28
II BOB. XVI–XVIII ASRLARDA YEVROPA VA
AMERIKA MAMLAKAÒLARI
5-mavzu: ANGLIYADA QIROL HOKIMIYAÒINING
KUCHAYISHI. XVII ASRDAGI ANGLIYA BURJUA INQILOBI
Qirol hokimiyatining kuchayishi. Absolutizm. Savdo va sanoatning
rivojlanishi Angliyada soliqlar tushumini keskin oshirdi. Endi
davlatdan maosh oladigan amaldorlar
va muntazam armiya qirolning
har qanday buyrug‘ini bajarishga tayyor edi. Bu qirolni boy
zodagonlar ta’siridan xalos qildi. Natijada,
qirolning cheklanmagan
hokimiyati to‘g‘risidagi g‘oya shakllandi. Shu g‘oya asosida G‘arbiy
Yevropa mamlakatlarida shakllangan hokimiyat
mutlaq monarxiya
yoki
absolutizm deb ataldi.
Angliyada «Erkinlikning buyuk xartiyasi» deb nomlangan
hujjat qachon qabul
qilingan?
Absolutizm Angliyada XVI asrda shakllandi. Shu davrda qirol ho-
kimiyati kuchayib,
Genrix VIII Òyudor faqat
cherkovni emas, toifalar
http://eduportal.uz
29
vakillaridan iborat parlamentni ham o‘ziga
bo‘ysundirdi, ayrim mustaqil shimoliy grafliklar
va Uels ham qirol hokimiyatini tan oldi.