• 4. Shpilka bilan vint chizmalarini tasvirlanishi Mahkamlash detallari
  • Bolt
  • Chizmachiligi pedagogik innovatsiyalar, professional




    Download 11,26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/129
    Sana02.02.2024
    Hajmi11,26 Mb.
    #150515
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   129
    Bog'liq
    Qurilish chizmachiligi Kamilova Shamsiya Kamilovna

     
     


    86 
    № 7-mavzu:Mahkamlash detallari. Bolt, gayka, shayba, shpilka, vint chizmalari 
     
    Reja: 
    1. Mahkamlash detallari 
    2. Bolt chizmada tasvirlanishi 
    3. Gayka va shayba chizmalari 
    4. Shpilka bilan vint chizmalarini tasvirlanishi
     
    Mahkamlash detallari 
     
    Rezbalaryordamida birikmalarhosil qiladigan rezbali detallarga mahkamlash 
    detallari deb aytiladi. Bularga bolt, vint, shpilka, gayka va fitinglar kiradi. Detallami 
    biriktirishdagaykaostida shaybaqo‘yiladi. Siltanib, tebranib ishlaydigan mahkamlash 
    detallari o‘z-o‘zidan ochilib ketmasligi uchun prujina shaybalar va shplintlardan 
    foydalaniladi. Bu detallaming shakli va o‘lchamlari GOSTlarda belgilangan. 
    Mahkamlash detallari stanokda ishlov berish paytida qanday vaziyatda bo‘lsa, ular 
    shunday vaziyatda chiziladi. 
    Bolt 
     
    Bolt bir tomoniga rezbasi bo‘lgan ikkinchi tomoni esa har xilt shakldagi kallakdan 
    iborat sterjen. 
    Sterjenning rezbali tomonining uchiga o‘qqa nisbatan 450 burchakli konus faska 
    chiqarilgan. Kallakning sterjenga qaragan tomoni tekis qilib ish- langan. Uning ikkinchi 
    tomoniga yasovchilari o‘qqa nisbatan 600, tomoniga nisbatan 300 burchakka qiya 
    bo‘lgan konus faska hosil qilingan. Boltlaming kallagi olti qirrali, kvadrat, yarim-
    yumaloq, silindrik va shunga o‘xshash shakllarda bo‘ladi. 
    Asosan, aniqlik darajasi past, normal va yuqori bo‘lgan boltlar ishlab chiqariladi. 
    Boltlar o‘ziga xos konstruktsiyasi (tuzilishi) bo‘yicha uch xil bajariladi: 1 bajarilish - bolt 
    sterjeniga shplint uchun teshik bo‘imaydi; II bajarilish - bolt sterjenining rezbali qismiga 
    shplint uchun mo‘ljallangan teshik bo‘ladi. Bu teshik birikmadagi gayka har xil 
    tebranish, silkinishlarda o‘z-o‘zidan buralib ochilib ketmasligi uchun shplintga 
    mo‘ljallangan (a va b); III bajarilish - bolt kallagida ikkita teshik bo‘ladi. 
    Bu teshiklar boltni o‘z- o‘zidan buralib ochilib ketmasligi uchun shplintovka simlariga 
    mo‘ljallangan. 
    Sterjen kallagi konus faskali olti burchakli prizma bo‘lgan bolt ko‘p tarqalgan. Bolt 
    chizish uchun uning o‘lchamlari GOST 779896 da keltirilgan. Boltni chizmasini chizish 
    uning kallagini chapdan ko‘rinishini chizishdan boshlanadi. Ddiametrli aylanachizilib, 
    undaichki muntazam oltiburchak chiziladi. Uning qarama-qarshi joylashgan o‘zaro 
    parallel tomonlari orasidagi S masofakalit o‘lchamini belgilaydi. So‘ngra D,=0,9 S 
    diametrli aylana chiziladi. 


    87 
    41-rasm. 
    Bosh ko‘rinishda bolt kallagi balandligi (h) uzunligida, kallak qirralarining konturlari 
    chiziladi. Kallakning chap yon tomoniga diametrga teng kesmani o‘lchab qo‘yib, uning 
    a’va s' nuqtalaridan 30° burchak ostida chetki qirralarining proeksiyalari bilan b' va b' 
    nuqtalarda kesishguncha chiziqlar o‘tkaziladi. Bu nuqtalardan o‘tgan vertikal bog‘lovchi 
    chiziq ustdan ko‘rinishda kallak qirrasi bilan b = b
    t
    nuqtada kesishadi. Har bir qirraning 
    frontal va gorizontal proeksiyalaridatopilgan nuqtalari orqali aylana yoylari o‘tkaziladi. 

    Download 11,26 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   129




    Download 11,26 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chizmachiligi pedagogik innovatsiyalar, professional

    Download 11,26 Mb.
    Pdf ko'rish