• 10.2 Gidravlik va pinevmatik sxemalar
  • III-QISM. QURILISh ChIZMAChILIGI
  • 11.2. Qurilish chizmachiligida ko‘rinishlar va shartli grafikaviy belgilari
  • 11.3. Binoni loyihalash va hujjatlarni tayyorlash
  • 11.4.. Bino rejasi, fasadi va qirqimlari
  • 11.5. Qurilish konstruksiyalari
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Chizmachilik




    Download 8.05 Mb.
    bet89/89
    Sana01.08.2021
    Hajmi8.05 Mb.
    #16649
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89

    10.1. Kinematik sxemalar

    Kinematik sxemalarning shartli belgilari GOST 2.770–68 (ST SEV 2519–80) da ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan ko‘proq uchraydigan­lari turli xil uzatmalar va mexanizimlardir (7- jadval).


    7-jadval. Kinematik sxemalar uchun shartli grafik belgilar

    Tartib nomeri

    Nomi

    Yaqqol tasviri

    Shartli belgisi

    1.

    Val, o‘q, valik, sterjen, shatun va hokazo





    2.

    Val o‘rnatilgan sirpanish va dumalash podshipniklar (tipidan qat’i nazar);

    a) radial



    b) bir tomonlama tirak




    a)


    b)


    3.

    Detalning val bilan birikmasi: a) erkin aylanadigan; b) aylanmasdan qo‘zg‘aladigan; v) qo‘zg‘almas




    a)

    b)

    v)


    4.

    Ikki val birikmasi
    a) qo‘zralmas; b) sharnirli




    a)

    b)


    5.

    Valga biriktirilgan pog‘onali shkiv





    6.

    Tishlashuvchi muftalar:

    a) kulachokli bir tomonlama;

    b) kulachokli ikki tomonlama;

    v) ikki tomonlama friksion (tipidan qat’i nazar)




    7-jadval davomi



    a)

    b)

    v)


    7.

    Yassi tasmali ochiq uzatma





    8.

    Zanjirli uzatma (zanjirning tipidan qat’i nazar)





    9.

    Tishli uzatmalar (silindrik):

    a) tashqi ilashma (tishlarining tipidan qat’i nazar umumiy belgisi);

    b) o‘shaning o‘zi, to‘g‘ri tishli;

    v) qiyshiq tishli uzatma






    a)

    b)

    v)


    10.

    Zallari kesishadigan tishli uzatma: konussimon):

    a) tishlari tipidan qat’i nazar umumiy belgisi;

    b) to‘g‘ri tishli uzatma;

    v) spiral tishli uzatma;



    g) aylanma tishli uzatma.




    v)

    g)

    b)

    a)


    11.

    Reykali tishli uzatma (tishining tipidan qat’i nazar)





    12.

    Harakat uzatuvchi vint





    13.

    Harakat uzatuvchi vintdagi gayka

    a) ajralmaydigan



    b) ajraladigan




    a)

    b)


    14.

    Elektr dvigatel





    15.

    Prujinalar:

    a) siqiluvchi

    b) cho‘ziluvchi

    v) konussimon




    7-jadval davomi



    a)

    b)

    v)






    204-rasm.

    Sxemalarda foydalaniladigan shartli belgilar tasvir mas­shtabiga rioya qilinmay chiziladi. Lekin o‘zaro ta’sirida bo‘la­digan element­larning shartli grafik belgilari o‘lchamlarning nisbati taxminan ularning haqiqiy o‘lchamlari nisbatiga mos kelishi kerak. Kinematik sxemalarni o‘qish 204-rasmda keltirilgan.



    10.2 Gidravlik va pinevmatik sxemalar

    Hozirgi zamon sanoatida va texnika adabiyotlarida gidrav­lik va pinevmatik sxemalardan keng foydalaniladi. Ko‘proq prinsipial sxemalar va ulash (montaj) sxemalari uchraydi.



    Prinsipial sxema – bu elementlar tarkibini va ular orasidagi bog‘lanishi to‘la aniqlovchi sxemalardir. Bunday sxema qurilmaning (ustanovka) ishlash prinsipi to‘g‘risida to‘la ma’lumot beradi.

    Ulash (montaj) sxema – bu sxema qurilma (ustanovka) qism­larining ulanishini ko‘rsatuvchi va biriktiruvchi trubalarni aniqlovchi, ularni ulanish va olib kirish joylarini ko‘rsa­tuvchi sxemalardir. Ulash sxemalari prinsipial sxemalar asosida ishlab chiqiladi. Gidravlik va pinevmatik sxemalar GOST 2.704-76 (ST SEV 1981-79) da o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha bajariladi (8-jadval). Buyumga kiruvchi va sxemada tasvirlangan elementlar hamda qurilmalarga pozitsion belgilar beriladi.

    Bu belgilar rus alfavitining bosh harfidan (yoki ikki harfdan) bu u bilan bir xil o‘lchamida yozilgan raqamdan tuzilgan bo‘ladi. Pozitsiya belgisiga kiruvchi harflar, odatda element nomining bosh harfi bilan bog‘liq bo‘ladi Masalan: filtr-F, nasos-N va h.k.



    10.3. Elektr sxemalar

    Hayotdagi ko‘pgina qurulma va buyumlar masalan oddiy elektr chirog‘idan tortib murakkab tuzulishdagi tarmoqlar elektr toki bilan ishlaydi. Ularni tushunish va o‘qish uchun elektr sxemalardan foydalaniladi. Bunday sxemalarni chizish va o‘qish uchun ularning shartli belgilarini yaxshi o‘zlashtirib olish kerak bo‘ladi. Elektr sxemalar GOST 2.771-74, GOST 2.755-74 larda berilgan shartli belgilar asosida chiziladi. (9-jadval).


    8-jadval. Gidravlik va pnevmatik sxemalarning shartli
    grafik belgilari

    Nomi

    Shartli belgisi

    Nomi

    Shartli belgisi

    Trubalar:

    a) so‘rish, bosim, quyish

    b) boshqarish






    Ikki tomonlama ish­laydigan silindr:

    a) bir tomonlama shtokli



    b) ikki tomonlama shtokli





    Bak (rezervuar)



    Drossel



    Bir xil yo‘nalish­dagi oqimli nasos



    Teskari klapan



    Shesternyali nasos



    Bog‘lanish liniyalarini ulash (biriktirish)



    Vintli nasos



    Bog‘lanish liniyalari­ning ustma-ust tushishi



    Parrakli rotatsion nasos



    Suyuqlikni bosim ostida keltirish



    Suyuqlik yoki havo filtri



    Suyuqlikni sistemadan chiqarish



    Gidromotor, umumiy belgisi



    Havo (gaz)ni bosim ostida keltirish



    Rostlash organi:



    4/2 taqsimlagichi:




    a) normal ochiq

    a) fiksatorli dastadan boshqariladigan



    b) normal yopiq

    b) prujinali qaytargi­chi bo‘lgan elektr mag­nitdan boshqariladigan









    Ikkita elektr magnit­dan boshqariladigan 4/3 taqsimlagich


    Elektr sxemalarda ishlatiladigan shartli belgilar ko‘pincha buyumning bosh harfi bilan belgilash odatiy hol bo‘lib qolgan. Masalan, o‘lchov asboblari aylana shaklida belgilanib, ular­ning ichiga A-amper; V-voltmetr; W-vattmetr va h.k. harflar yoziladi. Buyum elementlarining shartli grafik belgilari yoniga ularning harfiy belgilari ham qo‘yiladi. Rezistor (qarshilik) R harfi bilan, kandensator S harfi bilan, transformator Tr harflari bilan, lampa L harfi bilan belgilaniladi va xokazo. Quyida elektr sxemasiga misol keltirilgan (205-rasm).


    9-jadval. Elektr sxemalardagi shartli belgilar

    Doimin tok




    Akkumulyator




    O‘zgaruvchan tok




    Termorostlagich




    Vыklyuchatel




    Batarey




    Ajraluvchan kontaktorlar




    Induktiv g’altak




    Kontaktor



    Qizdiruvchi element




    Yoritish lampochkasi




    Qizdiruvchi biometall element




    Rezistor




    Transformator




    Eruvchan saqlagnch




    Kontaktor g‘altagi




    Ampermetr




    Kondensator




    Voltmetr




    Elektromagnit g‘altagi




    Vattmetr






    205-rasm.
    Savollar:

    1. Sxemalar qanday tasvirlanadi?

    2. Sxema ish chizmadan nimasi bilan farq qiladi?

    3. Prinsipial sxemalar qanday maqsad uchun belgilanadi?

    4. Prinsipial sixemalar mantaj sxemalaridan qanday farq qiladi?

    5. Elektr sxemalarida nimalar tasvirlanadi?

    6. Sxemalardan qanday xollarda foydalaniladi?

    III-QISM. QURILISh ChIZMAChILIGI



    11-BOB. QURILISh ChIZMAChILIGI




    11.1. Qurilish chizmachiligi haqida umumiy
    tushincha

    Qurilish chizmachiligi deb, turar joy, jamoat va sanoat binolari, muhandislik inshootlari va hokazo qurilmalarning elementlari tasvir­langan chizmalarga aytiladi. Industrial buyumlar va qurilish konst­ruk­siyalarining chizmalari, mashinasozlik chizmalari bilan ko‘pgina umumiylikka ega. Lekin qurilish inshootlarining masshtabida va turlarida katta farq bo‘lganligi uchun qurilish chizmalarini taxt qilish, ularda qo‘llanadigan shartli tasvirlar va belgilar o‘ziga xos xususiyat­ga ega. Bu xususiyatlar qurilish chizmachiligini mazmuni va ularning turlarini mashinasozlik chizmachiligidan farq qilishga olib keladi.

    Turli qurilish inshootlari ularning vazifasiga ko‘ra quyidagi 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi:

    a) turar joy va jamoat binolari – bularga turar joy binolari, yotoq­xonalar, klublar, kasalxonalar, maktablar, turli ma’muriy binolar va boshqa shunga o‘xshash joylar kiradi;

    b) sanoat binolari – fabrika, zavod binolari, elektrostansiyalar, bug‘xona va har xil korxonalar;

    v) qishloq xo‘jalik binolari – mol va paranda boqiladigan ferma­lar, qishloq xo‘jalik mashinalarini remont qilish va saqlash binolari, omborxonalar va mahsulotlar saqlanadigan binolar;

    g) muhandislik inshoatlari – ko‘priklar, tonnellar, yo‘l estaka­da­lari, to‘g‘onlar, turli gidrotexnika va yer inshoatlari, domna o‘choq­lar, rezervuarlar va boshqa qurilmalar kiradi.

    11.2. Qurilish chizmachiligida ko‘rinishlar va
    shartli grafikaviy belgilari

    Qurilish chizmachiligida turar joy binolarining reja­larida va qirqimida deraza, eshik o‘rinlari, sanitariya-texnikasi jihozlari, vanna, unitaz, yuvingich, dush kabinalari, dudburon, va ventilyatsiya tarmoqlari va shunga o‘xshashlar soddalashtirilib shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi.



    10-jadvalda deraza va eshiklarning belgilari keltirilgan. Bunda eshik yoki deraza tavaqalari soni, devor tekisliklarini ifodalovchi ikki chiziq orasidan o‘tkazilgan ingichka chiziqlar bilan ko‘rsatiladi.

    10-jadval. Deraza va eshiklarning shartli grafikaviy belgilari

    Nomi

    Rejada

    Qirqimda

    Zakrozsiz deraza





    Zakrovli deraza





    Eshik o‘rni



    Zakrovsiz bir tavaqali eshik



    Zakrovsiz ikki tavaqali eshik



    Zakrovli bir tavaqali eshik



    Zakrovli ikki tavaqali eshik



    Yig‘ma eshik



    Ikki tavaqali tebranuvchi eshik



    Suriladigan eshik



    Eshik va deraza tavaqalarining ochilishini ko‘rsatish zarur bo‘lsa, u holda devor tekisligiga 300 – 500 qiya qilib eshik yoki deraza tavaqasi chiziladi. 1:20 va undan kichik masshtabda chizilgan chizmalarda zakrovlar1 va deraza tavaqalari ko‘rsatilmaydi.

