• 1 1 7-rasm. C hizma shriftlar.
  • -rasm. 15-rasm 16-rasm




    Download 8.05 Mb.
    bet14/89
    Sana01.08.2021
    Hajmi8.05 Mb.
    #16649
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89
    14-rasm.



    15-rasm 16-rasm


    2

    2

    2

    2

    2

    2

    1

    6

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    2

    4

    5

    5


    1
    1
    7-rasm.

    C

    hizma shriftlar. Barcha harf va raqamlarning bir xil yozilishi uchun umumiy qiyofa beradigan grafikaviy belgilar yig‘indisi shrift deyiladi. Har qanday chizmani bajarganda yozuv ishlatilmasa, chizma haqida to‘liq tushuncha hosil qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun buyum chizmasiga uning nomi, materiali, o‘lchamlari, kim tomonidan bajarilganligi va boshqa ma’lumotlarni chiroyli bir xilda yozish kerak bo‘ladi. Sanoatning barcha tarmoqlarida va qurilish chizmalarida texnikaviy hujjatlarda yozuvlar, davlat standarti GOST 2.304-81 (ST.SEV851-78)ga muvofiq bajariladi. Standartda shriftning quyidagi turlari belgilangan:

    A turdagi:

    - qiyalatmay tik holatda yoziladigan shrift;

    - taxminan 750 qiyalatib yoziladigan shrift.

    B turdagi:

    - qiyalatmay tik holatda yoziladigan shrift;

    - taxminan 750 qiyalatib yoziladigan shrift.

    O‘quv chizmalarida qiya shrift ko‘proq qo‘llaniladi. Shriftlar balandligi h bilan belgilanib, A turdagi shrift yozish uchun bosh harf balandligi h, 14 bo‘lakka (h/14), B turdagi shrift yozish uchun esa h, 10 bo‘lakka (h/10) bo‘linadi(18-rasm).

    Shrift o‘lchamlari bosh harfning balandligi bilan aytiladi, masalan 10-shrift deyilsa, bosh harfning balandligi h = 10 mm bo‘ladi. Davlat standartida chizma shriftning o‘lchamlari: 1,8; 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; 20; 28; 40; qilib belgilangan. Bunda 1,8 shriftni qo‘llash tavsiya etilmaydi, faqat B turdagi shrift uchun qo‘llash mumkin. O‘lchami 2,5 bo‘lgan yozuvlar esa bosh harflarda yoziladi.




    18-rasm.

    Harflar qalinligi, katak qalinligi d = (1/10h) ga, oralaridagi masofa a ga, eni g ga teng. Yozma (kichik) harflar balandligi esa c ga teng (19-rasm).

    Yozuvlarni yozishda shu qog‘oz chizig‘idan foydalanib harflar uchun joy ajratish va shrift o‘lchamini tanlab olish kerak. Agar yozuv yirik bo‘lsa, ya’ni harflar balandligi 7 mm dan katta bo‘lsa, quyidagicha ish tutiladi:

    1) harf balandligiga mos qilib ikkita parallel chiziq o‘tkaziladi;

    2) hamma harflar qiyaligi, ularning orasi qog‘oz chizig‘i yordamida va so‘zlar orasidagi oraliqlari belgilanib chiqiladi:

    3) yasalgan to‘rtburchaklar ichiga tegishli harflarni yozib chiqiladi (20-a,rasm).

    Yozuvlarning bu tartibdagi ko‘rsatilishi yirik yozuvlarga ham mayda yozuvlarga ham tegishlidir. Keyinchalik shrift yaxshi o‘rganilgandan so‘ng, mayda yozuvlarni yozishda har bir harf va raqamlar uchun to‘rtburchaklar yasab o‘tirmasdan, shu shrift uchun qabul qilingan qiyalikda bir necha ixtiyoriy parallel to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazib yozish mumkin. Shriftlar mukammal o‘rganilgandan keyin yordamchi shtrixlarni o‘tkazmaslik mumkin, biroq yozuvning balandligini belgilovchi parallel chiziqni albatta o‘tkazish zarur. Harf va raqamlar konstruksiyasini yaxshi o‘rgangandan keyin, ularning enini, orasini ko‘zda chamalab yozish mumkin.

    20-b,rasmda asosiy qiya shrift yozish namunasi keltirilgan. 21-rasmda esa lotin alfavitini, rim raqamlari va har xil belgilar ko‘rsatilgan. B turdagi shrift o‘lchamlari 3-jadvalda keltirilgan.






    Download 8.05 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89




    Download 8.05 Mb.