201
shunga o‘xshash imoratlarga asoslanib belgilanadi. So‘ngra tashqi kuchlar ta’sirida hosil
bo‘lgan ichki kuchlar va ko‘ndalang kesimlar qurilish normalaridagi shartlarga binoan 1-
va 2- chegaraviy holatlar bo‘yicha tekshiriladi. Birinchi chegaraviy holat bo‘yicha har bir
elementining yuk ko‘tarish qobiliyati tekshiradi. Agarda qabul qilingan o‘lcham
shartlarni qanoatlantirmasa, u holda tegishli kesim, ba’zan material turi o‘zgartiriladi.
Yangi qabul qilingan yoki topilgan xarakteristikalarni e’tiborga olib, hisob yana
boshqatdan boshlanadi. Bu ketma-ket (interativ) hisoblash usuli hamma kesimda shartlar
to‘liq bajarilmaguncha davom ettiriladi.
D) variantlami solishtirish yoki optimal loyihalash. Mustahkamlik, biktlik va
ustivorlik shartlarini bajarish bilan birga ramaning eng maqsadga muvofiq parametrlarini
topish
optimal loyihalash deb yuritiladi.
Optimal loyihalash ancha murakkab muammo bo‘lishiga
qaramasdan juda tez
rivojlanayotgan sohadir.
Konstruksiyalaming optimal yechimni topish uchun tegishli matematik usulni tanlab.
masala shartalarini to‘g‘ri va aniq ifodalab, konstmksiyaning iqtisodiy ko‘rsatkichini eng
muvofiq yechimgacha olib borish kerak.
Optimal loyihalashda quyidagi bosqichlar mavjud:
— iqtisodiy ko‘rsatkich va o‘zgaruvchan parametrlarni belgilash;
— masalaga qo‘yilayotgan hamma asosiy shartlami aniqlash;
— masalaning matematik modelini topish;
— modelga
mos matematik usul tanlash;
— masalani, ya’ni ramani hisoblash, shuborada optimal xarakteristikalarni
aniqlash;
— yechim qabul qilish.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar
sharoitga, imoratning kategoriyasiga qarab har xil bo‘lishi
mumkin. Aksariyat hollarda bu ko‘rsatkichlar konstmksiyaning narxi,
uning nazariy
hajmi yoki og‘irligi, temir va boshqa noyob materiallarning sarfi bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy ko‘rsatkich optimal lovihalashning mezoni deb yuritiladi. O‘zgaruvchi parametr
sifatida noma’lum xarakteristikalarni, masalan,
EF, El, Ru, Ra va
hokazolarni qabul
qilish mumkin.
Optimallashda turli shart va sharoitlami hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Bu shart va
sharoitlar
masalaning
ruxsat
etilgan
chegarasini
aniqlaydi.
Qabul
qilingan
optimallashtirish mezoni va ruxsat etilgan chegaralaming matematik ifodalari
masalaning
matematik modeli deb ataladi.