35
XVII–XVIII asrlarda Yevropa davlatlarining ...
XVI–XVIII asrlardagi xalqaro munosabatlarning mazmuni – ...
XVI asrda ...
Bu davrda manfaatlari doim bir-biri bilan to‘qnashgan davlatlar
Fransiya, Ispaniya va Angliya edi. Ayniqsa, bir-biri bilan chegaradosh
bo‘lgan Fransiya va Ispaniya o‘rtasida chegara hududlar va qo‘shni
davlatlar, birinchi navbatda, Italiyaga ta’sir ko‘rsatish uchun tez-tez
ziddiyatlar bo‘lib turardi. Bu ziddiyatlar oxir-oqibatda, Italiya urush-
lariga olib keldi. Urush natijasiga ko‘ra, Italiya ispan qiroliga bo‘y-
sundirildi.
Xalqaro munosabatlarning yana bir muhim omili Yevropaga doi-
miy xavf solib turgan Usmoniylar imperiyasi bo‘ldi. Usmoniylar im-
periyasi Osiyo va Afrikada juda katta hududlarni egallab olgan edi.
Òurklar bevosita Gabsburglar imperiyasi chegaralariga xavf sola bosh-
ladi. Fransiya va Angliya esa Gabsburglar qudratini susaytirish maq-
sadida Usmoniylar imperiyasi bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatdi.