14
Xavf-xatar katta bo‘lgan uzoq masofalar bilan savdo qilish uchun
savdogarlar
aksionerlik kompaniyalariga birlasha boshladi.
Ular kom-
paniyaning umumiy xarajatlari uchun mablag‘ qo‘shib, foydadan o‘z
ulushini olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog‘oz –
aksiyaga ega
bo‘lardi.
Bozorlarda mahsulotning ko‘payishi natijasida uni ishlab chiqa-
ruvchi va sotuvchilar o‘rtasida
raqobat paydo bo‘ldi. Raqobatda mag‘-
lub bo‘lib, kasodga uchramaslik uchun mahsulotni tez, sifatli va arzon
ishlab chiqarish talab qilinardi. Shu sababli
Yevropada mahsulot ishlab
chiqarish texnika va texnologiyasi jadal rivojlandi, yangi ixtirolar ko‘-
paydi, mahsulot narxi arzonlashib, odamlarning yashash darajasi yax-
shilanib bordi.