26
Nikolay Kopernik
Jordano Bruno
Galileo Galiley
«David»
Haykaltaroshlik. Bu
davr haykaltaroshlari
haykaltaroshlikni san’atlar ichida birinchisi, u
insonni, uning go‘zalligini boshqa san’at tur-
laridan yaxshiroq sharaflaydi, deb hisoblaganlar.
Ularning eng mashhuri italiyalik
Mikelanjelo
Buonarroti (1475–1564) edi. U o‘zining o‘lmas
asarlari bilan tarixda abadiy iz qoldirdi.
San’atkor yaratgan «David»
haykali uning
nomini abadiyatga daxldor qildi. Injil rivoyat-
lariga ko‘ra, yosh cho‘pon yigit David dahshatli
devsifat Goliaf bilan jangga tushishga jur’at
qiladi va uni tosh bilan urib o‘ldiradi.
Haykaltarosh Mikelanjelo esa jang arafasida
turgan Davidni tasvirlagan. Uning yuzi g‘azabga
to‘la. Bu haykal o‘zining balandligi va go‘zalligi
bilan shu paytgacha
yaratilgan barcha asarlarni
ortda qoldirdi.
Fan. Insonning atrof-olamga qiziqishi ortib
bordi va bu Yangi davrning asosiy xususiyat-
laridan biri bo‘lib qoldi. Bu davrda olimlar fanda
olamshumul kashfiyotlarni amalga oshirdi.
Buyuk
polyak astronomi Nikolay Kopernik
(1473–1543) 30 yil davomida osmon jismlarini
kuzatib, Yer Quyosh atrofida va o‘z o‘qi atrofida
aylanadi, degan xulosaga keldi.
Bu xulosa fanda
ulkan yangilik edi.
Italiyalik
Jordano Bruno (1548–1600) olam
abadiy mavjud, u hech qachon yo‘q bo‘lmaydi,
degan xulosani dadil ilgari surdi, olamning
cheksizligi va abadiyligi haqidagi nazariyani
yaratdi. Cherkov
bu fikrni shakkoklik deb ba-
holadi va olimni gulxanda yoqishga hukm qildi.
Boshqa italiyalik buyuk olim
Galileo Galiley
(1564–1642) Kopernikning ta’limotini davom
ettirib, geliosentrik nazariyaga asos soldi.
Galileyning atrof-olamni anglashga qo‘shgan
hissasi ulkan. U yevropalik olimlar orasida
birinchi bo‘lib osmon jismlarini teleskop yor-
damida kuzatdi.
http://eduportal.uz
27
Yevropa fanining
yuksalishida buyuk ingliz
olimi
Isaak Nyuton (1643–1727)ning xizmati
ulkan bo‘ldi. Nyuton mexanika va astronomiya-
ning nazariy asoslarini yaratdi,
butun olam tor-
tishish qonunini ishlab chiqdi, ko‘zguli teles-
kopni kashf qildi.
Yana bir ingliz olimi
Jon Lokk (1632–1704)
esa falsafaning rivojlanishiga katta hissa qo‘sh-
di. J. Lokkning asosiy
xizmati shundan iboratki,
u insonning tabiiy huquqlari: yashash, erkinlik
va mulk huquqlari haqidagi ta’limotni yaratdi.
U, shuningdek, «hokimiyatni bo‘lish» – ijro
hokimiyatini qonun chiqaruvchi hokimiyatdan
ajratish haqidagi ta’limotni ham ishlab chiqdi.