yutuqlаrini chuqur o’zlаshtirish аsоsidа hоzirgi zаmоn umumjаhоn mа’nаviyati tizimi rivоjigа hissа qo’shish, yoshlаr mа’nаviyatini milliy istiqlоl g’оyalаri bilаn bоyitib bоrish, ulаr оngidа mаfkurаviy immunitеtni kuchаytirish, insоniyatning аsrlаr dаvоmidа yarаtgаn vа umumjаhоn mulkigа аylаngаn bаrchа bоyliklаrini milliy-mа’nаviy sаlоhiyatimizning аjrаlmаs qismigа аylаntirish kаbilаrdir, ma’naviyatning yaxlit soha sifatida tan olinishi. Bugungi kunda milliy ma’naviyatimiz asoslarini ilmiy-nazariy o’rganish zarurati katta ahamiyatga ega. Milliy g‘oya milliy tarbiya an’analariga katta e’tibor bergan holda jamiyat a’zolarining ma’naviyatlarini yuksaltirib, ularda vatanparvarlik, milliy iftixor, millatparvar tuyg‘usini iymon va e’tiqod darajasiga ko‘tarib beradi. U har bir millatning tili, milliy merosi, qadriyatlari va urfodatlariga hurmat bilan qarash, ularning millat ijtimoiy-ma’naviy kamolotini muhim omili deb bilishni shakllantirish vazifalarini ham bildiradi. Milliy g‘oya elim, yurtim deb kuyinib yashaydigan fidoyi insonlarni voyaga yetkazish omillaridan biri hamdir. Milliy g‘oya har bir fuqaroni iymonli, insofli, halol, mehnatsevar, mehr-muruvvatli, rahm-shafqatli, adolatparvar, axloqli, odobli bo‘lishi, ma’naviy kamolotni hal qiluvchi omili deb biladi. Milliy g‘oya millatni ulug‘lashni qadrlashni millat manfaati yo‘lida fidoiy bo‘lishni insoniylik burchi ekanligini har bir fuqaroni ongi va qalbiga singdirib boradi. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari ta’limi ma’naviy hayotni yuksaltirish yo‘lidagi o‘z vazifalarini bajarib borishi va uni yanada kuchaytirish tarixiy zaruriyatdir. U tizim sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi: oila-mahalla, ta’lim tizimi va hk. 1996 yil 9 sentabrda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni, 1998 yil 24 iyulda Vazirlar Mahkamasining “Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, 1999 yil 3 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni chiqdi[4] . 2001 yil 18 yanvarda 2001 yil 18 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani boyicha ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida”gi Farmoyishi qabul qilindi. Nihoyat, 2021 yil 26 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi PQ – 5040-son Qarori qabul qilinib, unga ko‘ra ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g`oyasini keng targ`ib etish orqali jamiyatda sog`lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, oila, ta`lim tashkilotlari va mahallalarda ma`naviy tarbiyani uyg`unligini ta`minlash, targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish, el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish, geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish[5] asosiy vazifalardan biri sifatida keltirilgan. Aslida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ham o‘z o‘rnida ma’naviy qadriyatlar mezonidir. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma`naviy - axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta`lim – tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora tadbirlari to`g`risida” 2018 yil 14 avgustdagi ПҚ-3907-son Qarori, 2017 yil 28 iyuldagi “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko`tarish to`g`risida” ПҚ-3160-son Qarori, 2019 yil 3 may “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi ПҚ-4307- son Qarori ham milliy g‘oya va ma’naviyat rivojida muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, mamlakatimizda milliy g‘oya va ma’naviy sohasida olib borilayotgan islohotlar ham bu borada alohida ahamiyatga ega.
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Chunki, bu fanlar ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimizning maqsad-muddaolari va orzu-intilishlarini, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatimizning shakllanib kelayotgan milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini fanning xususiyatlari nuqtai nazaridan chuqur va atroflicha o‘rgatadi. Hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, o‘sib-unib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu ishni bamisoli yosh niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog‘bondek noziklik va mehr bilan, oqilona yo‘l bilan amalga oshirish lozim. Chunki “Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”[6 ].
