• 1.2. Gips asosidagi qurilish ashyolari va buyumlari
  • Ципранович И




    Download 16,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/198
    Sana14.12.2023
    Hajmi16,58 Mb.
    #118740
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   198
    Bog'liq
    кнауф материаллари
    Kirish, Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uning bugungi kundagi zaru
    Test topshiriqlari 
    To`g`ri
    javobni
    tanlang: 
    1. Selinit gipsning turi hisoblanadimi? 
    2.Gipsning zichligi quyidagini tashqil etadi: 
    A) 3kg/ m³; b) 2,32 g/m³; v) 3,5 g/m³. 
    3. Gips suvda yaxshi eriydimi? 
    4. Angidrit bu: 
    a) suvga to`yingan gips; b) suvsiz gips. 
    5. Alebastr olish gipsni kuydirish harorati: 
    a) 100 ºS; b) 150…160 ºS; v) 400 ºS. 
    6. Gips qaysi sul`fatlar sinfiga mansub? 
    a) sul`fatlar; b) silikatlar; v) sul`fidlar. 
    7. Angidrit formulasi:
    a) CaSO
    4
    ; b) CaSO
    4
    •2H
    2
    O; v) CaSO
    4
    •0,5H
    2
    O. 
    8. Moos shkalasi asosida tabiiy gipsning qattiqligi: 
    a) 1,5…2,0; b) 2,0…3,0; v) 3,0…3,5. 
    9. Yuza zonalarida angidrit o`zgaruvchan hisoblanadimi yoki yo`qmi? 
    10. Gips asosidagi qurilish qorishmalari qaysi qadimiy qurilishlarda ishlatilgan? 
    a) o`rta asr ibodatxonalarida; b) misr piramidalarida; v) qadimiy Rim yo`llarida. 
    11. Qurilish (quyma) gipsini qanday usulda olish mumkin: 
    a) gipsni 160 ºS haroratda kuydirish; 
    b) gipsni 450…800 ºS haroratda kuydirish; 
    v) angidritni suv bilan ho`llash. 
    12. Yarimgidratli gipsning zichligi qaysi ko`rsatgichni tashqil etadi:
    a) 3,0g/sm³; b) 2,6…2,75g/sm³; v) 3,0…3,5g/sm³. 
    1.2. Gips asosidagi qurilish ashyolari va buyumlari 
    Gipsli bog`lovchilar ikki guruxga bo`linadi: past va yuqori kuydirilgan. Past 
    kuydirilgan bog`lovchilarga qurilish, o`ta mustahkam va quyma gipslar ta`luqlidir. 
    Qurilish gipsi texnologiyasi
    g
    a quyidagi jarayonlar kiradi; gips toshini
    maydalash, tortish va issiqlik ishlovi (degidratatsiya) berish. Qurilish gipsini 
    ishlab chiqarishda bir necha texnologik sxemalar qo`llaniladi: 
    • Gips toshini maydalash, tortish va degidratasiyalash; 
    • Gips toshini maydalash, degidratasiyalash va tortish; 
    • Gips toshini maydalash, bosim ostida par bilan ishlov berish, quritish va tortish. 


    Gips degidratasiyasini shaxtali (bo`laklarni termik ishlov berish) yoki 
    aylanadigan (maydalangan gipsni termik ishlov berish) o`choqlarda, 
    tegirmonlarda o`lchangan gipsni bir vaqtning o`zida tortish va suvsizlantirish bilan 
    birga, qaynatish qozonlarida (tortilgan gipsni termik ishlov berish) va 
    avtoklavlarda (par bilan ishlov berish) amalga oshiriladi. Xom va kuydirilgan 
    gipsni dezintegratorlarda , begunlarda, sharikli va rolikli tegirmonlarda tortiladi. 
    Amaliyotda qurilish gipslarini asosan qaynatiladigan qozonlarda tayorlanib 
    olinadi. Ammo gipsni kuydirish uchun aylanadigan pech mo`qammalroq agregat 
    hisoblanadi. Qurilish gipsini aylanadigan pechda tayorlashning texnologik 
    sxemasi 1.1.- rasmda keltirilgan. 
     
    1.1.-rasm. Qurilish gipsini aylanadigan pechda tayorlashning texnologik sxemasi: 
    1- qabul qilish voronkasi; 2- lentali uzatgich; 3- maydalagich; 4- to`qmoqli tegirmon; 5 – 
    elevator; 6- gips shebeni uchun bunker; 7 – tarelkasimon uzatgich; 8 – aylanadigan pech; 9 – 
    siklon; 10 –elevator; 11- bunker; 12 – sharli tegirmon; 13 – elevator; 14 –shnek; 15 – tayor 
    maxsulot uchun siloslar. 
     
    Quyidagi sxemaga binoan gipsni, donalarining o`lchami 20 mmgacha bo`lgan 
    shebensimon gips toshini pechlarda kuydirish bilan, olinadi. Qiya po`lat pechning 
    diametri 2,5m, uning uzunligi esa 20 mni tashqil etadi. Rolikli tayanchlarga 
    o`rnatilgan pech uzluksiz aylanib turadi. Gips toshi pechga uzatiladi. Pech 
    aylanganda gips toshi pastga qarab siljiydi. Pechga o`choqdan harorati 600…700 
    ºS bo`lgan gazlar ventilyator yordamida uzatiladi. Gazlar, pechda harakati 
    davomida, gips shebenini kuydiradi , kuydirilgan sheben esa sharikli tegirmonda 
    maydalanib, tortiladi. Кuydirish davomida suv par holatida ajralib chiqadi. 
    Germetik uskunalarda yuqori navli gips toshini bosim ostida termik ishlov berish 
    natijasida yuqori mustahkamli gips olinadi. U asosan yarimsuvli sul`fat 
    kal`siyning, β modifikatsiyasidan aktivroq bo`lgan, α modifikatsiyasidan tashqil 
    topgan. Shuning uchun yuqori mustahkamli gipsning siqilishga mustahkamligi 
    15…25 MPa ni tashqil etadi, bu esa qurilish gipsining mustahkamligidan ancha 
    ortiq.
    Quyma gips asosan yarim gidratning β modifikatsiyasidan tashqil topgan. 
    Uning tarkibida uncha ko`p bo`lmagan aralashmalar mavjud bo`lib, mayin qilib 
    tortiladi. Gipsning bu turi asosan keramik va farforfayans sanoatida qoliplar 
    yasash uchun ishlatiladi. Yuqori haroratda kuydirilgan gips bog`lovchilarini 
    ikkisuvli gipsni 700…900 ºS gacha bo`lgan haroratda kuydirish jarayonida 