    11-jadvalda isitish o‘chog‘i, gaz plitalarning shartli grafikaviy belgilari keltirilgan. O‘choqlar eshikchasi chiziq bilan ko‘rsatiladi. Gaz plitalar tasvirda konforkalar soni va joylashishi aylanachalar bilan tasvirlangan.


    11-jadval. Isitish o‘choqlari maishiy plitalarning shartli grafikaviy belgilari

    Nomi

    Rejada

    Yonidan ko‘rinishi

    Plita (umumiy belgisi)





    Statsionar gaz plitasi




    12-jadvalda keltirilgan sanitariya texnikasi jihoz­larining shartli grafikaviy belgilari, chizma masshtabini nazarda tutgan holda haqiqiy o‘lchamiga mos kelishi kerak. Sanitariya-texnika qurilmalari, sxemalarida va chizmalarida masshtabsiz qo‘yiladi. Devordagi teshik va tarmoqlarning shartli belgilari 1:200 va undan yirik masshtabda chizilgan chizmalarga qo‘yiladi (13-jadval). Tarmoq, belgisi yoniga tarmoq boshlanadigan qavat sonini ifodalovchi raqam yoziladi. Tarmoq konturi va unga ulangan tarmoqlar konturi ingichka chiziqlar bilan chiziladi. Umumiy tarmoqqa ulanadigan tarmoqlar qaysi qavatda bo‘lsa, ular o‘sha qavat rejasidagina ko‘rsatiladi.



    Pandus nishab yo‘laklar va zinalarning shartli belgilarida ko‘tarilish yo‘nalishi ko‘rsatkich bilan tasvirlanadi. Ko‘rsatkich chizig‘i boshidagi nuqta va ko‘rsatkich uchi reja qaysi qavatga ta’luqli bo‘lsa, o‘sha qavatning maydonchasi chekkasiga qo‘yiladi. Ayrim xollarda pandus ko‘tarilishini anglatuvchi ko‘rsatkich yonida qiyalik kattaligi yoziladi (14-jadval).

    Bino konstruktiv elementlari. Binoning asosiy konstruktiv elementlari 206-rasmda keltirilgan. Poydevorlar (1) qattiq yer sathiga qo‘yilib, uning ustiga qurilgan elementlar yukini yerga uzatuvchi qismdir. Poydevorlar uzliksiz (lentasimon) va ustunsimon bo‘ladi. Lentasimon poydevorlar devorlarning butun uzunligi bo‘yicha quriladi, ustunsimon va poydevorlar esa alohida ustunlar ko‘rinishida quriladi va ularga temir beton to‘sinlar yotqiziladi, devorlar esa shu to‘sinlar ustiga o‘rnatiladi.
    12-jadval. Sanitariya-texnikasi jihozlarining shartli
    grafikaviy belgilari

    Rakovina





    Oshxonabop idish-tavoq yuvgich





    Yuvingich





    Vanna (havuzcha)





    Unitaz (hojat kursisi )






    13-jadval. Devordagi teshiklarning shartli grafikaviy
    belgilari

    Nomi

    Belgisi

    Dudburon



    Qindi gazlarni tortish tarmog‘i



    Ventilyatsiya tarmog‘i




    14-jadval. Pandus va zinalarning shartli grafikaviy
    belgilari

    Nomi

    Belgisi

    Pandus rejada



    Zina qirqimi 1:200 va undan kichik masshtabda



    Zina qirqimi 1:200 va undan yirik masshtabda





    206-rasm. Bino konstruktiv elementlari: 1-poydevor; 2-qiya yo‘lka; 3-sokol; 4-yuk ko‘taradigan devor; 5-qavatlararo yopma; 6-chordoq yopmasi; 7-pardevor; 8-tayanchli tom yog‘ochi; 9-tom yopmasi cho‘plari; 10-podkos; 11-ustun; 12-chiqish teshigi; 13-chordoq; 14-maurlat, 15-peshadon; 16-zina marshi; 17-kosour; 18-zina maydonchasi; 19-tambur.
    Devorlar (4) – ish bajarishiga qarab ichki va tashqi devorlarga bo‘linadi. Tashqi devorlar binoni tashqaridan bo‘ladigan ta’sirlardan to‘sish, ichki devorlar esa xonalarni bir-biridan ajratib turish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari yuk ko‘taruvchi devorlar, orayopmalar va tom og‘irligidan hosil bo‘lgan yuklarni poydevorga uzatadi.

    Pardadevor (7) – binodagi yondosh xonalarni bir–biridan ajratib turadi.

    Sokol (kursi) (3) – tashqi devorning pastki qismi bo‘lib, devorlarni atmosfera namligidan, shikastlanishdan saqlaydi.

    Otmoska (2) – suvlarni bino devoridan uzoqlashishiga xizmat qiladi.

    Orayopma (3) – binoning balandligi bo‘yicha qavatlarga bo‘luvchi gorizontal ajratish konstruksiyasi.

    Tom (9) – bino xonalarini tashqi muhitdan yog‘ingarchilikdan saqlaydigan tashqi ajratish konstruksiyasi.

    Tom yog‘ochi (8) – tomning yuk ko‘taradigan va devorga tayanadigan konstruksiyasi.

    Mauerlat (14) – yog‘och to‘sin bo‘lib,tom yog‘ochlari tayanadi.

    Zina marshi (16) – zinaning pog‘onali og‘ma elementi.

    Zina maydonchasi (18) – zinaning marshlar orasidagi gorizontal elementi

    Kosourlar (17) – maydonchaga tayanib, zina pog‘onalarini ko‘tarib turuvchi konstruksiyasi.

    11.3. Binoni loyihalash va hujjatlarni tayyorlash



    Loyihalash bosqichlari. Qurilish jarayoni asosan, tasdiqlangan loyiha va smeta bo‘yicha quriladi. Loyiha tarkibiga: umumiy qurilish va maxsus ishlarni bajarish uchun va jihozlarni montaj qilish uchun zarur bo‘ladigan chizmalar, tushuntirish xati va qurilishning ayrim ish turlarini moliya baholarni aniqlaydigan hisob-kitob hujjatlari kiradi.

