15
dalanish boshlandi. Òokarlik, to‘quvchilik va boshqa eng oddiy dast-
gohlar yaratildi.
G‘arbiy Yevropada savdo va texnikaning rivojlanishi natijasida
hamma o‘z kapitalini ko‘paytirishga kirishdi. Masalan, shahardagi
eng boy to‘quvchi yoki savdogar turli yo‘llar bilan hunarmand to‘quv-
chilarni kasodga uchratadi. Shundan so‘ng ularning iplarini, bo‘yoq-
larini, to‘quv dastgohlarini arzonga sotib olib, o‘zini ishga taklif qila-
di. Bitta katta bino ostida ko‘plab hunarmandlar yig‘ilib, ularning har
biri bitta ish, masalan, kimdir matoni to‘qish, boshqasi uni bo‘yash
kabi ishlar bilan shug‘ullanadi. Bu mehnat unumdorligini keskin oshi-
rib, mahsulot sifatini yaxshilaydi. Ishlab chiqarishda mashinalar hali
qo‘llanilmagan katta korxonalar
manufaktura deb ataladi.
Manufak-
tura – qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish degan ma’noni
anglatadi.
Manufakturada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning hammasi
uning egasiga tegishli bo‘lardi. U mahsulotni bozorda sotib, foy-
daning bir qismini yollanma ishchilarga ish haqi tarzida berardi.
Shu tariqa G‘arbiy Yevropada
kapitalistik munosabatlar shakllana
boshladi. Kapitalistik munosabatlarning shakllanishi bozor sharoi-
tida mayda tovar ishlab chiqarilishi rivojlanishining qonuniy natijasi
bo‘ldi. U asta-sekin O‘rta asrchilik feodal munosabatlarini siqib chi-
qardi.