106
Bunday vaziyat ishlab chiqarishning keskin kamayishiga, pulning
qadrsizlanishiga olib keldi. Korxonalarning yopilishi yoki ishchi o‘rin-
larining qisqartirilishi natijasida ishsizlik oshib bordi.
Bularning bar-
chasi inqilobning yuzaga kelishiga sharoit yaratdi.
Nihoyat, 1848-yilning fevral oyida Fransiya tarixida yana bir in-
qilob yuz berdi.
Qisqa vaqt ichida Parij shahridagi barcha muhim joylar,
muassa-
salar qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tdi. Qirol Lui Filipp taxtdan voz ke-
chib, Buyuk Britaniyaga qochib ketdi. Qo‘zg‘olonchilar qirol saroyini
egallab, uning taxtini yoqib yubordilar.
Shu tariqa 1848-yil fevral inqilobi natijasida
Iyul monarxiyasi qu-
ladi. 25-fevral kuni esa Fransiya Respublika deb e’lon qilindi. Bu
Fransiya tarixidagi ikkinchi Respublika edi. Fransiya parlamenti mu-
vaqqat hukumat tuzdi.
Yangi hukumat matbuot, namoyishlar o‘tkazish erkinligini e’lon
qildi.
Shuningdek, 21 yoshga to‘lgan barcha erkaklarga saylov huquqi
berildi.
1846-yili Fransiyada qish juda sovuq kelib, kuzgi g‘alla nobud bo‘ldi.
1848-yil 25-fevral kuni Fransiya Respublika deb e’lon qilindi.
Ikkinchi imperiya. Mamlakatda tartib o‘rnatishga
qodir hokimiyat
zarur edi. Shu tufayli hukmron tabaqalar katta vakolatlarga ega pre-
zidentlik lavozimini joriy etishga qaror qildilar.
1848-yilning dekabr oyida Napoleon Bonapartning jiyani Lui
Napoleon Bonapart Fransiya Prezidenti etib saylandi.
Uning asl
maqsadi Fransiya imperiyasini qayta tiklash edi.
1852-yil 2-dekabrda u o‘zini Napoleon III nomi bilan Fransiya
imperatori deb e’lon qildi. Shu tariqa Fransiyada Ikkinchi imperiya
o‘rnatildi. Napoleon III «Imperiya – bu tinch-totuvlik»,
deb aytgan
bo‘lsa-da, Fransiya bir necha tashqi urushlarni olib bordi. Bu
urushlardan birida yengilganligi bois Ikkinchi imperiya ham quladi.