24
Migel de Servantes
«Mona Liza»
Uilyam Shekspir
ideal
davlat namunasini yaratib, uni «Utopiya»
deb atadi. Utopiya «mavjud bo‘lmagan yer» ma’-
nosini anglatadi. O‘shandan buyon xayoliy, as-
lida bo‘lmagan adolatli jamiyat haqidagi asarlar
va ularda ilgari surilgan g‘oyalarni «utopiya» deb
atashadi.
Adabiyot va san’at. Uyg‘onish davri adabiyoti
va san’atida o‘z davrining buyuk kishilari ijod
qildilar. Saxiy tabiat ularning har biriga ko‘p
qirrali noyob qobiliyat in’om etgan edi. Bunday
noyob
qobiliyat egalaridan biri Uilyam Shekspir
(1564–1616) bo‘lgan.
U «Inson – tabiatning ajoyib mo‘jizasi», deb
hisoblardi. Shekspir teatrga muhabbat qo‘ydi. Ham aktyor, ham
dramaturg sifatida ijod qildi. U insonlarni o‘rab turgan olamni sahna,
odamlarni esa aktyorlar deb tasavvur qilardi. Shekspir kelgusi avlod-
larga «Otello», «Hamlet», «Qirol Lir» hamda «Romeo va Juletta» kabi
mashhur asarlarini meros qoldirdi.
Bu davr adabiyotining yana bir yirik arbobi,
ispan
yozuvchisi Migel de Servantesdir (1547–
1616). Uning mashhur «Don Kixot» asari qah-
ramoni – jahongashta Don Kixot adolatsizlik
olamidagi so‘nggi oliyjanob ritsar. Atrofdagi
adolatsizliklar uning oliyjanob qalbini g‘azabga
to‘ldiradi. U haqiqiy ritsar kabi xo‘rlanganlar
himoyasiga otlanadi.
Òasviriy san’at. Uyg‘onish davri madaniya-
tining yana bir
buyuk namoyandasi italiyalik
Leonardo da Vinchi (1452–1519) edi. U bir
vaqtning o‘zida rassom, shoir, me’mor, haykal-
tarosh, musiqachi va ixtirochi olim edi. Leo-
nardo rasm chizish san’atini «san’atlar mali-
kasi» deb atagan.
Leonardo asarlarining qahramonlari xudo-
lar va avliyolar emas, balki oddiy odamlar edi. Uning eng mashhur
asarlaridan biri – «Mona Liza» («Jokonda»).
Asarda Mona Liza
tomoshabinga tik boqib turibdi, lablarida
sezilar-sezilmas tabassum, «u shunchalar yoqimliki, suratni ko‘rib in-
soniylikdan ko‘ra ko‘proq ilohiy oziq olasan...», deb yozgan edi o‘sha
http://eduportal.uz
25
davr tarixchilaridan biri. Bu davrning buyuk
rassomlaridan yana biri italiyalik
Rafael
Santi (1483–1520) edi. U atigi 37
yil umr
ko‘rdi, xolos. Lekin shu qisqa davr ichida
o‘z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar
yarata oldi. «Sikstin madonnasi» u yaratgan
asarlar ichida eng mashhuridir. Unda oyoq-
yalang Bibi Maryam go‘yo bulutlarni bos-
mayotgandek, ohista,
ularning ustida uchib
yurgandek o‘z qismatiga peshvoz chiqmoq-
da. Hali go‘dak Isoning nigohlari kattalar-
nikidek jiddiy. U go‘yo kelajakdagi azob va
o‘limni oldindan sezayotgandek. Onaning
qarashlarida ham qayg‘u va xavotir bor. U
oldindan nima bo‘lishini biladi. Shunga
qaramasdan, o‘g‘lining
hayoti evaziga Haq
yo‘llari ochiladigan odamlar tomon oldinga
intiladi.
Yana bir mashhur rassom
Rembrandt
(1606–1669) yaratgan asarlar ichida eng
mashhuri «Adashgan o‘g‘ilning qaytishi»
rasmi edi. Injilda oilasini tashlab ketib, uzoq
vaqt sanqib yurgan,
barcha boyliklari tuga-
gach, ortga qaytgan o‘g‘lini ota kechiradi
va uyiga qabul qiladi.
Rembrandt o‘z asarida ota va o‘g‘ilning
uchrashuv paytini aks ettirgan. Adashgan
o‘g‘il uy ostonasi oldida tiz cho‘kib turibdi.
Yirtiq kiyim va sochsiz bosh o‘tgan umr kul-
fatlaridan dalolat beradi. Keksayib ko‘r bo‘-
lib qolgan otaning barmoqlari o‘g‘lining
yelkasiga tegayapti. Qo‘l harakati bu dunyo-
dan qariyb umidini uzgan odamning yorqin
quvonchini va
cheksiz muhabbatini aks et-
tiradi.
Uilyam Shekspir faoliyati – ...
Leonardo da Vinchi faoliyati – ...
Renessans – bu ...
Utopiya – bu ...