• Sementitlanadigan konstruksion po‘latlar
  • Qurilishda ishlatiladigan kam legirlangan po‘latlar




    Download 31.08 Kb.
    bet4/5
    Sana15.11.2022
    Hajmi31.08 Kb.
    #30472
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    музаффар пайвандлаш
    Музаффар 2 ссместир тайёр реферат пўлатлар, ishlab chiqarish laboratoriya тайёр 2 сместр, Ekoestetikaning XXI asr ilmiy-texnik taraqqiyotidagi o’rni, 77777777777, 8888888888, Contract RIVULIS Xorazm, реферат Axborot texnologiyalarining qo\'llanish sohalari, O’yinlar nazariyasini rat-fayllar.org, O’yinlar ni rat-fayllar.org, O’yinlar ni 1111111111t-fayllar.org, O’yinlar ni 111111t-fayllar.org
    Qurilishda ishlatiladigan kam legirlangan po‘latlar.
    Bularda uglerod 0,1-0,25% bo‘ladi. Bu po‘latlardan fermalar, kema korpuslari armaturalar va b. lar quriladi. Kam uglerodli bo‘lgani uchun yaxshi payvandlanadi. Bular temir-beton qovurg‘alari uchun, neft mahsulotlari va gaz quvurlari, metall chiviqlari ham yasaladi. Lekin, mashina detallari uchun onda-sonda ishlatiladi. Bu po‘latlar Ст.1; Ст.2; … Ст.6 deb markalanadi. Bu po‘latlarning mustahkamligi  = 240 MPa ga teng.
    Qurilishda ishlatiladigan po‘latlarga kam legirlangan po‘latlar: 14Г2; 17ГС; 14ХГС; 15ХСНД. Po'at 15ХСНД qattiq sovuq (-60оС) da ham ishlayveradi, chunki Н va Д lar sovuqda ham mo‘rtlashmaydi. Bundan tashqari bular havoda zanglamaslik qobiliyatini ham oshiradi.
    Qurilishda va mashinasozlikda listlar, sortovoy prokatlar kam legirlangan po‘latlar 14Г2АФ, 17Г2АФВ (оq.=450 MPa) dan yasaladi. Bular qo'shilganda, karbonitridlar hosil bo‘lishi hisobiga puxtalanadi.
    Sementitlanadigan konstruksion po‘latlar
    Dinamik kuch ostida ishlaydigan va ustki yuzalari ishqalanib еyiladigan detallar kam uglerodli po‘latdan (С<0,2%) yasaladi. Ular sementitlanib, so‘ngra toblanadi va past bo'shatiladi. Bunda sirtqi qatlamlari еtarlicha qattiq bo‘ladi – HRC=60 (o‘zagi qattiqligi esa – HRC = 20-40).
    Agar legirlangan po‘latlar sementitlanib, toblansa, o‘zagi ko‘shimcha puxtalanadi. Qancha ko‘p legirlangan bo‘lsa, shuncha ko‘p puxtalanadi.
    O‘zagining puxtalanish darajasiga qarab bu po‘latlar 3 guruhga bo‘linadi.
    Birinchi guruhga uglerodli po‘latlar (08; 10; 15; 20) kiradi. Bulardan faqat еyilishga ishlaydigan detallar, o‘zagining puxtaligi katta ahamiyatga ega bo‘lmagan detallar yasaladi. Mayda detallar uchun.
    Ikkinchi guruhga kam legirlangan xromli po‘latlar kiradi: 15X; 20X. Bulardan ishqalanishga ishlaydigan va o‘zagi puxtaligi yuqori bo‘lishi talab qilinadigan detallar yasaladi. Agar ozgina vanadiy qo‘shilsa (15ХФ), zarrachalar maydalashib, plastikligi va uyushqoqligi ortadi.
    Uchinchi guruhga bunday po‘latlar tarkibiga nikel qo‘shiladi. Bunday po‘latlardan zarbiy kuchlarga ishlaydigan va ko‘ndalang kesimi katta xamda murakkab shaklda bo‘lgan yoki qarama-qarshi kuchlanishda (+; -) ishlaydigan detallar yasaladi: 20ХН; 12ХН3А; 12Х2Н4А. Nikel o‘rniga titan qo‘shilsa ham bo‘ladi: 18ХГТ.
    Agar volfram yoki molibden qo‘shilsa (12Х2Н4ВА; 18Х2Н4В4) toblanish qalinligini oshiradi.

    Download 31.08 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 31.08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qurilishda ishlatiladigan kam legirlangan po‘latlar

    Download 31.08 Kb.