20
Yevropada
Reformatsiya – katolik cherkovni isloh qilish jarayoni
shunday boshlandi.
Dehqonlar urushi. Yevropada an’anaviy jamiyatning inqirozi va
kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi zodagonlar va knyazlarda
o‘z daromadini oshirish istagini kuchaytirdi. Ular jamoa yerlarini
egallab olib, dehqonlarning ulushini qisqartirdi, natural va pul yig‘im-
larini, dehqonlarning ishlab berish majburiyatlarini oshirdi. Amerika-
dan g‘alla va kumushning oqib kelishi natijasida yuz bergan narx-
navo inqilobidan ham, avvalo, Yevropa dehqonlari aziyat chekdi. Deh-
qonlarning og‘ir ahvoli ularni qo‘zg‘olon ko‘tarishga majbur qildi.
Dehqonlar qo‘zg‘oloni
1524-yil yozida Germaniyada boshlandi.