    Loyiha va hisob-kitob hujjatlar maxsus loyihalash instituti va tashkilotlarida buyurtmachilar tamonidan berilgan topshiriqlar asosida bajariladi.



    Qurilish chizmalarining nomlari va ularga marka quyish. Binolarni qurish bo‘yicha ishlar, umumqurilish ishlariga binoning o‘zini qurish bo‘yicha hamma ishlar kiradi, maxsus ishlarga esa, suv bilan ta’minlash, elektrlashtirish, telefonlashtirish, obodonlashtirish bo‘yicha ishlar kiradi. Ish chizmalarining ayrim komplektlari uchun quyidagi markalar belgilangan.

    Bosh reja (Genplan) GP

    Me’morchilik yechimlari AR

    Interyer AI

    Temir beton konstruksiyasi KJ

    Metall konstruksiyasi KM

    Yog‘och konstruksiyasi KD



    Ichki suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya VK

    Isitish va ventilyatsiya OVD

    Gaz bilan ta’minlash GS

    Elektrlashtirish EO

    Texnologik qism TX



    Qurilish chizmalarining masshtablari. Qurilish chizmalarining masshtablari GOST 2. 302–81 ga muvofiq tanlanadi.

    Rejalar, fasadlar va qirqimlar

    1:50, 1:100, 1:200

    Bino bo‘laklari

    1:50, 1:100

    Buyumlar va tugunlar

    1:5, 1:10, 1:20

    Agar chizma qog‘oz barcha tasvirlar bir xil bitta masshtabda chizilgan bo‘lsa, masshtab asosiy yozuvga ya’ni burchak shtampiga yoziladi. Agar tasvirlar turli masshtablarda chizilsa, u holda har bir tasvir tepasiga tegishli masshtab ko‘rsatiladi.

    Reja o‘qlari va chizmalarga o‘lchamlar qo‘yish. Binolar rejada o‘q chiziqlar bilan bir necha bo‘laklarga bo‘linadi. Asosiy yuk ko‘taradigan konstruksiyalar (devor va ustunlar) ning joylashishini aniqlaydigan bu o‘qlar, bo‘ylama va ko‘ndalang reja o‘qlar deyiladi. Bino rejasi ko‘ndalang reja o‘qlar orasidagi masofa qadam deb, bo‘ylama reja o‘qlar orasidagi masofa esa, oraliq deb ataladi (207-rasm). Reja o‘qlari shtrix-punktir chiziq bilan chiziladi va markasi diametri 8 mm doiracha ichiga yoziladi. Reja o‘qlari ko‘p bo‘lgan tomoni raqamlar ( 1, 2, 3, ... ) bilan, kam bo‘lgan tamoni ya’ni bo‘ylama reja o‘qlar bosh harflari ( A, B, V, G, D, ... ) bilan belgilanadi.

    O‘lchamlar quyish, rejada binoning hamma xonalarini katta kichiklik konstruktiv elementlari, o‘lchamlari to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi. Qurilish chizmalarida o‘lchamlar GOST 2.307-81 ga muvofiq qo‘yiladi. Qurilish chizmachiligi­dagi o‘lchamlar, mashinasozlik chizmachiligidagi kabi millimetrda va metrda ham ko‘rsatish mumkin, bunda o‘lchov birliklari qo‘shib yoziladi yoki texnikaviy talablarda ko‘rsatiladi.

    Bino fasadi yoki qirqimda balandlik belgilari ishlatiladi. Binolar uchun nolinchi belgi sifatida odatda, birinchi qavat polining satxi olinadi. Zarur hollarda belgilar tushuntirish yozuvlari bilan beriladi.

    Belgilar nolinchi deb olingan sathdan balandlik o‘lchamlari ishorasiz, pastlik esa (-) ishora, uchta o‘nlik belgi bilan ko‘rsatiladi. Sath belgisi chiqarish chizig‘ining ustiga yoki pastiga qo‘yiladi (208-a,rasm). Balandlik belgilarining o‘lcham­lari metr hisobida olinadi.



    207-rasm.

    Qurilish chizmalarida chiqarish belgilari va xavolalar. Chiz­malarni va shartli belgilarni o‘qish oson bo‘lsin uchun boshqa chiziq­larga xavolalarning va chizmalarda chetga chiqarish chiziqlarini quyishning ma’lum qoidalari o‘rnatil­gan. Tugunlarda qilinadigan xavo­lalar ingichka chiziqli doirachalarda ko‘rsati­lib, chiqarish chizig‘i ustiga tugun nomeri, pastiga esa tugun yoki detal tasvirlangan varaqa nomeri yoziladi. Tugun belgisi uning yuqorisiga yoki o‘ng tamonida ikki aylana bilan tasvirlanadi. Ichki aylana yo‘g‘on, tashqi aylana esa, ingichka chiziqlar bilan chiziladi (208-b,rasm).

    Tugunlar bino konstruktiv elementlarining yaxlit birikmalarini, detallarning montaj brikmalarini, to‘sinlarni ustunlar bilan va o‘zaro birikmasini, kran osti to‘sinlarini ustunlarga tayanishini, zinalarning zina maydonchalari bilan bog‘lashishlarini va hokazolarni yirik masshtablarda (1:5, 1:10, 1:20) ko‘rsatish lozim bo‘lgan hollarda bajariladi (209-rasm).


    a)



    b)


    208-rasm. 209-rasm.


    11.4.. Bino rejasi, fasadi va qirqimlari

    Binoning ustidan ko‘rinishi tom ko‘rinishi deb ataladi. Bunda bino ichki tuzilishi haqida hyech qanaqa tushuncha bo‘lmaydi, shuning uchun binoning deraza tokchasi yuqorisidan o‘tuvchi xayoliy gorizontal tekislik bilan kesib, gorizontal proyeksiya tekisligiga proyeksiyalash natijasida bino rejasi hosil qilinadi(210-rasm).



    Reja

    210-rasm

    Rejada bino ichki xonalari joylashishi va o‘lchamlari, sanitariya-texnikasi jihozlari joylashishi, binoning qavatlari bo‘yicha rejasi bilan tanishish mumkin. Agar ikkinchi va undan keyingi qavatlarning rejasi bir xil bo‘lsa, u holda birinchi qavat rejasidan tashqari ikkinchi qavat rejasi ham chiziladi va uni o‘xshash (tipovoy) qavat­lar rejasi deb yozib qo‘yila­di.