    olinadi. Bunda ikkisuvli gips kimyoviy bog`langan suvni (kristalik panjara 
    tarkibiga kirgan) to`liq yo`qotadi. Natijada,suvsiz sul`fat kal`tsiy-angidrit CaSO
    4
    hosil bo`ladi. Yuqori haroratda kuydirilgan bog`lovchilarga angidrit sement va 
    yuqori haroratda kuydirilgan gips kiradi (estrix gips). Suv bilan aralashtirilgan
    gips bog`lovchisining qotishi quyidagi reaktsiya asosida kechadi: 
    CaSO
    4
    •0,5H
    2
    O + 1,5Н
    2
    O = CaSO
    4
    •2H
    2
    O (1.2) 
    Yarimgidrat sul`fat kal`siy suv ta’sirida o`ziga biryarim suv molekulasini 
    qo`shib oladi va ikkisuvli gipsga aylanadi (digidrat sul`fat kal`siy). 
    Akademik A.A. Baykovning nazariyasiga binoan, gipsning qotishi, qisman 
    suvda erigan yarimsuvli gipsning suvda yomon eriydigan ikkisuvli gipsga o`tishi 
    natijasida kechadi va to`yingan qorishma hosil bo`ladi. Bunda hosil bo`lgan suv 
    tanqisligi gipsning to`liq qorishmaga o`ta olmasligini keltirib chiqaradi va 
    gidrotasiyalanib mayda dispersli kolloid massa bo`lib ajralib chiqadi. Hosil 
    bo`lgan kolloid, tezda kristallashib, ikki suvlik gipsning mustahkam kristallik 
    quymasiga aylanadi. Bu jarayon, yarimsuvli gipsning sul`fat kal`siyning 
    digidratiga aylanganiga qadar, davom etadi. Mustahkamlikning oshib borishi, 
    ikkisuvli gips kristallarining birikishi tufayli, kechadi.
    Gips bir qator qimmatli qurilish xossalariga ega. U yonmaydigan va olovga 
    mustahkam materialdir. Gipsning boshqa materiallar bilan birga ishlatish, bino va 
    inshootlar xonalarida, ishonchli ovoz-va issiqlik izolyasiyasini ta’minlaydi. 
    Gipsda insonga zararli komponentlar mavjud emas. Gipsda kislotaning miqdori 
    inson terisidagi miqdor bilan barobar (rN=5,5), hidga ega emas, dielektrik bo`lib 
    hisoblanadi. Bu sifatlar gipsning qurilish ishlab chiqarishida keng qo`llanilishiga 
    imkon yaratib kelayapti.
    Qurilishda qo`llanilayotgan gips materiallari va buyumlari nomenklaturasi 
    xilma-xildir va quyidagi asosiy turlarini o`z ichiga oladi: 
    1) Devor detallari (bloklar, toshlar). 
    2) Inshootlarning konstruktiv elementlari (pardevor plitalari, pol va shiftlar uchun 
    plitalar). 
    3) Qoplama materiallari - gipsli quruq suvoq (
    GKQ
    ), gips panellari (GКP) turli 
    ko`rinishdagi qurilish konstruktsiyalarini qoplash uchun, gipstolali plitalar (GTQ) 
    yig`ma pol,pardevorlar, va osma shiftlarni yasash uchun. 
    4) Arxitektura-dekorativ detallar. 
    5) Qurilish qorishmalari, shuvoq aralashmalari, yyelimlar. 
    КNAUF kompaniyasi qurilish gipsidan olingan buyumlardan foydalanish 
    asosida anchagina qurilish materiallari va buyumlari nomenklaturasini 
    kengaytirib, uning sifatini ham oshirishga erishdi. Shu bilan birga, to`plamiy 
    tizimlarini ham kengaytirdi, bu esa bino va inshootlarning inter`erlarini bezashda 
    turli xil pardozlash imkoniyatlarini yaratdi. КNAUF to`plamiy tizimlarining 
    asosiy konstruksion va pardozlash materiallari bo`lib ekologik toza sinklangan 
    temirdan turli xildagi profillar ko`rinishidagi elementlar; yuqori sifatli dekorativ 
    pardoz materiallari qoplangan gips kartonli listlar, tarkibida yuoqri effektivli
    issiqlik o`tkazmaydigan materiallari bor gips kartonli listlar, tovushdan himoya 


    qiladigan perforatsiyalangan gips kartonli listlar. Bu maxsulotlar, turli xildagi 
    quruq suvoqlash qorishmalari, quruq va qo`llanishga tayyor shpaklyovkalar, 
    gruntovkalar, tekislovchi aralashmalar, yyelimlar, germetiklar kabi qo`shimcha 
    materiallar bilan boyitilgan.

    Download 16,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   198




    Download 16,58 Mb.
    Pdf ko'rish