Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi




Download 7,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/133
Sana02.12.2023
Hajmi7,71 Mb.
#109812
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   133
Bog'liq
jahon tarixi 8 uzb

Yangi jamiyat kishilari. Kapitalistik munosabatlar jadal rivojlangan
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida kishilarning yangi tipi – tadbirkor
paydo bo‘ldi. Òadbirkor kim edi? Òadbirkor o‘z shaxsiy muvaffaqiya-
tiga erishish uchun har qanday ishga, tadbirga tayyor bo‘lgan omilkor
shaxs edi. Eski gildiyadan chiqib aksionerlik kompaniyasiga a’zo bo‘l-
gan savdogar, o‘z sexini tark etib manufakturaga kirgan hunarmand,
qishloq jamoasi tarkibidan chiqqan va yerni feodaldan ijaraga olib
fermerga aylangan kechagi dehqon tadbirkor bo‘lishi mumkin edi. Bu
tadbirkorlarning barchasi yollanma mehnatdan foydalanardi, bozorda
raqobatchilik qilardi va kapital yig‘ardi. Shu tariqa jamiyatning yangi
qatlami – burjuaziya paydo bo‘ldi.
Boyib ketgan burjuaziya vakillari eski zodagonlardek kiyinib,
o‘zlariga hashamatli uylar qura boshladi. Ular o‘zlari yashaydigan
hududlarni toza va obod qildi, natijada O‘rta asrlardagi vabo, o‘lat
kabi yuqumli kasalliklar chekinib, aholi tez ko‘paydi. Boy burjuaziya
vakillari eski zodagonlar bilan quda-andachilik qilib, o‘zlariga yuqori
martaba va unvonlar sotib oldi. Burjuaziyaning bu qatlami yangi
http://eduportal.uz


16
zodagonlar deb ataldi. Ular ruhan tadbirkorlikka yaqinligi bilan eski
zodagonlardan farq qilardi.
XV asrda zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank – Genuyadagi Avliyo Georgiy
banki paydo bo‘ldi.
Bozorlarda mahsulotning ko‘payishi natijasida uni ishlab chiqaruvchi va
sotuvchilar o‘rtasida raqobat paydo bo‘ldi.
Ammo yangicha turmushda hamma ham o‘z o‘rnini topa olmadi.
Nogironlar va yetimlarning ahvoli avvalgidan ham og‘irlashdi. Òez
orada minglab ishsizlar ham ular safiga kelib qo‘shildi. Ularning bir
qismi manufakturalar va fermerlar yerlariga ishga yollandi. Shu tariqa
yangi jamiyatda yollanib ishlaydigan yana bir qatlam – ishchilar
paydo bo‘ldi.
Xo‘jalik yuritishning yangi shakli va yangicha hayot tarzi turli
tabaqa vakillarini bir-biriga yaqinlashtirdi. Endi ular bir-biridan il-
garigidek huquq va majburiyatlari bilan emas, kapitalining bor yoki
yo‘qligi, daromad darajasi bilan farq qilardi. Kishilar bir-biridan ka-
pitalning mavjudligi va daromad darajasiga qarab farqlanadigan ja-
miyat sinfiy jamiyat deb ataladi.
Yer-mulkidan, uyi va mehnat qurollaridan mahrum bo‘lgan, o‘z
xohishi bilan kapitalistga ishga yollanuvchi va mehnati uchun ish haqi
oluvchi kishilar yollanma ishchilar – proletariat sinfiga birlashdi.
Shu tariqa G‘arbiy Yevropada jamiyatning tabaqaviy bo‘linishi
tugatilib, yangi, sinfiy bo‘linish shakllandi va zamonaviy sivilizatsiya-
ning asosiy jihatlari qaror topib bordi.

Download 7,71 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   133




Download 7,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi

Download 7,71 Mb.
Pdf ko'rish