    Bino rejasini chizish qu­yidagi tartibda bajariladi:

    Bo‘ylama va ko‘ndalang reja o‘qlari o‘tkaziladi (211-rasm); barcha tashqi va ichki devorlar, pardevorlar va ustunlar chiziladi (212-rasm); tashqi va ichki devorlarda ham pardevorlarda deraza, eshik o‘rinlari ajartiladi; sanitariya–texnikasi jihoz lari chiziladi va o‘lcham chiziqlari qo‘yiladi (213-rasm); chizmaga barcha o‘lchamlar yoziladi, tegishli yozuvlar bajariladi va ingichka chiziqda chizilgan chizma tekshirib chiqiladi, so‘ng rejani TM yoki M qalamda qalinlashtirib chiqiladi (214-rasm). Qirqim va kesim konturlari bino rejasi chizmasida asosiy tutash chiziqlar bilan 0,6...1,5 mm yo‘g‘onlikda chiziladi.

    Chizmaning kesim tekisligiga to‘g‘ri kelmaydigan barcha qolgan chiziqlarini o‘lcham va chiqarish chiziqlari singari ingichka tutash chiziqlar bilan (S/3...S/2) chizish mumkin. Bino rejasini tugallagach, chizma tekshiriladi va ortiqcha chiziqlar o‘chiriladi.

    Binoning fasadi va uni chizish tartibi. Binoning oldidan ko‘ri­nishi bosh fasad, orqasidan ko‘rinishi xovli fasad ung va chapdan ko‘rinishi esa, yon fasad deb ataladi. Bino fasadining yuqorisiga binoning chetki o‘qlari ko‘rsatilgan holda, masalan “fasad 1–7”deb yozib qo‘yiladi.

    Fasadni chizish uchun reja o‘qlari chiziladi, rejadan umumiy kontur chiziqlar yuqoriga ya’ni frontal proyeksiya tekisligiga proyek­siyalanadi, binoning burtib chikgan qismlari bo‘lsa, ular-ning kontur­lari ham chiziladi; deraza va eshik o‘rinlari, balkonlar, kirish joylari­ning ustidagi soyabonlar, karnizlar va boshqa me’morchilik detallari chiziladi. So‘ngra deraza tavaqa­lari, eshiklar, balkon to‘siqlari, tomdagi ventilyatsiya va mo‘ri­lari chiziladi, balandlik belgilari qo‘yiladi; fasadni reja va qirqimga mos kelishini tekshirgach, asosiy chiziqlar kalinlashtiriladi (215-rasm). Agar panelli yoki yirik blokli binolar bo‘lsa, fasadida panellar yoki bloklar orasidagi choklar chizib ko‘rsatiladi.




    211-rasm


    212-rasm



    213-rasm


    214-rasm


    Fasad 1-7


    215-rasm.
    Bino qirqimi va uni bajarish tartibi. Qirqim deb, binoning ver­tikal tekislik bilan fikran kesilgan va kesuvchi tekislikga parallel bo‘lgan proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalab olingan tasvirga aytiladi (216-rasm). Loyihalashning boshlang‘ich qismida xonalar­ning ichki ko‘rinishlarini va interyerlarning me’morchilik elementla­rini ko‘rsatish uchun binoning me’moriy qirqimlari chiziladi (220-rasm), bunda poydevorlar, yopilmalar va boshqa elementlar konst­ruksiyalari ko‘rsatilmaydi, lekin fasadni chizish uchun kerakli o‘lchamlar va balandlik belgilari qo‘yiladi.

    216-rasm.

    Me’moriy qirqim bino kurishda foydalanilmaydi, chunki unda binoning konstruktiv elementlari, ularning o‘zaro tutashmasi ko‘rsatil­gan binoning konstruktiv qirqimlari bajariladi (216-rasm).

    Qirqimni chizishda barcha yasashlar ingichka chiziq bilan quyidagi tartibda bajariladi:



    a) devorning asosiy yuk ko‘tarish konstruksiyalari va ustunlarning vertikal reja o‘qlari o‘rnatiladi, ya’ni o‘tkaziladi. Reja o‘qqa perpendikulyar bo‘lib, zamin, trotuar yuzasi, barcha qavat pollari, shartli chordoq yopmasi va karniz yuqorisi sathining gorizontal chiziqlari chiziladi (217-rasm).


    217-rasm.

    219-rasm.

    Qirqim 1-1


    218-rasm. 220-rasm.
    b) qirqimga kiruvchi tashqi ichki devor, pardevor konturlari, shuningdek qavatlararo va chordoq yopmalrining hamda tom o‘rkachi balandliklari ingichka chiziqlar bilan chiziladi (218-rasm).

    v) Tashqi va ichki devorlarda hamda pardevorlarda deraza va eshik o‘rinlari va shuningdek kesuvchi tekislik orasida joylashgan ko‘rinadigan eshik o‘rinlari va boshqa elementlar belgilanadi, o‘lchamlar va chiqarish chiziqlari, reja o‘qlari markalash doirachalari va balandlik belgilari qo‘yish ishoralari chiziladi (219-rasm)



    g) kesimlar batomom ustidan yurgizib chiqiladi, balandlik belgilari va o‘lchamlar ko‘rsatiladi; ortiqcha chiziqlar o‘chiriladi (220-rasm). Konstruktiv qirqimlar ham shu tartibda chiziladi. Kesim joylari, konstruksiya elementlari, tasvirlari va materialning grafikaviy belgilari bilan to‘ldiriladi.

    Zina bo‘yicha qirqimni yasash. Zina joylashgan xona uzunligi 5610 mm, eni 2200 mm, marsh eni 1000 mm, marshlar orasidagi oraliq reja­da – 200 mm, qavatlar baland­ligi 3000 mm ga teng qilib olingan. Zinapoya pog‘onaosti 150 mm bo‘lganda har bir marshda 10 ta (1500:150) pag‘onaosti bo‘lishi lozim (221-rasm).

