31
Uzoq muddatli parlament bir qancha muhim islohotlarni amalga
oshirdi. Parlamentning absolutizmga qarshi qaratilgan dastlabki qa-
rorlaridan biri qirol ministrlarining sudga tortilishi bo‘ldi. Ko‘pgina
yuksak lavozimli amaldorlar, yepiskoplar, sudyalar qamoqqa olindi.
Aslida amalga oshirilgan bu o‘zgarishlar, o‘z mohiyatiga ko‘ra,
Angliya davlat tuzumida yuz bergan inqilobiy to‘ntarish edi.
Qirol bilan parlament o‘rtasida fuqarolar urushi. Angliya parlament
bilan qirol tarafdorlari bo‘lgan bir-biriga dushman ikki lagerga bo‘-
lindi. Parlamentni savdogarlar, tadbirkorlar va yangi dvoryanlar qo‘l-
lab-quvvatladi. Eski tartiblardan manfaatdor bo‘lganlarning barcha-
si – yirik yer egalari bo‘lgan asilzodalar va ularga qaram bo‘lgan
dehqonlar, saroy amaldorlari, ingliz cherkovi qirol bayrog‘i ostida
birlashdilar.
1643-yilning oxiriga kelib, mamlakat hudu-
dining to‘rtdan uch qismi qirol hukmronligi
ostida edi. Parlament esa xalqni jangga chor-
lashga qo‘rqardi. Biroq tez orada parlament-
ning yangi ittifoqchisi bo‘lgan Shotlandiya ar-
miyasi Angliya hududiga kirib keldi. Shot-
landlar bilan parlament tarafdorlarining birlash-
gan qo‘shini qirol qo‘shini ustidan g‘alaba qo-
zondi.
Bu g‘alabada
Oliver Kromvel qo‘mondon-
ligi ostidagi otliq askarlar asosiy rol o‘ynadi.
Qirol va uning ortidan butun armiyasi qochib qoldi. Urush parla-
mentning to‘liq g‘alabasi bilan yakunlandi.