• Kurs ishining predmeti
  • Kurs ishining metοdi
  • Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti




    Download 78.33 Kb.
    bet2/5
    Sana06.11.2023
    Hajmi78.33 Kb.
    #94780
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Abduvaliyev Ruzamat
    Foydalanuvchi interfeysi tahlili va loyihalashtirish Reja; Foyda, Анкета для физ лиц, Koronavirus infektsiyasi, 1 -Mavzu, FJSmtLWXw7D1NnQ7qxeV, Actual reading 1, @pdfustabot4, Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida AKT o‘rni va ahamiyati, Sharipova Sadoqat Anvar qizi, SHTA fanidan mustaqil ishi, Mustaqil ish, mUSTAQIL ISHGA BETLIK, Anketa - so\'rovnoma (@FaqatYetakchilar)
    Mavzuning maqsadi va vazifalari: Ma`naviyat asoslari fani o'qituvchisining metodik tayyorgarligi deyilganda biz buni ilmiy dunyoqarash asosida fanlarni o'qitish metodikasini umumiy pedagogik psixologik va ijtimoiy tayyorgarlik bilan uzviy bog'lanishda tayyorlanishni tushunamiz Bunday tayyorlanish vazifasiga Ma`naviyat asoslari fani sohasida ma’lum bilim va o'quvlarni egallash va bolalarni o'qitish orqali tarbiyalashni o'zlashtirishi kiradi
    Kurs ishining predmeti. Bο’lajak ο’qituvchilarda pedagοgik notiqlik san’atini shakllantirish omillari va bο`lajak maktab ο’qituvchilarida ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish usullarini yοritib berish.
    Kurs ishining ilmiy yangiligi. Bο’lajak ο’qituvchining pedagοgik notiqlik va ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishning subyektiv οmillari, bο’lajak ο’qituvchilarda nutq texnikasini shakllantirish naqshlari va pedagogik faoliyatda ijodkorlik qobiliyatining pedagοgik psixοlοgik xususiyatlarini yοritib berish.
    Kurs ishining metοdi. Mavzuga οid psixοlοgik, pеdagοgik adabiyοtlarni ο’rganish, tahlil qilish, umumlashtirish, kuzatish, sο’rοvnοma, tadqiqοt natijalarini umumlashtirish.


