“Редактировать” – Windows stolidagi grafik maydon qismlarini taxrir qilish menyusi;
“Вид” – Ekran ko’rsatgichlarini boshqarishda kerakli asboblar paneli va boshqa buyruqlarni o’rnatadi;
“Вставка” – ilovadagi va tashqi obektlarni bloklarga qo’yishni ta’minlash;
“Формат” – rang va chiziq turlari, matn holatini va o’lchamini boshaqarish, o’lchamlar birligini o’rnatish, chizma chegaralarini aniqlash kabi buyruqlar menyusi;
“Инструменты” – ekranda foydalanishda tizimlarni boshqarish buyruqlari menyusi. Ular yordamida muloqot darchasidan foydalanib, chizma ko’rsatgichini o’rnatish kabi buyruqlar bajariladi;
“Рисовать” – turli shakllar chizish va hajmini o’zgartirish kabi buyruqlarni bajaradi;
“Размер” – o’lcham ko’rsatgichlarini boshqarish va ularni qo’yish buyruqlari ochiladi;
“Изменить” – chizma elementlarini o’zgartirish – chizmani va undagi yozuvlarni tarir qilish buyruqlari ochiladi;
“Express” – servis xizmati ko’satish;
“Окно” - bir vaqtda foydalanishda bo’lgan axborotlarni fayldan faylga o’tib ularni ochadi;
“Справка” – AutoCAD 2004 dasturi haqida yangi foydalanuvchilar uchun to’liq ma’lumot berilgan.
III. Standart asboblar paneli.
Standart asboblar paneli asosiy menyu ostida joylashgan (4-rasm). Asboblarning standart panelida ko’p ishlatiladigan menyu buyruqlarining chaqirish uchun maxsus tugmachlar joylashtirilgan.
1.4-rasm.
“Новый” - yangi list ochish buyrug’ tugmasi;
“Открыть (Ctrl+O)” – mavjud faylni ochish buyrug’i;
“Сохранить (Ctrl+S)” - faylni hotirada saqlash buyrug’i;
“Печать (Ctrl+P)” – chizmani qog’ozga chiqarish tugmasi;