    Zinapoyaning vertikal te­kisligini pog‘onaosti, gorizon­tal tekisligini esa bosqich deyiladi. Bitta zinapoya bos­qichi­ning eni 300 mm bo‘lsa, 9 bosqich 2700 mm bo‘ladi.

    Dastlabki hisoblar­dan keyin qirqimni yasashga kirishiladi. Reja o‘qlar o‘tkaziladi, devor­lar chiziladi, zina maydon­chalari sathlari gorizontal chiziqlar bilan belgilanadi. Ayni berilgan o‘lchamlar ortiga kataklar chiziladi va bu kataklar bo‘yicha zina qirqimi bajariladi. Qirqilgan elementlar yo‘­g‘onlash­tirilib chiqiladi.

    Shuni nazarda tutish kerakki, zina bo‘yicha qirqim tekisligi har doim kuzatuvchiga yaqin joylashgan marsh bo‘yicha o‘tkaziladi.

    Zina marshlari va maydonchalarini montaj qi­lishda zina bo‘yicha qirqim va alohida tugunlarning barcha detallari bilan birga yirik masshtabdagi tasvirlaridan foydalaniladi.

    11.5. Qurilish konstruksiyalari



    Yog‘och konstruksiyalarning chizmalari. Yog‘och bir qancha ijo­biy xususiyatlarga ega bo‘lganligi sababli qurilish materiallari sifatida uzoq yillardan buyon ishlatilib kelinadi, u yengil ishlanadi, massasi kichik, yetarli darajada mustahkam, sovuq va issiqni kam o‘tkazadi.

    Yog‘ochdan binoning ko‘pgina konstruksiyalari, devorlari, yopmalari, chordoq to‘sinlari, poli va hokazolar tayyorlanadi. Yog‘och konstruksiyalar mixlar, boltlar, shponkalar, chagalar, nagellar yordamida biriktiriladi.

    15–jadvalda yog‘och konstruksiyalar elementlarining chizmada qo‘llanadigan ayrim shartli grafikaviy (GOST 11692–66 ) keltirilgan. Chiqarish chiziqlarida biriktiruvchi detallarning shartli belgilari, detallarning soni, eni, balandligi va uzunligi ko‘rsatiladi.

    Agar yog‘ochdan deraza va eshik bloklarini, pollarini, pardadevorlarni va shunga o‘xshashlarni tayyorlash uchun foydalanilsa, u holda binoning bu qismi chizmalari AR markali me’moriy-qurilish yechimlari chizmalari komplektiga kiritiladi. Agar yog‘och binoning yuk ko‘taradigan qismlarini tayyorlash uchun qo‘llanilsa va u loyihaning ko‘p qismini tashkil qilsa, u holda ish chizmalari alohida komplektlanadi va ularga KD marka beriladi.

    222-rasmda suyanma yog‘och ferma tugunining chizmasi yirik masshtabda (1:20) tasvirlangan. Bunda ish bajarish uchun kerakli barcha ma’lumotlar, elementlari kesimi, mixlarni joylashishi, boltlar, skobalar bilan maxkamlash joylari, kerakli qirqimi va kesimlar, zarur bo‘lgan o‘lchamlar ko‘rsatilgan. Yog‘och fermalar asosan dumaloq yog‘ochlardan yoki to‘trqirrali yog‘ochlardan tayyorlanadi.

    Yog‘och ferma elementlari, tayyorlash chizmalari bo‘yicha tayyor­lanadi, bu chizmalarda har bir elementning formasi va o‘lcham­lari tasvirlanadi. Yog‘och konstruksiyasining aksonometrik proyeksiyasi bajariladi.


    15-jadval. Yog‘och konstruksiyalari elementlarining shartli
    grafikaviy belgilari

    Nomi

    Belgisi

    Nomi

    Belgisi

    Prizmatik shponkada biriktirish



    Boltli biriktirish



    Nagellarda biriktirish



    Silindrik nagellar bilan biriktirish



    Chagada biriktirish






    222-rasm.

    Metall konstruksiyalarining chizmalari. Qurilishda barcha konstruksiyalar kabi metall konstruksiyalar ham keng qo‘lla­niladi. Metall konstruksiyalar ulardan katta oraliqli binolarni va muhandislik (ko‘prik, yopiq stadion, savdo markazi) inshootlarini yopishda foydalaniladi.

    Metall konstruksiyalar asosan po‘lat prokatlardan va po‘lat quvurlardan tayyorlanadi. Prokat po‘lat profili va nomi ko‘n­dalang kesimining formasi bilan aniqlanadi. Keng tarqalgan po‘lat profillari: teng yonli va teng yonlimas burchaklik, tavrli, qo‘shtavrli shveller, Z simon profillardir.

    Metall konstruksiya chizmalari KM marka ostidagi alohida chizmalar komplektiga kiradi. KM markali chizmalar komplektiga quyidagi masshtabda chiziladigan chizmalar kiradi:


    Binoning sxematik rejalari va qirqimlari

    1:400, 1:800

    Konstruksiyalar joylashishining markalash sxemasi

    1:200, 1:400



    Ko‘ndalang qirqimlar va ko‘rinishlar

    1:20, 1:50

    Tugunlar

    1:10, 1:20

    16-jadvalda payvand choklarning GOST 11692-81 ga ko‘ra shartli grafikaviy belgilari berilgan. Chok belgilari chiqa­rish yozuvlari bilan birga beriladi, bunda yozuvlar ko‘rinadigan choklarda tokcha ustiga, ko‘rinmas choklarda tokcha ostida va ikki tamonli choklarda tokchaning ikkala tomoniga yoziladi.



    Tugun chizmalari konstruksiya elementlarining yaxlit birikmasini, to‘sin va fermalarning montaj birikmalarini, to‘sin va o‘zaro birikmasini, kranosti to‘sinlarni ustunlarga tayanishini va shunga o‘xshashlarni ko‘rsatish lozim bo‘lgan hollarda chiziladi (223-rasm). Chordoq to‘sini fermasining bir tuguni chizmasi keltirilgan. Fermaaning bu tuguni metall prokatlardan tayyorlangan bo‘lib, asosan payvand choklari bilan biriktirilgan. Tugunlar chizmasida faqat konstruksiyalarning alohida elementlarini chizmasida bo‘lmagan o‘lchamlar ma’lumotlargina ko‘rsatiladi. Tugunning berilgan proyeksiyalaridan foydalanib, uning aksonometrik proyeksiyasi ham bajariladi. Aksonometrik proyeksiyasida payvand choklari ko‘rsatiladi.

