|
Chizmachiligi pedagogik innovatsiyalar, professionalBog'liq Qurilish chizmachiligi Kamilova Shamsiya Kamilovna
4-rasm
O‘chirg‘ich(rezinka). Chizmada ko‘pincha yumshoq o‘chirg‘ich(rezinka) ishlatiladi.
Keraksiz chiziqlarni o‘chirish vaqtida chizma chap qo‘l bilan ushlab turiladi.
O‘chirg‘ich(rezinka)ni esa qattiq bosmaslik va mumkin qadar bir tomonga yurg‘izish
kerak.
Uchburchaklik. Uchburchakliklar yog‘ochdan va plastmassadan yasalgan bo‘lishi
mumkin. U vertikal va qiya chiziqlarni o‘tkazishda ishlatiladi. Bunda uchburchak bir
kateti bilan linekaga qo’yiladi, uning ikkinchi kateti bo‘yicha esa pastdan yuqoriga qarab
vertical chiziqlar tortiladi, qiya chiziqlar esa uchburchakning gipotenuzasi bo’yicha
o‘tkaziladi.
5-rasm
25
Transporter. Burchaklarni yasash uchun transporter ishlatiladi. Burchaklar yasashda va
o‘lchashda burchak uchi transportirda ko’rsatilgan maxsus belgida bo‘lishi shart.
Gotoval’niya. Chiziqlarni o‘lchaydigan, aylanalar chizadigan, chizmani tushlash va
boshqa ishlarni bajarish uchun belgilangan asboblar to‘plamiga gotoval’niya deyiladi.
quyidagi tipdagi (xildagi) gotoval’niyalardan foydalanish tavsiya etiladi. U 14, 15, 19 va
30 universal gotoval’niyadan foydalanish mumkin.
Qiyalik. To‘g‘ri burchakli A B C uchburchakning AB gipotenuzasi bilan AC kateti
orasida hosil bo‘lgan tangens burchagi (tga) qiyalik deyiladi. Bu yerda a qiyalik burchagi.
Qiyalik, ya’ni tga ko‘pincha I harfi bilan ifodalanadi. U BC va AC katetlarning nisbatiga
teng. Ya’ni:
6-rasm
26
7-rasm
|
| |