Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi




Download 7,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/133
Sana02.12.2023
Hajmi7,71 Mb.
#109812
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   133
Bog'liq
jahon tarixi 8 uzb

Xalq Reformatsiyasi deb atalgan bu qo‘zg‘olonga ruhoniy Òomas
Myunser boshchilik qildi. Qo‘zg‘olon tez orada butun Germaniyani
qamrab oldi va Buyuk dehqonlar urushi degan nom oldi. Unda o‘n
minglab dehqonlar qatnashdi. Bir yildan oshiq davom etgan qo‘z-
g‘olon 1526-yil boshida mag‘lubiyatga uchradi. Uning ko‘plab
ishtirokchilari qattiq jazolandi, Ò. Myunser qatl qilindi.

Lyuteranlar – bu ...

Reformatsiya – bu ...

«95 tezislar»ning mazmun-mohiyati – bu ...
Shundan so‘ng reyxstag (parlament)da ko‘pchilik bo‘lgan kato-
liklar Reformatsiyaning yutuqlarini bekor qilish tashabbusi bilan chiq-
di. M. Lyuter tarafdorlari esa bunga norozilik bildirdi. Shu paytdan
boshlab ular protestantlar (protest – norozilik) deb atala boshlandi.
Kalvinizm va Reformatsiyaning Yevropaga yoyilishi. Reformatsiya
butun Yevropa bo‘ylab tarqaldi. Protestantlikning yangi oqimlari pay-
do bo‘ldi. Ulardan biriga Jeneva shahrida fransuz Jan Kalvin asos
soldi.
«Duo o‘qi va ishla!» degan shior J. Kalvin ta’limotining asosi bo‘l-
di. Bu shior boylik orttirishni asosiy maqsad qilgan yangi zodagonlar
va burjuaziyaga ma’qul keldi. Ular J. Kalvinni qo‘llab-quvvatladilar.
Reformatsiya Yevropada katolik cherkovining yakka hukmronligi-
ga chek qo‘ydi. Reformatsiyaga qarshi kurashning kuchayishiga qara-
masdan, bir qator Yevropa mamlakatlari Rim papasiga bo‘ysunmay
qo‘ydi. Protestantlik mamlakatlarida qirollik hokimiyati kuchayib,
cheksiz mustaqillikka ega bo‘ldi. Ko‘pchilik mamlakatlarda milliy
cherkovlar tashkil qilindi. Protestantlikning Injilni mustaqil o‘qish,
Xudo oldida shaxsiy javobgarlik hissi kabi o‘ziga xos jihatlari aholi
http://eduportal.uz


21
orasida individualizmning rivojlanishiga ko‘maklashdi. Injilni mustaqil
o‘qish ehtiyoji kishilarni savodli bo‘lishga undadi, protestantlik mam-
lakatlarida savodxonlikning oshishi uchun muhim omil bo‘ldi.
Reformatsiya natijasida paydo bo‘lgan protestantlik butun Yevro-
paga yoyildi va xristianlikning yangi ta’limotlari hamda yangi cher-
kovlarning shakllanishiga olib keldi.

Download 7,71 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   133




Download 7,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi

Download 7,71 Mb.
Pdf ko'rish