    16-jadval. Metal konstruksiyalarda elektr payvandli birikma choklarining shartli grafikaviy belgilari

    Nomi

    Belgisi

    zavodda

    montajda

    Uchma-uch payvand birikma





    Uchma-uch payvand birikma ko‘rinmas tomondan ko‘rinishi





    Brchakli tavr yoki ustma-ust payvand birikma





    Ko‘rinmas tomondan ko‘rinishi








    223-rasm.
    Temir – beton konstruksiyalarining chizmalari. Temir-beton konstruksiyalar qurilishda eng ko‘p ishlatiladigan turidir. Bu konstruksiya beton va po‘lat chiviqsinchning quyma birikmasi bo‘lib, konstruksiyada bir butunday ishlaydi. Temir-beton konstruksiyalar markasi (KJ) bilan yuritiladi. Beton odatda siquvchi kuchlarni, chiviqsinch esa chuzuvchi kuchlarni o‘z ichiga oladi. Temir-beton konstruksiya mustahkamlik va uzoqqa chidamlilik xususiyati bilan boshqa konstruksiyalardan ajralib turadi.

    Tayyorlash turiga qarab temir-beton konstruksiyalar qo‘yma va yig‘ma turlarga bo‘linadi.

    Yaxlit quyma temir-beton konstruksiyalar qurilish maydonida yasaladi. Yig‘ma temir-beton konstruksiyalar esa, zavodda tayyorlanadi va qurilish maydonlarida elektr payvand choklar bilan biriktiriladi. Quyida temir beton buyumlarining ayrim markalari keltirilgan.


    To‘sinlar B

    Peshanadonlar PR

    Kranosti to‘sini BK

    Orayopma va yopmalar P

    Chordoq to‘sinlar BS

    Zina maydonchalari. LP

    Poydevor to‘sin BF

    Tik bog‘lamlar VS

    Eshiklar D

    Sinchlar. SK

    Ustunlar K

    Stropil fermalari FS

    Derazalar OK

    Poydevorlar F

    Zina marshlari ML

    Jihozlar ostidagi

    Pardevor panellari PG

    poydevorlar FO

    Devorlar panellari PS

    Poydevor bloklar FB

    Har bir konstruktiv element loyihada o‘z raqamiga ega, masalan, ustunlar K1, to‘sinlar B1, B2 va hokazo. Markalar chetka chiqarish chiziqlarning tokchalariga qo‘yiladi. Agar bir nechta konstruktiv elementlar bir xil bo‘lsa, u holda ularga bir xil tartibda raqam beriladi. Bu holda marka chetga chiqarish chiziqlarini birlashtiriuvchi umumiy chiziq ustiga qo‘yiladi.

    Qo‘yma temir-beton konstruksiyalar markasiga yozma “m” harfi qo‘yiladi, Fm6 - yaxlit temir-beton poydevorlari. Agar bir xil tipdagi konstruktiv elementlarga ayrim o‘zgartirishlar kiritilsa (teshiklarning joylashishi, ustqo‘yma detallari va shunga o‘xshashlar), u holda tartib raqam yozma harf qo‘yiladi, masalan, K2a, BK4b.
    17-jadval. Temir-beton konstruksiya elementlarining shartli grafikaviy belgilari

    Nomi

    Belgisi

    Ilmoqsiz chiviqsinch (armatura)



    Ilmoqli chiziqsinch



    Ilmoqli chiviqsinch



    Chiviqsinchning rezbali uchi



    Error: Reference source not found


    224-rasm.
    224-rasmda temir-beton konstruksiyasi tuguni bajarib ko‘rsatil­gan. Bunda ustun bilan to‘sinlarning biriktirilishi va uning aksono­metrik ko‘rinishi tasvirlangan. Talabalar o‘z variantlarini xuddi shu usulda bajaradilar.











    2-ilova. Sirtlarni tekislik bilan kesish va kesim yuzasini topish namunasi




    2-ilovaning davomi




    3-ilova. Sirtlarning o’zaro kesishuv chizig’ini topish namunasi



    3-ilovaning davomi



    4-ilova. Sharni tekislik bilan kesish namunasi



    5-ilova. Detalning yaqqol tasviri bo’yicha ortogonal proyeksiyasini yasash namunasi



    6-ilova. Tutashmalarni bajaring


    I



    Qoshiq

    II



    Ilgich

    III



    Qo’ziqorin

    IV


    Kromislo

    V



    Guldon

    VI


    Plafon

    VII

    Richag

    VIII



    Lampa

    IX


    Guldon

    X



    Richag

    XI



    Plafon

    XII


    Planka

    XIII


    Fil

    XIV



    Prujina

    XV



    Flakon

    XVI



    Richag






    9-ilova. Sharning yetishmagan proyeksiyalarini yasang.






    11-ilova. Detalning yaqqol tasviri bo’yicha ortogonal proyeksiyasini yasang


















    Kronshteyn



    Pona



    Osgich



    Yo’naltirgich



    Kronshteyn



    Ustun



    Tayanch

    Richag





    12-ilova. Bino fasadi, rejasi va qirqimi



    Qirqim 1-1

    Reja 2-2

    Tom rejasi


    13-ilova. Bino fasadi, rejasi va qirqimini bajaring












    Foydalanilgan adabiyotlar





    1. Ботвиников A.Д вa бошќaлaр. Чизмaчилик. –Т.: Ўќитувчи, 1990.

    2. Боголюбов С.К Воинов В. Техникaвий чизмaчилик, курси. –Т.: Ўќитувчи, 1976.

    3. Вишнеполсикий И.С., Вишнепольский В.И. Чизмaчилик. –Т.: Ўќитувчи, 1990.

    4. Киргизбоев Ю. Чизмa геометрия. –Т.: Ўќитувчи, 1972.

    5. Хорунов Р. Чизмa геометрия курси. –Т.: Ўќитувчи, 1974.