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov 1997 yil 29 avgustida Oliy Majlisining 9-sessiyasida “Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” nutqida “Har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan balki birinchi navbatda o‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir” degan edilar. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatmizni tiklash va yanada yuksaltirish milliy ta’lim – tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Bu ma’naviy mezonlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan emas. Ular insoniyatning ming yillik tarixi ota-bobolarimizning necha-necha avlodlari tajribasi davomida yuzaga kelgan. Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singib kelgan. Inson mohiyati aqlda, aqlning mohiyati esa xarakterda namoyon bo‘ladi, degan edi buyuk mutafakirlardan biri. Demak, insonning insonligini ifoda etuvchi yagona mezon aql-idrok, ong va tafakkur darajasi bo‘lsa, ularning mohiyatini ochib beruvchi, miqyosi va ko‘lamiga baho beruvchi bosh mezon xatti-harakati, hayotga va atrof muhitga munosabati, o‘z-o‘zini boshqarishdagi ichki qudratdir. Ana shu ichki qudratga tayangan xalq Sharqning diyonat, or-nomus, sharm-hayo kabi fazilatlarni asrlar mobaynida oliy qadriyat sifatida avaylab-asrab kelmoqda. Ularni milliy istiqlol g‘oyasi orqali yoshlar ongi va qalbiga singdirishning ahamiyati nechog‘li ekanligini anglash muhim. Bu har bir yoshga o‘ziga xos mas’uliyat yuklaydi hamda shularga o‘xshagan va shunga harakat qilayotgan yoshlarning yangi avlodi yetishib chiqishiga olib keladi. XXI asrni axborot asri, axborot texnologiyalari asri deb atash tobora rasm bo‘lmoqda. Chunki asrimizda inson eshitayotgan, ko‘rayotgan barcha-barcha narsalar uning istaklarini, didini o‘zgartirishga, fikriga ta’sir qilishga yo‘naltirilgan. Hozirgi davrda inson ongi va qalbini egallash uchun kurash borayotgani hech kimga sir emas. Shuning uchun yot mafkuraviy ta’sirlarga qarshi kurashda uzilishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday sharoitda begona mafkuralarning qo‘poruvchi ta’siriga qarshi doimiy va uzluksiz aksiltarg‘ibotni tashkil etish muhim sanaladi. chunki bunday mafkuraviy kurashni nafaqat mamlakatimiz ichkarisida, balki xalqaro maydonda ham olib borish talab etiladi. Yoshlarda mehnatga ishtiyoq uyg‘otish, tirishqoq va serg‘ayrat shaxsni tarbiyalash, shaxsni o‘zi ustida qunt bilan ishlashga o‘rgatish, unda o‘ziga ishonchni qaror toptirishdan ham manfaatdormiz. Shuningdek, milliy g‘ururi baland, mas’uliyat va burch hissiga ega, intizomli, demokratiyani hayot tarziga aylantirgan, kelajagi o‘z qo‘lida ekaniga ishongan mustaqil shaxsni tarbiyalashga ustuvorlik berish zarur. Inson mafkurani hayotdan uzilib qolgan, begona va mavhum narsa sifatida tushunmasligi kerak. Milliy g‘oyani oddiy va yurakka yaqin g‘oyalar orqali singdirish, ya’ni milliy g‘oyaning inson ongidan o‘rin olishi bilan qanoatlanmay, balki uning qalbiga jo qilish zarur. Bu sohada amalga oshiriladigan ishlar o‘zining samarasini berishi shubhasiz. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarning o‘qitilishini yanada takomillashtirish zarurligining sabablaridan biri, millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qat’iy nazar, uning real sub`yekt, ma’lum moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi, iste’molchisi, boshqalarda uchramaydigan, o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o‘zining mustaqil o‘rniga ega bo‘lishi kabi omillarni, ya’ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarilgan edi. Uni hal etish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga egadir. Ma’naviy-mafkuraviy ishlarni milliy taraqqiyot tamoyillari va manfaatlari asosida (g`oyaviy-nazariy darajada) sistemali tashkil qilish zarurati shundaki: Birinchidan: ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch qudratidir; Ikkinchidan: jamiyatni ma’naviy yangilashdan bosh maqsad – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish va komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi ko‘p-ko‘p muhim masalalardan iborat. Uchinchidan: ma’naviyatni rivojlantirish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga ega; To‘rtinchidan: mustaqillikning uch tayanchi: mustaqil milliy siyosat, iqtisodiy qudrat va xalq ma’naviyati bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro uyg‘un rivoji ta’min etilsagina, O‘zbekiston buyuk yurt sifatida jahon hamjamiyatidan o‘z munosib o‘rnini egallay oladi. Tayanch tushuncha va iboralar: Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlar, ma’naviy-mafkuraviy ishlarni milliy taraqqiyot tamoyillari va manfaatlari asosida (g`oyaviy-nazariy darajada) sistemali tashkil qilish, madaniy–ma’rifiy yuksaklik, ijtimoiy –didaktik taraqqiyot, falsafiy-pedagogik o‘sish, iymone’tiqodning butunligi, milliy axloq -odob meyorlariga to‘la rioya qilish, ilm–ma’rifatli bo‘lish, insonparvarlik, vatanparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, milliy qadriyatlarga muhabbat, fidoyilik, mardlik, jasurlik tashabbuskorlik.



Download 97.19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 97.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fanni o’qitish maqsad va vazifalari

Download 97.19 Kb.