    I BOB.Dars jarayonini samarali tashkil etish
    1.1.Pedagogik texnologiya tushunchasi
    Pedagogik texnologiya-qat’iy ilmiy rejalar va ta’limning muvaffaqiyatli bo’lishini kafolatlashdir.Har qanday pedagogik muammoni malakali professional o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan yetarli texnologiyalar yordamida samarali hal etish mumkin.Pedagogik texnologiyalarni o’qituvchi va talabalarning o’zaro aloqalaridagi maqsadlari,imkoniyatlari va shartlariga muvofiq ravishda erkin tanlash imkoniyati.Texnologiya muallifning muayyan uslubiy va falsafiy pozitsiyasiga asoslangan maxsus pedagogic kontsepsiya uchun ishlab chiqiladi. Ta’lim texnologiyasi o’rganishni osonlashtirish uchun kompyuter texnikasi ,dasturiy ta’minot va ta’lim nazariyasi va amaliyotidan birgalikda foydalanishdir. Milliy g‘oya va ma’naviyatga oid fanlarni o‘qitishda odatda an’anaviy va noan’anaviy ta’lim modellaridan keng foydalaniladi. An’anaviy dars - (“markazda o‘qituvchi bo‘lgan ta’lim modeli”,- deb ham atashadi) muayyan muddatga mo‘ljallangan,ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir. An’anaviy darsning asosiy maqsadi dars mavzusining asosiy mazmuni, tushuncha va faktlarni o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga yetkazish va tushuntirishdan iborat. Odatda, an’anaviy dars berishga passiv dars berish usuli sifatida qaraladi. Lekin darsda o‘quvchilarning faol yoki nofaolligi darsni qanday o‘tishga va uni rejalashtirishga bog‘liq. An’anaviy darsning samaradorligini oshirish uchun dars jarayonini oqilona tashkil qilish, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligini mutassil rag‘batlantirib turish, o‘quv materialining mazmunini ochishda baxs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, turlicha baholash usullari va vositalarini o‘z o‘rnida qo‘llash talab etiladi. “Ta’kidlash joizki, - deb yozadi – metodist olim B.To‘xliyev – interfaol usullarni an’anaviy ta’lim metodlariga mutlaqo qarshi qo‘yib bo‘lmaydi. Ular bir-birini inkon etadigan, biri boshqasiga halaqit beradigan emas, balki bir-birini to‘ldiradigan ta’lim usullaridir. O‘qitish jarayonida yo an’anaviy, yoxud interaktiv metoddan birini tanlash kerak qabilida yondashish ma’rifiy jaholatdan boshqa narsa emas. Ta’lim metodlari son-sanoqsiz va ularning har biri o‘zi qo‘llanilayotgan vaziyat uchun betakror ahamiyatga egadir”[1 ]. An’anaviy ta’lim modelining afzalliklari: -Ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq, ma’lum tushunchalarni, fanni o‘rganishda foydali; -O‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayoni muhiti yuqori darajada nazorat qilinadi; -Vaqtdan unumli foydalaniladi; -Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi. An’anaviy ta’lim modelining kamchiliklari: - O‘quvchilar passiv ishtirokchi bo‘lib qoladilar; - O‘qituvchining to‘la nazorati barcha o‘quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi;
    - O‘quvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi; - Eslab qolish darajasi hamma talabalarda bir xil bo‘lmaganligi sababli, guruh bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi mumkin; - Mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. Noan’anaviy ta’lim modelining afzalliklari: - O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi; - O‘z vaqtida qayta aloqalarning ta’minlanishi; - Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi; - Turli o‘qitish usullarining taklif etilishi; - Motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi; - O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi; - Muloqatga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi; - O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi; - O‘quvchilarning mavzu mazmuniga, o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabati; - O‘quvchining mustaqil fikrlay olishi; - Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi; - Muammolarni yechish ko‘nikmalarining shakllanishi. Noan’anaviy ta’lim modelining kamchiliklari: -Ko‘p vaqt talab etilishi; - Talabalarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi; - Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham o‘qituvchi rolining past bo‘lishi; - O‘qituvchining o‘zidan ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolarni yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishi. “Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va talabalar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”. Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to‘laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo‘lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi- yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, “ta’lim metodi” tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o‘zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar “ta’lim metodlari talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini taxminlovchi usullar majmuidir. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, uning yordamida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi. Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o‘zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
    Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini yaratuvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Pedagogik texnologiyaning mazmuni esa o`qituvchi, tarbiyachi tomonidan o`quvchi (ta’lim oluvchi)ga aqliy, ruhiy, axloqiy jihatdan turli usulda ta’sir o`tkazishdan iboratdir. pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda ‘aydo bo`ldi va turli rivojlanish bosqichlaridan o`tib kelmoqda. 70-yillarda „Pedagogik texnologiya” atamasi qo`llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o`quv jarayonini ifodalagan. 1979-yilda AQShning pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: „Pedagogik texnologiya bilimlarni o`zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, muammoning yechimini baholash va uni boshqaruvchilar, g`oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o`z tarkibiga oladigan kompleks integrativ jarayondan iborat…”. 80- yillarning boshidan Pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo`lib, ulardan ayrimlarini ko`rib chiqamiz:
    Pedagogik texnologiya — o`qituvchi mahoratiga bog`liq bo`lmagan holda pedagogik muvaffakqiyatni kafolatlay oladigan, o`quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir. (V.P. Bespalko). Pedagogik texnologiya — o`quv jarayonining o`quvchilar va o`qituvchi uchun so`zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o`tkazish bo`yicha hamma detallari o`ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli. (V. M. Monaxov.) Pedagogik texnologiya — bu o`qitishga o`ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir. U Pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning Pedagogika sohasiga ko`chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi. (B. L. Farberman.) Hozir ta’lim-tarbiya sohasida rivojlanib borayotgan yo`nalishlardan biri — zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o`quv jarayonida qo`llash bo`lib, uni amalga oshirish dolzarb vazifalardandir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o`z bilim va tajribalarini o`sib kelayotgan avlodga o`rgatishdan iborat bo`lib, bu jarayonda, asosan, inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan-avlodga uzatish amalga oshiriladi.

    Download 78.33 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 78.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti

    Download 78.33 Kb.