    6. Киргизбоев Ю.вa бошк. Мaшинaсозлик чизмaчилиги курси. –Т.: Ўќитувчи, 1981

    7. Кобилжонов К.М вa б. Чизмaчилик вa чизмa геометиря aсослaри. –Т.: Ўќитувчи, 1983.

    8. Собитов Э. Чизмa геометрия ќисќaчa курси. –Т.: Ўќитувчи,1993.

    9. Рaхмонов И. Чизмaчиликдaн дидaктик ўйинлaр. –Т.: Ўќитувчи, 1992

    10. Рaхмонов И. Чизмaчиликдaн тест. –Т.: Ўќитувчи, –1994.

    11. Рaхмонов И., Чизмaлaрини чизиш вa ўќиш, –Т.: Ўќитувчи, 1992.

    12. Муродов Ш. вa б. Чизмa геометрия курси. –Т.: Ўќитувчи, 1988.

    13. Aбдуллaев У. Чизмa геометрия вa чизмaчилик aсослaри. –Т.: Ўќитувчи, 1999.

    14. Миронов Б.Г., Миронов Р.С. Черчение, М.: Мaшинострение 1991.

    15. Умромхўжaев A. Мaктaбдa чизмaчилик ўќитиш. –Т.: Ўќитувчи, 1991.

    16. Короев Ю.И. Черчение для строителей. –М.: Высшaя школa, 1985.

    17. Будaсов Б.В., Кaминский В.П. Строительное черчение –М.: Стройиздaт, 1990.

    18. ЕСКД “Общие прaвилa выполнения чертежей” 1991.


    MUNDARIJA


    So‘z boshi 4

    KIRISh 6

    1-QISM. Texnik chizmachilik va chizma geometriya asoslari 9

    1-bob. Chizmalarni grafik taxt qilish va standartlar 9

    1.1. Chizmaga kerakli jihozlar, chizma asboblari va ulardan foydalanish 9

    1.2. Chizmalarni chizishga oid davlat standartlari 14

    2-BOB. GEOMETRIK YaSAShLAR 34

    2.1. To‘g‘ri chiziqni, burchakni va aylanalarni teng bo‘laklarga bo‘lish 34

    2.2. Tutashmalar 40

    2.3. Lekalo egri chiziqlari 48

    2.4. Qiyalik va konusliklar 54

    3-BOB. ChIZMA GEOMETRIYa ASOSLARI 56

    3.1. Markaziy va parallel proyeksiyalash usullari 56

    3.2 Nuqtaning ortogonal proyeksiyasi 57

    3.3. To‘g‘ri chiziqning ortogonal proyeksiyasi 63

    3.4. Tekislikning ortogonal proyeksiyasi 67

    4-BOB. AKSONOMETRIK PROYeKSIYaLAR 72

    4.1. To‘g‘ri va qiyshiq burchakli aksonometrik proyeksiyalar 72

    4.2. Aylananing aksonometrik proyeksiyasini yasash 75

    5-BOB. GEOMETRIK JISMLARNING ORTOGONAL VA AKSONOMETRIK PROYeKSIYaLARI VA ULARNING YoYILMALARI 78

    5.1. Ko‘pyoqliklarning ortogonal proyeksiyasi va yoyilmasini yasash 78

    5.2. Aylanma sirtlarning ortogonal proyeksiyasi va yoyilmalarini yasash 84

    6-BOB. PROYeKSION ChIZMAChILIK VA TEXNIK RASM 93

    6.1. Tasvirni chizmada joylashtirish va chizish bosqichlari 93

    6.2. Detalning yaqqol tasviri bo‘yicha uning uchta proyeksiyasini yasash 94

    6.3. Detalning ikki proyeksiyasi bo‘yicha uchunchi proyeksiyasini va aksonometriyasini yasash 96

    6.4. Texnik rasm chizish haqida 98

    II- QISM. MAShINASOZLIK ChIZMAChILIGI 110

    7-BOB. KONSTRUKTORLIK HUJJATLARI, MAShINASOZLIK ChIZMALARIDA BUYuM TASVIRLARI 110

    7.1. Konsturuktorlik hujjatlari, buyum turlari 110

    7.2. Ko‘rinishlar, kesimlar va qirqimlar 112

    7.3. Qo‘yim (dopusk)lar va o‘tqazish(posadka)lar 127

    7.4. Yuzalarning g‘adir–budirligini aniqlash 129

    7.5. Eskizlar 132

    8-BOB. AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR 138

    8.1. Ajraladigan birikmalar 138

    8.2. Ajralmaydigan birikmalar 146

    9- BOB. YIG‘ISh ChIZMALARI 152

    9.1. Yig‘ish chizmasi va umumiy ko‘rinish chizmasi 152

    9.2. Spetsifikatsiya (yig‘ish chizmasi jadvali) 153

    9.3. Yig‘ish chizmalarini o‘qish tartibi 153

    9.4. Detallarga ajratib chizish 154

    10-BOB. SXEMALAR 158

    10.1. Kinematik sxemalar 158

    10.2 Gidravlik va pinevmatik sxemalar 161

    10.3. Elektr sxemalar 162

    III-QISM. QURILISh ChIZMAChILIGI 165

    11-BOB. QURILISh ChIZMAChILIGI 165

    11.1. Qurilish chizmachiligi haqida umumiy tushincha 165

    11.2. Qurilish chizmachiligida ko‘rinishlar va shartli grafikaviy belgilari 166

    11.3. Binoni loyihalash va hujjatlarni tayyorlash 171

    11.4.. Bino rejasi, fasadi va qirqimlari 175

    11.5. Qurilish konstruksiyalari 184

    Foydalanilgan adabiyotlar 222



    Qulnazarov Bahrom Bekmurodovich

    Chizmachilik asoslari

    (kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma).


    Samarqand, 2004 y.

    Muharrir: Kulnazarov B.

    Texnik muharrir: Ibragimov X.

    Qog‘oz formati A4, Hajmi 12,1 bosma taboq. Nusxasi – 500 ta. Bahosi kelishilgan narxda.


    Samarqand davlat arxitektura-qurilish
    instituti bosmaxonasida chop etildi.

    1 Зaкров – дерaзaдaги дерaзa ћимояси.



    Download 8.05 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




    Download 8.05 Mb.