91
Vint
Vint silindrik sterjen bo‘lib, uning
bir tomoniga rezba chiqarilgan, ikkinchi
tomonida esa, tayanch uchun kallagi bor.
Vint detallarni mahkamlash va o‘rnatish uchun ya’ni
mashina va mexanizimlarni
yig‘ishda detallarni bir-biriga nisbatan muayyan holatda joylashtirib mahkamlash uchun
foydalaniladi. Ularning bir-biridan farqi o‘rnatish vintining birtomoni to‘liq kesilgan va
ikkinchi tomonida silindrik yoki konus yoki boshqa xil
shaklda chiqib turgan qismi
proeksialarida bo‘ladi; mahkamlash vintining kallak qismi otvyortka (ochar) uchun
o‘yig‘i bo‘ladi yoki klyuch (kalit) uchun qisman kesilgan bo‘ladi.
Vint kallagining o‘lchami va shakli standartlashtirilgan.
Silindrik kallakli vintning
o‘lchamlari
GOST 1491-96 da, yarim yumaloq kallakli vintning o‘lchamlari
GOST
17473-96 da, yashirin kallakli vintning o‘lchami
GOST 17475-96 da yarim dumaloq va
yarim yashirin kallakli vintning o‘lchamlari
GOST 17474-96 da berilgan.
Birinchi xil bajarilishi
A klass
aniqlikdagi, rezbadiametri
d=12 mm, yirik qadamli,
uzunligi l =50
mm, mustahkamlik klassi 5 •
8 bo‘lgan yashirin
kallakli vintning shartli
belgisi:
Vint AI.M12x50.58. GOST 17475-96.
Vint kallagi elementlarining o‘lchamlarini uning rezbasi diametriga nisbati, d da
berilgan. O‘rnatish vintlarining kallagi olti yoqli yoki kvadrat shaklda yoxud o‘yiqi
bo‘ladi. Bularning uchlari GOST 1476-96 bo‘yicha
konussimon, GOST 1482-96
bo‘yicha silindrik, GOST 147796 bo‘yicha kesik konus faskali qilib tayyorlanadi.
Yog‘och uchun mo‘ljallangan vintlar tuzilishiga qarab shurup va gluxar bo‘ladi.